Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi


Adabiyotshunoslikning yordamchi sohaiari



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

Adabiyotshunoslikning yordamchi sohaiari. 
Yuqori- 
da sanalgan asosiy sohalar bilan bir qatorda adabiyot- 
shunoslik faoliyati uchun zarur bo'lgan muayyan amaliy 
vazifalarni bajarish bilan shug'ullanuvchi matnshunoslik, 
manbashunoslik, kitobiyot (bibliografiya) kabi yordamchi 
sohalar ham mavjud. Mazkur uch soha ko'pchilik tomoni- 
dan adabiyotshunoslikning yordamchi sohaiari sifatida 
e’tirof etiladi. Ilmiy manbalarda yordamchi sohalar sirasida 
bulardan boshqa yana adabiyotshunoslik istoriografiya- 
si, muzeyshunoslik, arxivshunoslik, paleografiya, avtorlik 
atributsiyasi, arxeografiya, uslubshunoslik kabilar ham 
ko‘rsatiladi. Darhaqiqat, sanalganlarning har biri o‘zi- 
ning konkret vazifasiga ega, ularning bajarilishi adabiyot- 
shunoslikka oid tadqiqotlarda yordam beradi. Shu bilan 
birga, ularning umume’tirof etilmasligiga ham muayyan 
asoslar mavjudki, bu haqda o‘rni bilan to'xtalamiz.
Matnshunoslik. 
Matnshunoslik bobidagi ilmiy izla- 
nishlarning pirovard natijasi adabiyot tarixi va nazariyasi 
uchun manbaviy asos - matnni tayyorlash bo'lgani bois 
unga adabiyotshunoslikning yordamchi sohalaridan biri 
sifatida qaraladi. Holbuki, matnshunoslikka filologik fanlar- 
ning alohida tarmog‘i, mustaqil bir sohasi sifatida qarash 
uchun ham yetarli asos bor. Chunki, birinchidan, matn­
shunoslik faoliyati adabiyotshunoslik, tilshunoslik va tarix 
fanlari kesishgan nuqtada kechadi; ikkinchidan, matn­
shunoslik ilmiy izlanishlarida qator yordamchi sohalarni 
o‘ziga xizmat qildiradi.
Adabiy matnlarni o‘rganish va nashrga tayyorlash 
matnshunoslikning vazifasidir. Matnshunoslikning vazi- 
fasini juda qisqa qilib ifodalagan bo‘lsak-da, uning amalga 
oshirilishi g'oyat katta mehnatni, chuqur bilim va tajribani 
talab qiladi. Ma’lumki, xalqimiz boshidan necha-necha is- 
tilo-yu qatag‘onlar kechganiga qaramay, ajdodlarimizdan 
bizga boy adabiy meros qolgan: minglab jildlardan iborat 
qo'lyozmalar xazinasiga egamiz. Biroq bu qo'lyozmalar-
21
www.ziyouz.com kutubxonasi


ning aksariyati hali maxsus o‘rganilgan emas, ro'yxatga 
olib qo'yilgani bo'yi o‘z tadqiqotchilarini kutadi. Shuning 
o‘zi ham matnshunoslikning og‘ir, ilmning «qora mehnati» 
ekanini, uni rivojlantirish ham ilmiy, ham ma’naviy-ma’rifiy 
jihatlardan zaruriigini ko‘rsatadi. Adabiy matnni o'rgana- 
yotgan matnshunos oldida turli-tuman ilmiy muammolar 
ko‘ndalang bo‘ladi. Deylik, matnshunos muallifi noma’lum 
asar (matn)ga duch keldi. Bu holda uning qarshisida matn 
muallifini, yoshini (yozilgan yoki ko'chirilgan vaqti) aniqlash 
zarurati ko'ndalang boladi. Buning uchun esa u, tabiiyki, 
nafaqat milliy tarix yoki milliy adabiyot tarixi, balki til tarixi, 
yozuv tarixi, uslubshunoslik kabi sohalardan yaxshi xabar- 
dor bo'lishi va ularga tayangan holda matnni tadqiq eti- 
shi lozim. Ya’ni ayrim manbalarda adabiyotshunoslikning 
yordamchi sohasi sifatida ko'rsatiluvchi paleografiya, ar- 
xeografiya, uslubshunoslik kabilar haqiqatda matnshunos­
likning yordamchi sohasi, matnshunos uchun tadqiqot 
asbobi bo'lib xizmat qiladi. Shu jihatdan qaralsa, ularni 
adabiyotshunoslikning yordamchi sohalari sirasida alohida 
sanashga zarurat yo‘q. Ulardan yana biri - avtorlik atribut- 
siyasi, ya’ni qo'lyozma muallifini aniqlash ham yordamchi 
soha emas, balki matnshunoslik muammosi, uning oldiga 
qo'yiladigan ilmiy vazifalardan biridir.
Endi matnshunoslikning boshqa bir vazifasi - asar- 
ning ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlashni olaylik. Masalan, 
Alisher Navoiy asarlarining turli davrlarda, turli kotiblar to- 
monidan ko‘chirilgan qo'lyozmalari mavjud. Matnshunos 
qarshisida ularni qiyosiy o‘rganish, birining kamchiliklarini 
boshqalari bilan to'ldirish va shu asosda eng mukammal
- ilmiy-tanqidiy matnni tayyorlash vazifasi turadi. Tayyor 
bolgan ilmiy-tanqidiy matnni nashr ettirish uchun matn­
shunos uni izohlar, sharhlar, lug‘atlar bilan ta’minlashi 
kerak. Unutmangki, biz foydalanadigan «Mukammal asar- 
lar» ortidagi har bir izoh, har bir sharh yoki lug'at birligi 
juda katta mehnat orqasida dunyoga keladi. Zero, matn-
22
www.ziyouz.com kutubxonasi


da uchragan so‘z ma’nosini topish, undagi biror shaxs, joy 
nomi va sh.k.larga izoh berish uchun matnshunos juda 
ko‘p izlanishi, ko'plab manbalarni ko'rib, o'rganib chiqishi 
zarur bo‘ladi.
Yuqoridagilardan matnshunoslikning obyekti qadimgi 
qolyozmalargina ekan degan yanglish fíkr kelib chiqmasligi 
kerak. Zero, agar shunday desak, matnshunoslik obyektini 
toraytirgan bo'lamiz. Holbuki, matbaachilikning rivojlanishi 
uni g'oyat kengayíirgan. Ilgari turli qo'lyozmalar qiyosiy 
0
‘rganish obyekti bo‘lgan esa, endilikda asarning asi mat- 
ni (muallif qo'lyozmasi) bilan uning turli yillardagi nashrlari 
turli maqsadlarni ko'zlagan holda qiyosiy o‘rganilishi mum- 
kin. Masalan, Fitrat, A.Qodiriy, Cho'lpon kabi ijodkorlar 
yaratgan asarlarning asi matni (ya’ni muallif qo'lyozmasi) 
ma’lum sabablarga ko‘ra saqlangan emas. Tabiiyki, bun- 
day vaziyatda ular yaratgan asarlarning asi matni muam- 
mosi o'rtaga chiqadi. Faqat bir marta chop etilgan asar 
bo‘lsa-ku, xo'p, o‘sha nashrasos matn sifatida qabul qilini- 
shi mumkindir. Ko‘p marta bosilgan bo‘lsa-chi? Masalan, 
« 0 ‘tkan kunlar» romani yozuvchi hayotlik vaqtida uch mar­
ta: avval «Inqilob» jurnalida, so‘ng 1925 - 1926-yillarda 
uchta kitobcha shaklida arab imlosida, nihoyat, 1933-yili 
lotin yozuvida chop etilgan. Odatda, yozuvchi hayotlik 
chog‘i amalga oshirilgan oxirgi nashr e’tiborli sanaladi. Le- 
kin bu ham qat’iy qoida bololmaydi. Sababi, oxirgi nashr- 
ga muayyan vaziyat taqozosi bilan muallif (yoki o'zgalar) 
tomonidan o'zgartirish kiritilishi ham mumkin. Shu xil 
andishalar sabab « 0 ‘tkan kunlar»ning asi matni masa- 
lasi bahsli bo‘lib turibdi. Masalani hal qilish uchun román 
nashrlarini qiyoslash, matnlardagi tafovutlar va ularning 
yuzaga kelish sabablari (sayqallash uchun muallif kiritgan 
tahrir, texnik xato orqasida yuz bergan tafovut, o'zgalar 
kiritgan o‘zgartirishlar, senzura qisqartirishi va hokazo)ni 
aniqlash, natijalarni atroflicha tahlil qilish orqali eng ishon- 
chli nashr - asos matn (ya’ni ilmiy-tanqidiy matn uchun
23
www.ziyouz.com kutubxonasi


asos boladigan, ehtimolda mualiif originaliga eng yaqin 
matn)ni belgilash mumkin. Bunga o'xshash muammolar
XX asr o‘zbek adabiyotida juda ko‘pki, bu matnshunoslik 
obyekti kengaygani haqidagi fikrimiz dalilidir.
Bu kabi mustaqil tadqiqotlardan tashqari matnshunos­
lik adabiyotshunoslikning ayrim muammolarini hal qi- 
lishda muhim yordamchi soha, tadqiqot usuli bo‘lib ham 
xizmat qiladi. Masalan, uning tadqiq usullaridan, tajriba- 
laridan yozuvchi ijodiy laboratoriyasi, muayyan asarning 
ijodiy tarixini o'rganishga qaratilgan izlanishlarda keng 
foydalaniladi.
M anbashunoslik. 
Adabiyotshunoslikning 
yordam­
chi sohalaridan biri sifatida manbashunoslik adabiyotga 
bevosita yoki bavosita aloqador bo'lgan manbalarni izlab 
topish, tasniflash, ro‘yxatga olish kabi amaliy vazifalar- 
ni bajarish, shuningdek, shunday manbalarni qidirish va 
o‘rganish yo'llarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Qayd 
etish kerakki, bu o'rinda «manba» so‘zi keng ma’noda 
bo’lib, adabiyotshunoslikka oid tadqiqotlarda qo‘l kelishi 
mumkin bo'lgan barcha manbalar (asar qo'lyozmalari, 
ijodkorlarning xatlari, kundalik daftarlari, adabiy jarayonga 
yoki muayyan ijodkor hayoti va ijodiga taalluqli hujjatlar va 
boshqalar)ni anglatadi. Adabiyot tarixi, ijodkor hayoti va 
faoliyatiga oid manbalar turi, hajmi xilma-xil, lekin qimma- 
ti jihatidan hech birini kamsitib bo‘lmaydi. Ba’zan e’tibor- 
ga arzimaydigandek ko‘rinuvchi narsa ham muhim ilmiy 
ahamiyat kasb etishi mumkin. Masalan, «Sadoyi Farg‘ona» 
gazetasining 1914-yil 16-aprelida chiqqan 4-sonining bir 
burchida gugurt quti hajmicha e’lon berilgan bo‘lib, unda 
gazetaning Andijondagi «obuna va e’lon qabul qiladigan 
vakili Sulaymonqul Yunus o‘g‘li» ekani qayd etilgan. Bitta 
son o‘tkazib, gazetaning 6-sonida shu e’lon vakillar qato- 
rida «Abdulhamid Sulaymonqul o‘g‘li Yunusov» qo'shilgan 
holda qaytarilgan. Shu ikkita e’lon Cholpon «milliy yozuv­
chi bo'lish uchun otasidan qochib Toshkentga borgani»
24
www.ziyouz.com kutubxonasi


to‘g‘risidagi gaplar to‘g‘ri emasligi, bu fakt sho'ro davrida 
biografiyani «o'nglash» zarurati biian muomalaga kirib qol- 
ganini ko'rsatadi. Ko‘rib turganimizdek, kichkinagina gaze- 
ta e’loni yozuvchi shakllangan muhit haqidagi tasavvuri- 
mizni to‘g‘rilashda hal qiiuvchi ahamiyat kasb etadi.
Keyingi yillarda o'zbek adabiyotshunoslarining man- 
bashunoslik sohasidagi izlanishlari, ayniqsa, XX asr 
boshlari adabiyotini o'rganish bilan bog'liq holda faol- 
lashdi. Qatag'on qilingan adib va shoirlarning ijodiy mero- 
sini tiklash, ularning hayoti va faoliyatiga doir hujjatlarni 
izlab topish borasida N.Karimov, B.Qosimov, H.Boltabo- 
yev, B.Do‘stqorayev, B.Karimov, R.Tojiboyev, M.Qarshi- 
boyev kabi olimlarning izlanishlari samarali bolib, ular 
asr boshidagi adabiy jarayon, unda faol ishtirok etgan 
ijodkorlar haqidagi tasavvurlarimizni boyitishga, davr 
adabiyotining xolis ilmiy tarixini yaratishga xizmat qildi. 
Ma’lumki, konkret ijodkor merosini to'laqonli tushunish 
va xolis baholash uchun uning hayot yo‘li haqida to'liq 
tasavvurga ega bo‘lish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ya’ni adabiyotshunoslikdagi tadqiqot metodlaridan biri
- biografik metodning to ‘la samara bilan ishlashi uchun 
konkret ijodkor hayoti va faoliyati haqidagi hujjatlarga 
ega bolish lozim. Afsuski, ko‘plab ijodkorlarimiz haqi­
da ma’lumot beruvchi hujjatlar hali to‘la yig'ilgan emas. 
Bu borada faqat Hamza arxivi yuzasidan qilingan ishlar 
(bunda professor L.Qayumov xizmatlarini alohida ta ’kid- 
lash lozim) bilangina maqtanish mumkin. Shuningdek, 
Oybek, A.Qahhor singari ulkan adiblar uy-muzeylarida 
faoliyat ko'rsatayotgan ilmiy xodimlarning sa’y-haraka- 
ti bilan ular haqidagi hujjatlar yig'ilgan, tartiblangan. Bu 
manbalar mazkur adiblarning ijodiy merosini o‘rganish, 
qayta baholashda beqiyos ahamiyatga ega bo'ladi.
Shu o'rinda ayrim manbalarda alohida yordamchi soha 
sifatida tasniflangan muzeyshunoslik va arxivshunoslik 
haqiqatda manbashunoslikning ko'rinishlari ekanini ta’kid-
25
www.ziyouz.com kutubxonasi


lash joiz. Zero, ijodkorlarning uy-muzeylaridagi faoliyatning 
asosiy yo'nalishi ham manbalarni izlab topish, tasniflash, 
ro'yxatga olish - manbashunoslik faoliyatining o'zgina- 
sidir. Shunga o'xshash, u yoki bu ijodkor, ijodiy uyushma, 
adabiy nashr va sh.k.lar arxivini tartibga solayotgan odam 
ham manbashunos sifatida faoliyat yuritayotgan bo'ladi. 
Demak, bu ikki sohani alohida ajratishga ham hech bir 
zarurat yo‘q ekan.

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin