Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

Bahor kunlarida kuzning havosi,
Tanimni junjitar oqshomgi shamol.
Nega muncha g'amgin nayning navosi,
Nega qalbim to'la o ‘kinch va malol?
Barglar orasiga tinmasdan sira
Oshno yulduzlardan to ‘kiladi nur.
Bilmayman, qiynaydi qaysi xotira,
Titroq yulduz kabi muzlagan shuur.
Mag'lub bahodirning nayzasi misol
M a’yus egiladi terak uchlari,
Barglar soyasida o ‘ynaydi behol
Uyqudagi qizning bedor tushlari.
Atrofimda y o ta rg ‘arib bir viqor,
Bilmam, nega o'chdi qalbim safosi.
Nima ham qiiardim, na ilojim bor,
Bahor kunlarida kuzning havosi.
Ko‘rib turganimizdek, she’rda tabiat manzarasi lirik qah- 
ramon ko'nglidan o'tkazib berilayotir. Buni tasvirda lirik qah-
44
www.ziyouz.com kutubxonasi


ramonning ayni damdagi hol kayfiyatiga mos detallarning 
bo'rttirilgani yaqqol namoyon etib turibdi. She’rdagi domi- 
nant kayfiyat - «bahor kunlarida kuz nafasining esishi»dan 
kelgan mahzunlikning manshai qayerda? Ya’ni bu kayfiyat 
tabiat manzarasini ko‘rish asnosida yuzaga keldimi yo shu 
kayfiyat bilan atraíga qaragani uchun lirik qahramon ayni 
manzarani ko'rdimi? ínson ruhiyati xususiyatlaridan kelib 
chiqsak, ikkinchi hol haqiqatga yaqinroq. Sirasi, matn ham 
shunga dalolat qiladi: lirik qahramon qalbi «o'kinch va ma- 
lol»ga to‘liq holda atrofiga nazar soladi, shu sababli nay 
navosi 
g'amgin,
terak uchlari 
m a’yus,
qalb safosi 
o ‘chgan,
atrofida 
g'arib
bir viqor yotadi... 0 ‘zidagi mazkur hol-kay- 
fiyatni anglashga choglangan lirik qahramon sababni 
«bahor kunlarida kuzning havosi» qaror topganida ko‘ra- 
di. Ya’ni bu o'rinda «bahor kunlarida kuzning havosi» -
obraz, lirik qahramonning ko'ngil holini ifodalash vositasi. 
Demák, ayni obraz bilan u ifodalayotgan ko'ngil holi orasi- 
da o'xshashlik (analogiya) borki, shu asosda ular orasida 
ifoda va ifodalanmish munosabati yuzaga keladi. Shunga 
ko‘ra, avvalo, obraz ifodalashi mumkin bolgan kayfiyatni 
umumiy tarzda tasavvur qilib ko‘rish kerak. Umumiy tarz- 
da deganda biz hol-kayfiyatning universal qolipi - struk- 
turasini nazarda tutmoqdamiz. Shu jihatdan talqin qilsak, 
«bahor kunlarida kuzning havosi» obrazi 
orzu-umidlarchil-
parchin bolgani, dildan ishonganlaringning sarobga aylan-
gan/dan keluvchi mahzunlikni ifodalashga mosdir. Bunday 
holat esa inson hayotida turli sabablar bilan, turli ko‘lam 
va darajalarda namoyon bolishi mumkin. Deylik, u inson- 
ning shaxsiy hayoti (masalan, uning muhabbat tarixi) bilan 
bogliq ham, jamiyatning uzvi sifatidagi hayoti (masalan, 
muayyan g'oyalarda aldanish) bilan bogliq ham yuzaga 
chiqaveradi. Demak, misol qilib keltirilgan she’rni kamida 
ikki turli tushunish va talqin qilish imkoni mavjud. Bu o‘rin- 
da biz uchun ikkinchisi - ijtimoiy hayot bilan bogliq talqini 
muhimroq.
45
www.ziyouz.com kutubxonasi


Mazkur she’r 1967-yilda yaratilgan edi. Nechun endi 
A.Oripov bahor kunlaridagi kuz havosi haqida gapiradi? 
Gap shundaki, she’r yozilgan payt 50-yil!arning o‘rtalaridan 
keyin jamiyat hayotida kuzatilgan uyg'onish, nisbiy erkin- 
likning 60-yiliarning o'rtalaridan yana qayta bo‘g‘ila bosh- 
lagan davriga to‘g‘ri keladi. A.Oripov jamiyatning bir a’zo- 
si sifatida, erkka tashna ijodkor sifatida bu holdan iztirob 
chekadi, azoblanadi. Hassos shoir o'zini qiynagan DARD 
suratini tabiat manzarasida ko‘radi, o‘sha manzarada «ba­
hor kunlaridagi kuz havosi»dan kelgan iztirobini, aiam-u 
0
‘kinchini ifodalaydi. Jamiyatning ko'zi ochiq a’zolarini 
iztirobga solgan bu ijtimoiy dard chinakamiga shoirning 
shaxsiy dardiga aylangan, dardning shaxsiylanish daraja- 
si shunchalarki, u aks ettirilgan she’rni biz endi «ko'ngil 
she’riyati» namunasi deyishga, uni «sof san’at» hodisasi 
o'laroq tushunish va baholashga moyilmiz.
Albatta, chinakamiga shaxsiylanish uchun ijtimoiy dard 
qalb qozonida obdan qaynashi kerakki, olovining taftidan 
shoirning yurak-bag‘ri jizg‘anak bolishi tayin. Faqat buning 
uchun ulkan haroratli qalb, beqiyos ijodiy matonat, bir so‘z 
bilan aytganda, chinakam SAN’ATKORlik iste’dodi taqozo 
qilinadi. Ayon bo'lyaptiki, ijtimoiy dardning tom ma’nodagi 
shaxsiylanishi hamma ijodkorlarda yoki bir ijodkorning bar- 
cha asarlarida birdek kuzatilishi mumkin emas. Qiyomiga 
yetmagan ijtimoiy dard aks etgan asar esa shior, dastu- 
rilamal, tashviq yo chaqiriq, xullas, har ne bo'lishi mum- 
kin-u, badiiyatdan yiroq tushadi. Negaki, ijtimoiy dard ijod­
korning shaxsiy dardiga aylanmasa, ijodkor o‘sha dardni 
chinakamiga qalbidan kechirmasa, biz yuqorida aytgan 
«yalang'och ijtimoiylashuv» yuzaga keladi. Sho'ro davri 
adabiyotining eng katta fojiasi ham shunda edi. Totalitär 
tuzum barchaning birdek o'ylashini taqozo etgandiki, bu 
narsa jamiyatda shaxs maqomining susayishi, jumladan, 
ijodkor shaxsining yemirilishiga olib keldi. Buning natija- 
si o'laroq ijtimoiy dard ijodkor qalb qozonida obdan qay-
46
www.ziyouz.com kutubxonasi


namasdan, faqat rasmiy mafkuraning badiiy!ashtirilgan 
ifodasi bo'lmish shiorbozlikka to la she’rlar, hayotni rasmiy 
mafkura ko'zi bilan koYuvchi, tasviriovchl va baholovchi 
(garchi «sotsialistik realizm» namunasi sanalsa-da, rea- 
lizmdan tamomila yiroq) epik asarlar yaratildi. Bu esa ada- 
biyotning tussizlashuviga, ijodiylikning inqiroz topishiga 
olib keldi. Adabiyotdagi tussizlikning boisi shuki, shoYo 
adabiyotidagi (ayniqsa, 30 - 50-yillardagi) ko'plab asarlar- 
da ijtimoiylik bolgani holda, ijodkor shaxsi yo‘qolgan, nati- 
jada ular bir-biridan shakliy xususiyatlari bilangina farqla- 
nadigan, go'yo rang-barang qog‘ozlarga o‘rab berilgan 
bitta matohga aylanib qolgandi. Albatta, chinakam iste’dod 
bunday bo‘g‘iq sharoitga ko'nikolmaydi, isyon qiiadi. Shu 
bois hatto mustabid tuzum zug'umi avjiga chiqqan davr- 
larda yaratilgan asarlarning ay rim oYinlarida ijodiy «men» 
goh-goh bo‘y koYsatib, asarga jonlilik baxsh etib turadi.
60-yillardan esa adabiyotimizda ijodiy «rnen»ning isyoni 
kuchlfroq namoyon bola boshladi, dunyoni o'zicha tushu- 
nish va baholashga intilish boshlandi. Shunga qaramay, 
bular adabiyotimizning umumiy hoiatini, «havosi»ni bel- 
gilay olmas, zero, rasmiy mafkura rag'bati bilan kuchay- 
gan «yalang‘och ijtimoiylik» bir tushovga aylanib qolgan 
va dadil olg‘a bosishga imkon bermasdi. Albatta, bularni 
e’tiborga olib ko'pchilikning adabiyotdagi ijtimoiylikdan 
bezganlik kayfiyatini tushunsa boladi, biroq mafkura tazyi- 
qi bilan «yaiang'ochlangan ijtimoiylik»ni deb adabiyotning 
tabiatiga xos ijtimoiylikni inkor qilish ham ilmiy jihatdan 
to'gYi bolmaydi. Umuman, adabiyotning mohiyatidagi ijti­
moiylikni inkor qilish ayon haqiqatga ko‘z yumish demak- 
dir. Zero, yuqorida aytilganidek, insonning o‘zi - ijtimoiy 
maxluq. Shunday ekan, 

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin