Keltiriigan parchada kesim tushirib qoldiriigan va buning
natijasida «yurakka» so‘zi mantîqiy urg'u oladi, she’rning
dastlabki misralaridagi ohangning saqianishiga erishiladi.
Mabodo
kesim tushirilmaganida edi, unda so'nggi misra
«So‘z navbati yurakka beriladi» shaklida bolar, natijada
esa yuqorida aytilgan samara tamoman yo'qqa chiqar edi.
Shunga o'xshash, she’riy misralarning
atayin tugatilmay
qo'yilishi yana bir sintaktik figura - jim qolishni yuzaga
chiqaradi:
Men sendan ketmoq istayman
Yomgïrdek emas
-
Yomg'ir yana qaytib keladi.
Men sendan ketmoq istayman
Shamoldek emas
-
Shamol yana qaytib yeladi.
Men sendan ketmoq istayman
Muhabbat kabi...
(X.Davron)
She’rning dastlabki ikki satri uchinchi misra bilan, keyin-
gi ikki satri oltinchi misra bilan izohlansa, so'nggi ikki satrda
shoir bu yo'ldan bormaydi - jim qoladi, izohni endi she’r-
xonning o‘zi shakllantirishi zarur boladi.
Shunisi borki, ifo-
da etilmagan so'nggi izoh avvalgilariga mazmunan zid:
yomg'ir qaytib keladi, shamol qaytib keladi - muhabbat
qaytib kelmaydi. Eng muhimi, shoir bu xulosani aytmagani
uchun ham she’rni o‘qiyotgan kitobxon ongini «ketgan mu
habbat qaytib kelmaydi» degan
xulosa bir lahza chaqindek
yoritib o‘tadi - qo'llangan usulning estetik samarasi, ta’sir-
dorligi ham shunda.
She’r misralarida bir xil yoki bir-biriga juda yaqin sin
taktik konstruksiyalarning takrorlanib qo'llanishi - sintaktik
parallelizm ham she’rning ohangdorligini, ta’sirchanligini
oshiruvchi figuralardan sanaladi:
323
www.ziyouz.com kutubxonasi
Yo'lin yo‘qotsa odam - muhabbatga suyangay,
G'ussaga botsa odam - muhabbatga suyangay,
Chorasiz qotsa odam - muhabbatga suyangay...
(A.Oripov)
Ko‘rib
turganimizdek, keltirilgan parchada misralarning
har biri bitta gapga teng, uchala gap bir xil tartibda qu-
rilgan. Biroq bu sintaktik parallelizm voqe bo'lishi
uchun
albatta gap takrori bo'lishi kerak degani emas, u bir gap
doirasida - bir xil sintagmalar takrori asosida ham yuzaga
kelaveradi:
Men
nima axtardim, neni izladim
?
Kimga ermak bo‘!di go‘zal hislarim?
Dostları ilə paylaş: