Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

ADABIYOTIJTIMOIY ONG 
S0HÄSI SSFATÎDA
Adabiyotning ijtimoiyligi masalasidagi bahslar va uni yu-
zaga keltirgan sharoit haqida. Adabiyotning ijtimoiy tabi-
atini belgiiovchi omiliar. 
ijtimoiy 
dardning shaxsiylanishi.
Ijtimoiy ong tushunchasi. Ijtimoiy ong shakllari. Adabi­
yotning ijtimoiy ong shakllari orasidagi o‘rni. Adabiyot­
ning ijtimoiy funksiyalari.
Sarlavhaga chiqarganimiz mavzuni ham umumiydan -
adabiyotning ijtim o iy tabiati masalasidan boshlab yori- 
tish maqsadga muvofiq. Sababi, adabiyotni ijtimoiy ong 
soha^i o'Iaroq tushunish hozir ko‘pchilikda e’tiroz uyg‘ota- 
diki, buning omillarini yaqin o‘tmishimizdan qidirish lozim.
0 ‘tgan asrning 90-yillariga kelib adabiyotshunos- 
ligimizda «Adabiyot ijtimoiy bo‘lishi kerakmi yoki yo‘qmi?» 
degan masala g‘oyat dolzarblashdi. Bu sho'ro davrida 
o‘ta yalang‘och ijtimoiylashgan adabiyotga, uni omma- 
ni kommunistik ruhda tarbiyalash va sh.k. maqsadlarga 
bo‘ysundirish amaliyotiga aks ta’sirning namoyoni edi. 
Darhaqiqat, sho‘ro davrida adabiyotga ommaga muayyan 
g‘oyalarni singdirish vositasi, mafkura xizmatchisi deb qa- 
raldi. Tabiiyki, adib-u shoirlarga munosabat, ijodiy uyush- 
malar ishini tashkil qiiish, adabiyotni ilmiy o‘rganish, o‘qi- 
tish, targ'ib etish ishlari, bir so‘z bilan aytganda, adabiy 
siyosat ayni qarashdan kelib chiqar edi. Ijodiy uyushmalar
ilmiy va ta’lim muassasalari, matbuot va ommaviy axborot 
vositalari orqali amalga oshirilgan ushbu siyosat oqibatida, 
ta’bir joiz bo'lsa, «rasmiy adabiyot» paydo bo‘ldi. Tasvirda, 
talqin va bahoda hokim mafkura qoliplaridan chiqmagan 
bu adabiyot ijodiy ruhdan mosuvo bo‘lib, hayotdan tobo-
41
www.ziyouz.com kutubxonasi


ra uzoqSashib bordi, ijodiy individuallikdan mahrumiik uni 
birxiilikka, tussiziikka mahkum etdi. Tabiiyki, chinakam 
iste’dodning bunday biqiq sharoitga ko'nishi amrimahoi. 
Shuning natijasi o‘laroq o‘tgan asrning 60-yillaridan «ras- 
miy adabiyot»dan farqii ruhdagi adabiyot ham oyoqqa 
tura boshladi. Aibatta, risoladagidek sharoit bo'lganida, 
bu ikkisining orasida g'oyaviy-estetik kurash kechishi 
lozim edi. ShoYo sharoitida bunday bo'lmadi: «rasmiy 
adabiyot» muxolifini mutlaqo nazariga ilmasdan har turli 
imtiyozlardan foydalanishda davom etdi; muxolifning ku­
rash i esa kichik adabiy davralar, talabalar yotoqxonalari- 
yu pivoxonaSar doirasidan chiqmadi. Ya’ni taraqqiyotning 
muhim omili bolmish «eski» va «yangi» kurashi rostma- 
na harakatga kelmadiki, bu shoYo davridagi sharoit riso­
ladagidek emasiigi, undagi turg'uniikning dalilidir. Ikkinchi 
yoqdan, ayni hoi jamiyatirniz tub o'zgarishlar davriga kir- 
ganida ushbu kurashning o‘ta keskin kechishiga sabab 
boldi. Negaki, fikrni bo'g'ib turgan to‘g‘on buzilgan, endi 
oqim har neni oqizishga qodir qudrat kasb etgandi. 0 ‘z 
qudratiga maftun bu oqim «eski»ga oid neki bo'lsa barini 
tag-tomiri bilan qo'porib tashiashga jazm etdi. Jumiadan, 
shoYo davrida adabiyotning rnafkura xizmatchisiga aylan- 
tirilganiga qarshi olaroq endi uning mafkuraga aloqadorli- 
gi mutiaqo rad etila boshladi; adabiyotni «sof san’at» deb 
tushunish, unda faqat san’at hodisasinigina koYish; «ada­
biyot - ko'ngil ishi» deya uning ijtimoiy tabiatini tamom 
inkor qiiish tamoyillari kuchaydi. Ya’ni kurash qiziglda 
shoYocha biryoqlamalikni inkor qilib, uning oYniga bosh- 
qacha biryoqiamaiik yoqiana boshiandi. Zero, adabiyot- 
da faqat vositani koYuvchiSarga qarshi olaroq unda «sof 
san’at»nigina koYish, uni ko'ngil hodisasi sanagan holda 
ongga aloqador tomonlariga ko‘z yumish yoki uning indi­
vidual ijod mahsuii ekanini ro'kach qilib ijtimoiy tabiatini 
inkor etish - bular barí yana biryoqiamaiik, bir qutbdan ik- 
kinchisiga sakrashdan boshqa narsa emas.
42
www.ziyouz.com kutubxonasi


Adabiyotning ijtimoiy tabiatini uning predmetidan kelib 
chiqqan holda asoslash quiay. Adabiyotshunoslikka oid 
asarlarda, darsliklarda «badiiy adabiyotning predmeti - in- 
son» deb ko'rsatiladi. Biroq mazkur fikrni tor tushunish, uni 
mutlaqlashtirish unchalik io ‘g‘ri bo'lmaydi. Chunki adabiyot 
insonni alohida (izolyatsiya qiiingan) holda emas, balki 
jamiyat, tabiat (bir so‘z bilan aytganda, borliq) bilan birlik- 
da, uzviy aloqada o‘rganadi. Zero, insonning o‘zini ular- 
dan xoli, izolyatsiya qiiingan holda tasavvur etib bo’lmaydi, 
inson tabiatan ijtimoiy hodisadir. Modomiki adabiyotning 
predmeti ham, yaratuvchisi ham inson ekan, uning ijtimoiy 
bo'lmasligi mumkin emas. Nima uchun asar yoziladi, nima 
uchun ijodkor asarni yozishga kirishadi? Axir kundalik tur- 
mushda duch kelgan odamlar, hodisalar uning qalb qozoni- 
da, aql-idrokida qaynamadimi, uni yozmasa bo'lmaydigan 
holatga keltirib, qo'liga qalam olishga majbur qilmadimi? 
Shunday. Ya’ni asarni yozish ehtiyoji ijodkorning voqelik bi­
lan munosabati natijasi o‘laroq yuzaga keldi. Demak, gene- 
tikjihatdan, xohlasak-xohlamasak, adabiyot ijtimoiy hodisa 
ekan. Biroq yaratilishi jihatidan, dunyoga nuqtayi nazar, u 
tufayli paydo bo'lgan hissiyotlar, fikrlar nuqtayi nazaridan u 
tom ma’noda shaxsiy hodisadir.
Ma’lum boladiki, badiiy asarda ijtimoiylik va shaxsiy- 
lik qorishiq holda namoyon bolar ekan, faqat bu o‘rinda 
ularning nisbati har bir konkret asarda turlicha bolishini, 
turlicha aks etishini e’tiborda tutish lozim. Deylik, ijtimoiy­
lik darajasi epik va lirik asarlarda jiddiy farqlanadi, hatto 
ba’zan lirik asarda ijtimoiylikdan asar ham yo‘qday ko‘ri- 
nadi. Ayrimlar, xususan, «sof san’at» tarafdorlari ayni shu 
holni mutlaqlashtirmoqchi bo'ladilar: she’riyat - ko'ngilda- 
gi his-tuyg‘uiar izhori, ular esa tom ma’noda shaxsiy, bas, 
qanday qilib she’riyatda ijtimoiylik haqida gapirish mum- 
kin?! Bir qarashda bunday e’tiroz o'riniidek ko'rinadi. Biroq, 
boshqa tomondan qarasak, inson ko'nglidagi tuyg‘ularning 
o‘zi kelib chiqishi jihatidan ijtimoiy emasmi? Xuddi shun-
43
www.ziyouz.com kutubxonasi


day. Zero, bu tuyg'ular: xursandlik, xafalik, quvonch, sevgi, 
nafrat, sog'inch, alam va boshqalar - bari insonning atro- 
fidagi odamlar bilan munosabati natijasida tug'ilgan. Hatto 
biz intim (ya’ni o‘ta shaxsiy) deb ataydigan hislar harn kelib 
chiqishi jihatidan ijtimoiy. Shu ma’noda ishqiy lirikani ijti- 
moiy mavzudagi lirikaga qarshi qo'yish mantiqqa xilof: ular 
tasnifda o‘zaro zidlik hosil qilmaydi, aksincha, asli, bitta 
qatorda turadi. Yana bir jihati, she’rda lirik subyekt (alohi- 
da shaxs)ning oniy lahzalardagi hol-kayfiyati aks etadi va 
ayni hol she’rda shaxsiylik ustuvor degan tasavvur hosil 
qiladi. Bunday tasavvur hosil bo'lishining sababi esa liri- 
kaning tasvir yo‘sini - voqelikni ko'ngil prizmasidan o‘tka- 
zib, maksimal darajada shaxsiylantirib aks ettirishi bilan 
izohlanadi. Misol tariqasida A.Oripovning quyidagi she’rini 
ko'rib o'tamiz:

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin