311
www.ziyouz.com kutubxonasi
SHE’RIY NUTQ HAQIDA
OMchovlilik she’riy nutq ritmikligining asosi sifatida. Rit-
mik bo‘lak (birlik) tushunchasi. Ritmik vositalar: pauza,
urg‘u, qofiya, qofiyalanish tartibi. Qat’iy o‘lchovlilikdan
chekinish, she’riy nutqdagi nasr tomon siljish jarayoni.
She’riy sintaksis haqida.
Kelib chiqishi jihatidan badiiy nutqning she’riy shakli
nasriy shakldan qadimiyroq, aniqrog'i, o‘z vaqtida u badiiy
nutqning yagona shakli bo'lgan. Sababi, she’riy nutqning
o'ziga xos tashkillanishiyoq uni amaliy nutqdan farqlagan,
she’riy nutq vositasida yetkazilayotgan informatsiyaning
badiiyatga aloqador ekanligini ta’kidlab turgan. Shu sabab-
li ham milliy adabiyotlar tarixining ilk bosqichlarida adabiy
asarlar she’riy yo'lda yozilgan, nasrda yozilgan so‘z san’ati
namunalarining paydo bo'lishi, baski, nasming badiiy nutq
ko'rinishi sifatida e’tirof etilishi esa nisbatan keyingi davr-
larga to‘g‘ri keladi.
An’anaviy tushunchaga ko‘ra, she’riy nutq muayyan
bir o'lchov (vazn) asosidagi ritmga ega, o'zining mu-
siqiy jarangi, hissiy to'yintirilganligi bilan farqlanuvchi
nutqdir. She’riy nutqdagi o'ziga xos intonatsiya, musiqiy-
lik muayyan vaqt davomida takrorlanuvchi ritmik bo'laklar
va ularni ta’kidlovchi ritmik vositalar, o'ziga xos fonetik
tashkillanish, turli-tuman sintaktik usullar yordamida vu-
judga keladi. Lirik asardagi kayfiyatning hosil qilinishi,
kechinmaning o'quvchiga «yuqtirilishi»da uning ritmik-in-
tonatsion tomoni muhim ahamiyat kasb etadi. Zero,
she’rning ritmik-intonatsion xususiyatlari uning mazmu-
ni bilan belgilanadi, mazmun bilan uyg'unlik kasb etadi.
She’riy nutqning o'ziga xosligini, o'ziga xos tashkillani-
312
www.ziyouz.com kutubxonasi
shini tasavvur qilish uchun, avvalo, uning ritmik-intonat-
sion xususiyatlarini belgilovchi unsurlar, vositalar haqida
tushunchaga ega bo‘lish zarur.
She’riy nutqning ritmik qurilishini tasavvur qilish uchun
eng avval
ritmik bo'lak
va
ritmik vosita\am\
belgilab oli-
shimiz zarur. Ritmik bo'lak deganda she’riy nutqning ritm
jihatdan bo'laklarga bo‘linishidan kelib chiqiladi. Unutmas-
lik kerakki, ritmik jihatdan bo'linish inson nutqining tabiiy
(nafas olish bilan bog'liq) bo'linishi bilan mos kelishi ham,
ba’zan mos kelmasligi ham mumkin. Shuning uchun bu
o‘rinda «ritmik jihatdan» deya alohida ta’kidlab aytilmoqda.
Ritmik bo'laklar sifatida bo‘g‘in (hijo), turoq (rukn), mis-
ra va bandni olamiz. Mazkur tushunchalar maktabdanoq
tanishligini hisobga olib, ularga qisqacha to'xtalish bilan
kifoyalanamiz.
Bo‘g‘in (hijo) bir havo zarbi bilan aytiluvchi tovush yoki
tovushlarguruhi bo'lib, u barcha she’rtizimlarida eng kichik
ritmik bo‘lak sanaladi. 0 ‘zbek she’riyatidagi barmoq tizimi
uchun bo‘g‘inning sifati (qisqa, cho'ziq yoki o‘ta cho'ziqli-
gi, ochiq yoki yopiqligi, urg'uli yoki urg'usizligi) ahamiyatsiz
bo'lsa, aruz tizimida uning qisqa, cho'ziq va o‘ta cho'ziq
navlari ajratiladi.
Turoq bilan ruknning ritmik bo'lak sifatidagi ahamiyati va
darajasi teng keladi. Barmoq tizimiga xos turoq bo'g'inlar-
ning ma’lum miqdorda guruhlanishidan hosil bo‘!sa, aruz
tizimiga xos rukn qisqa va cho'ziq hijolarning ma’lum tar-
tibda guruhlanishidan hosil bo'ladi. Bu o'rinda bitta narsani
unutmaslik kerak: turoq so'zni hech vaqt bo'lib yuborma-
gani holda, rukn so'zning bir qisminigina o'ziga olishi, ya’ni
uni bo'lib yuborishi mumkin.
She’rning alohida satrga joylashtirilgan bo'lagi misra
deb yuritiladi. Misra bir necha turoq (rukn)ni birlashtirishi
ham, birgina turoqqa, ya’ni birgina so'zga teng bo'lishi
ham mumkin. Biroq uning misra deb atalishi uchun kat-
ta-kichikligining ahamiyati yo'q. Misra oxirida zarb bo'lishi,
313
www.ziyouz.com kutubxonasi
0
‘zidan so'ng sezilarli pauza mavjudligi bilan xarakterla-
nadi. Shu jihatdan qaralsa, she’r misrasi zinapoya shakli-
ga solinib, har bir so'zi yoki so‘z birikmasi alohida satrga
joylangan bo'lsa, ularning hammasini misra deyish to‘g‘ri
bo‘lavermayd¡, chunki ularda zarb bolgani holda, misra
pauzasi mavjud emas. Masalan, E.Vohidovning «Vafo»
nomli she’ridan olingan mana bu parchadagi kabi:
So'ng...
Bir kun yoningga
Shoshib kelardim,
Fursat to'xtab qoldi
Yo'lda nogahon.
Intilib,
Intilib
Yetolmay,
Dardim
Dilga oqdi go'yo
Bir piyola qon.
Aslida, mazkur she’r 11 (6+5) bo'g'inli barmoqda yozil-
gan bo'lib, undan olingan parchadagi 1-, 2-, 3-satrlar bi-
rinchi, 4 - 5-satrlar ikkinchi, 6-, 7-, 8-, 9-satrlar uchinchi, 10
- 11-satrlar to'rtinchi misrani tashkil qiladi. Alohida satrga
ajratib yozilgani so'zga ma’no urg'usi berish, kuchli pozitsi-
yasini ta’kidlashga xizmat qiladi, xolos. Yana bir jihati, katta
hajmli «Vafo» she’ri ikki qismdan iborat bo'lib, birinchi qis-
mi 11 (6+5) bo'g'inli barmoq vaznidagi to'rtliklar shaklida,
shu sababli ham parcha shu ritmik kontekstda o'qilaveradi,
faqat ohang (intonatsiya) mazmunga mos o'zgaradi.
She’rning ma’lum miqdordagi misralardan tarkib topib,
mazmun va ritmik-intonatsion jihatdan nisbiy tugallikka
ega bo'lgan bo'lagi band deb yuritiladi. Eng kichik band -
ikki misra. Ikkilik bandlar, odatda, o'zaro qofiyalangan mis
ralardan tarkib topadi. Mumtoz adabiyotimizda ikkilik band
314
www.ziyouz.com kutubxonasi
shaklini masnaviy deb yuritiladi. Ikkilik bandning alohida
bir ko'rinishi baytdir. Bayt masnaviydan qofiyalanish tar-
tibi jihatidan (dastlabki bayt o'zaro qofiyalanadi, keyingi
baytlarning ikkinchi misrasi birinchi bayt bilan qofiyadosh
bo‘ladi) farqlanadi. Demak, biz g'azal, qasida, qit’a jan-
ridagi asarlarning bandlariga nisbatangina «bayt» atama-
sini ishlatsak to‘g‘ri bo'ladi. Uchlik bandlar nisbatan kam
uchraydi. Mumtoz adabiyotimizda uchlik bandlar musal-
las (musallis) deb yuritiladi. Shu tarzda mumtoz adabi'
yotimizda to'rt misrali - murabba’, besh misrali - muxam-
mas, olti misrali - musaddas, yetti misrali - musabba’,
sakkiz misrali - musamman singari band shakllari ajratil-
gan. Mumtoz adabiyotimizdagi «musammat» degan
umumiy nom ostida yuritiluvchi turg'un she’riy shakllar
she’rning necha misrali bandlardan tarkiblanganiga qa-
rab nomlanadi.
Ilgari aytilganidek, keng ma’noda ritm muayyan
bo'laklarning ma’lum vaqt oralig'ida tartibli takrorlani-
shi, she’riy ritm deganda esa she’r misralaridagi ritmik
bo'laklarning ma’lum o'lchov asosida tartibli takrorlanishi-
dan hosil bo'luvchi ohang tushuniladi. Buni konkret misol
asosida ko'rib o'taylik:
- V
-
- / -
V
-
- / -
V
-
- / -
V
-
O-ra-zin yop-qach ko'-zim-dan so-chi-lur har lah-za yosh
-
V
-
- / - V
—
— / —
V
—
- / -
V
-
Bo'y-la-kim pay-do bo'-lur yul-duz ni-hon bo'l-g'och qu-yosh
Keltirilgan bayt paradigmasi (taqte’)da ritmik bo'laklar
ning qat’iy tartib asosida takrorlanishini kuzatish mumkin.
Masalan, ilk misraning dastlabki ruknidagi birinchi qisqa
hijo (ya’ni ritmik bo'lak) o'n to'rt bo'g'indan so'ng (ya’ni
ma’lum vaqt oralig'ida) aynan takrorlanmoqda. Xuddi shu
tartibdagi takrorlanish barcha hijolarga - cho'ziq va qisqa
hijolarga ham birdek tegishlidir. Ya’ni har bir hijodan o'n
315
www.ziyouz.com kutubxonasi
to‘rt bo‘g‘¡n so‘ng yana xuddi shunday sifatdagi hijo tak-
rorlanadi.
Misralararo ruknning takrorlanishiga e’tibor qiisak, rukn
(ya’ni cho‘ziq va qisqa hijoiarning muayyan tartibdagi gu-
ruhlanishi) har uch rukndan so‘ng ayni o‘sha tartibda takror-
lanishi ko'riladi. Misra esa she’riy nutqning o‘n besh hijoga
teng bolagini rukn tartibida birlashtiradi va bayt doirasida
haro‘n besh bo‘g‘indan so‘ng takrorlanadi. Olingan parcha
g'azal janriga mansubligini e’tiborga olsak, band (bayt) ¡kki
misraga muayyan ruknlar tartibida joylashgan o‘ttiz hijoni
jamlaydi va har o'ttiz hijodan so‘ng takrorlanadi. Demak,
hijo, rukn, misra va bandni she’rda o‘lchov birligi sifatida
qabul qilish mumkin, ularning kichigi o'zidan kattasining
tarkibiga kirgan holda she’rning ritmik-intonatsion qurilishi-
ni ta’minlar ekan.
Ritmik bo'laklarning o'lchov birligi sifatidagi ahamiya-
ti turli she’rlarda turlicha namoyon boladi. Masalan, izo-
metrik (misralarida bo‘g‘inlar soni birxil bolgan) she’rlarda
bo‘g‘in, turoq, misra va band birdek ahamiyatga ega bo‘lsa,
geterometrik (misralarida bo‘g‘inlar soni turlicha bolgan)
she’rlarda ularning o'lchov birligi sifatidagi mavqeyi o‘zga-
radi. Masalan, A.Qutbiddin qalamiga mansub she’rlardan
birining ritmik qurilishi quyidagicha:
Baliqning tishi-la tilimni tildim, (6 + 5)
Yuragim urchuqday uch aylantirdim, (6 + 5)
Ko'zimni qiynadim, (6)
Qiynog'im qiziq... (5)
Yayradim. (3)
She’rning boshqa bandlari ham ayni shu tartibda quril-
gan. She’rning birinchi va ikkinchi misralari 11 bo‘g‘indan
bo'lib, uchinchi va to'rtinchi misralar qo'shilgan holda 11
bo‘g‘innl tashkil qilishi ko'rinib turibdi. Biroq uchinchi va
to'rtinchi misralarning qo'shilishi, birinchidan, she’rníng in-
316
www.ziyouz.com kutubxonasi
tonatsiyasi, ikkinchidan, qofiyalanish tartibiga ta’sir qiladi.
Sababi, bu ikki misra qo‘shilgani holda, ular orasida nis-
batan qisqa (turoqlararo) pauza tushishi lozim bo'ladiki,
bu narsa intonatsiyaga ta’sir qiladi. Zero, hozirgi holatida
har ikki misraning alohida satrlarga chiqarilishi ulaming
0
‘qilishidagi ta’kidni kuchaytiradi. Xullas, she’rdagi beshta
bandning hammasi shu tartibda misralarga bo'linganki, bu
xil she’rlar geterometrik she’r deb ataladi. Yuqorida Navoiy
bayti asosida ko‘rganimiz har bir ritmik bo‘lak (hijo, turoq,
misra va band)ning o‘z holicha ritmik birlik bo’lib kelishi
bunda kuzatilmaydi. Ya’ni bo‘g‘inlar soni teng emasligi bois
bo‘g‘inning, turoqlardagi bo‘g‘inlar soni turlichaligi sababli
turoqning, misralarda turoqlarning bir xil tartib va miqdorda
bo'lmagani sababli misraning ritmik bo'lak (birlik) sifatidagi
ahamiyati susayadi, bularning vazifasini to'laligicha band
o‘z zimmasiga oladi. Ya’ni she’rning ritmik qurilishi she’r
buturiligida namoyon bo'ladi va band uning asosiy ritmik
bolagi (birligi)ga aylanadi.
She’riy nutqning tashkillanishida ritmik bolaklardan
tashqari ularni ajratib ta’kidlovchi, ritmni kuchaytiruvchi
unsurlarning ham katta badiiy-estetik ahamiyati bor. Rit
mik bo‘laklardan farqlagan holda ularni ritmik vositalar
deb yuritamiz. Ritmik vositalar she’r ritmining ta’kidlanishi,
kuchaytirilishiga xizmat qilib, ularning asosiylari sifatida
ritmik pauza, qofiya va qofiyalanish sistemasini ko‘rsatish
mumkin.
She’rdagi har bir ritmik bo‘lak boshqalaridan ritmik pau
za hisobiga ajratiladi va shu ajratilish hisobiga bu bo'laklar
o'ziga xos o‘lchov birligi sifatida namoyon bo‘ladi. Deylik,
bo‘g‘in bir tovush zarbi bilan aytiladi va juda ham qisqa,
sezilar-sezilmas pauza (aslida, bu pauza emas, ikki tovush
zarbining bir-biridan farqlanib turishi hisobiga «pauza»dek
taassurot qoldiradi, xolos) bilan ajraladi. Turoqlardan
keyingi pauza biroz sezilarliroq bo'lsa, misralar nihoyasi-
dagi pauza yaqqol seziladi, band yakunidagi katta pauza
317
www.ziyouz.com kutubxonasi
unga ritmik-intonatsion tugallik baxsh etadi. Ritmik pauza
bilan mantiqiy pauza doim ham bir-biriga mos kelaver-
masligi mumkin, ya’ni she’riy nutqda vergul
q o ‘y ilm a g a n
o'rinlarda ham to'xtalib o'tish va, aksincha, vergulli o'rin-
larda to'xtalishni sezilmaslik darajasiga keltirish zarurati
paydo bo'lishi odatiy holdir.
Ritm nuqtayi nazaridan qaralsa, misra oxirida keluvchi
qofiyalar - so‘z, qo'shimcha, ba’zan esa so‘z birikmalari-
ning ohangdosh bo'lib kelishi misrani ta’kidlab ko'rsatishga,
bu bilan esa she’rning ohangdorligi, musiqiyligi, ta’sirdor-
ligini oshirishga xizmat qiladi. She’rni o‘qish davomida (bu
narsa, ayniqsa, yoddan o'qilganda yoki she’rtinglanganda
yaqqol seziladi) qofiya misraning tugaganidan darak be-
radi, pauza bajarayotgan ajratish funksiyasini ta’kidlaydi.
She’riyatda qofiyaning bir qator ko'rinishlari (to'liq va to‘-
liqsiz qofiya; unlilar ohangdoshligigagina asoslangan asso-
nans va undosh tovushlar ohangdoshligigagina asoslangan
dissonans qofiyalar; rus she’riyatida ochiq yoki yopiq bo‘g‘in
bilan tugashiga qarab ochiq - «jenskaya rifma», yopiq -
«mujskaya rifma» va b.) mavjud. Jumladan, hozirgi o‘zbek
she’riyatida qofiyadagi tovushlaming qay darajada mosli-
gi jihatidan och (to'liqsiz) va to‘q (to'liq) qofiyalar ajratiladi.
To'liq qofiyada qofiyadosh so'zlar tarkibidagi tovushlaming
katta qismi to'la mos (misol tariqasida A.Qutbiddin qofiyala-
ridan keltiramiz: «buzib - uzib», «lo'killaganda - lopillagan-
da», «izlardan - yuzlardan») kelsa, to'liqsiz qofiyalarda to-
vushlarning ayrimlarigina mos («dahriy - qahridan», «tutun
- Alovuddin», «titrab - guldurak») keladi.
Qofiyalanish tartibi deganda band misralarining o'zaro
qofiyalanish sxemasi nazarda tutiladi. Banddagi qofiyala
nish tartibi turlicha bo'lib, bu tartib bandning ritmik-into-
natsion butunlikka birikishida muhim ahamiyat kasb eta
di. Ikkinchi tomondan, o'qish jarayonida qofiya misraning
tugaganligini ta’kidlaganidek, qofiyalanish tartibi bandning
shakllanib bo'lganligi, tugaganini ta’kidlaydi. Masalan, to'rt
318
www.ziyouz.com kutubxonasi
misrali
a-b-a-b
tarzida qofiyalangan she’r o'qilayotgan
bo'lsa, o'quvchi keyingi bandlarda ham shu xil tartibni ku-
tadi, tartib nihoyalanganida banddagi tugallanganlikni his
qiladi. Ya’ni qofiyalanish tartibi, bir tarafdan, she’r ritmi-
ning his qilinishiga, ikkinchi tarafdan, mazmun va ritmning
uyg'unlashuviga, o'quvchi tasavvurida yaxlit birlik hosil qi-
lishiga yordam beruvchi vosita ekan.
Ta’kidlash zarurki, bungacha aytilgan gaplar vazn
(o‘lchov)li she’r tizimlariga1 xos qat’iy o‘lchov asosida rit-
mik tashkillanuvchi she’riy nutqqa taalluqli. Zéro, an’ana-
viy tarzda she’riy nutq deganda muayyan o'Ichov asosida
tartibga solingan ritmiklikka ega nutq tushunilgan. Milliy
adabiyotlar o'tmishiga qaralsa, aynan vaznli she’r awal
vujudga kelgani - antik yunon she’ri, arab aruzi, turkiy
barmoq, sillabik, sillabo-tonik kabi tizimlarni birlashtiruvchi
umumiy jihat ularning qat’iy o'Ichov asosiga qurilishi ekani
ko'riladi. Shu bilan birga, sanalgan barcha she’r tizimlari
doirasida qat’iy o'ichovlilikdan chekinish kuzatiladiki, bu,
bir tomondan, ritmik imkoniyatlarni boyitish zarurati bilan
yuzaga kelsa, ikkinchi tomondan, ijod jarayoniga xos qolip-
larga sig'maslik, erkinlikka intilish bilan izohlanishi mumkin.
Buning misoli sifatida aruzda taraqqiyot jarayonida zihoflar
va ular asosida far’iy bahrlaming paydo bo'lishini, shu-
ningdek, mustahzod janrining vujudga kelishini ko'rsatish
mumkin. Bularning birinchisini «gorizontal ritrmdan og‘ish
(ya’ni misrada vazni o'zgacha rukn paydo bo‘ldi) desak,
mustahzodni «vertikal ritrmdan chekinish (ya’ni vertikaliga
bir xil o'Ichov saqlanmaydi) sifatida tushunish mumkin. Ta-
biiy ravishda kechib kelayotgan ushbu jarayon nasming
badiiy nutq shakli sifatida qaror topishi bilan bog'liq holda
Dostları ilə paylaş: |