329
www.ziyouz.com kutubxonasi
SHE’R TIZIMLARI
I
«She’r tizimi» va «vazn» tushunchalari. Jahon adabi-
yofidagi she’r tizimiari haqida. Aruz she’r tizimi. Barmoq
she’r tizimi. Erkin she’r tushunchasi. Sarbast haqida.
Ma’lumki, termin (istiloh) muayyan fan tarmog'i doirasi-
da faqat bitta tushunchani anglatishi lozim. Shunga qara-
may, amaliyotda bu qoidadan chekinilgan hollarga qay-
ta-qayta duch kelamiz: ba’zan tushunmaganlikdan, ba’zan
e’tiborsiziik sabab, ba’zan so'zning an’anaviy ishlatilishiga
ergashib, xullas, turli sabablar bilan istiiohiy chalkashliklar-
ga yo‘l qo'yamiz. Masaian, biz muayyan bir g‘azal haqida
«aruz vaznida yoziigan» deyishimiz ham, adabiyot tari-
xi haqida gapira turib «aruz vazni musulmon Sharqida
yetakchi mavqeni egallagan» qabilida fikrlashimiz ham
mumkin. Holbuki, konkret g‘azal «aruz vazni»da emas,
aruzning «falon vaznida» (ramali musammani maqsur,
hazaji musammani mahzuf va b.) yoziigan boladi, ya’ni
vazn konkret she’rda namoyon bo'ladigan hodisa, u kon
kret she’rning o'lchovini bildiradi. Shunga binoan, ikkinchi
holda, «aruz vazni musulmon Sharqida yetakchi mavqeni
egallagan» deyilganda, «vazn» emas, balki vaznlar siste-
masi - she’r tizimi nazarda tutilgan. Ko'rinadiki, biz «vazn»
terminini ham konkret she’rning olchovi (metr) ma’nosi-
da, ham «she’r tizimi» ma’nosida ishlatyapmiz, shu tufayli
ham terminologik chalkashlik yuzaga kelmoqda. Hoibuki,
mutaxassis sifatida biz bu xil chalkashlikdan qochishga,
istilohni aniq bitta ma’noda qo'llashga burchlimiz. Shun
ga ko‘ra, har bir konkret holatda va tushunchalardan qay
bin nazarda tutilayotganidan kelib chiqqan holda shuni
anglatuvchi istilohni qo'llash zarur bo'ladi. Jumladan, agar
330
www.ziyouz.com kutubxonasi
muayyan o'lchov íamoyiilariga asoslangan vaznlar maj-
muyi nazarda tutiiayotgan bo‘lsa, «she’r tizimi» ¡síiiohini
qo'llash lozim. Masalan, «aruz tizimi» deyíiganda misralar-
da qisqa va cho'ziq hijolarning ma’lum tartibda takrorlanib
kelishiga asoslangan «she’riy sistema» tushuniladiki, bu
íizim yuzlab konkret vazniarni o‘z ichiga oladi.
Ma’lum bo'ldiki,
«she’r
tizimi»
she’r
tuzilishining asosi-
ni, uning asosiy qonuniyatlarini belgilab beradi. Har bir
xalq she’riyatidagi «she’riy tizim» o‘sha xalq tilining o‘ziga
xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Mavjud she’r tizimlari-
ning hammasida asosiy o'lchov birligi sifatida bo‘g‘in olin-
gan. Bo‘g‘in esa, ma’lumki, turli tillarda turlicha sifatiy va
miqdoriy ko'rsatkichlarga ega. Shunga ko‘ra, jahon xalqlari
she’riyatida mavjud she’riy sistemalar bo‘g‘inning miqdori
(sillabik she’r tizimi), urg‘uli yoki urg'usizligi (tonik), cho'ziq
yo qisqaligi (metrik), baiand yoki past talaffuz qilinishi
(melodik) kabi jihatlarni o'lchov asosi qilib oladi.
Metrik she’r tizimi misralarda cho'ziq va qisqa hijolar
ning muayyan tartibda (rukn, stopa) takrorlanib kelishi
ga aéoslanadi. Bu she’r tizimi unlilari cho'ziq-qisqaligi
jihatidan sezilarli farqlanuvchi tillarga ko'proq xosdir. Ma
salan, qadimgi yunon va rim she’riyati metrik sistemaga
asoslangan. Shu bois ham metrik sistema qadimdayoq tu-
gal sistema sifatida shakllanib, o'shandayoq uning nazariy
asoslari, qat’iy qoidalari ishlab chiqilgan. Antik adabiyot-
dagi metrik sistemada qisqa hijo (v) mora deb nomlanib,
u eng kichik o'lchov birligi sanalgan. Cho'ziq hijo (-) ikki
moraga (v v) teng deb qaralgan. Shuning o'ziyoq metrik
she’r tizimida misralardagi bo'g'iniar soni turlicha bolsa
da, ularning talaffuz vaqti teng bo'lganligi va ayni shu narsa
izometriyani (izoxroniya asosida) ta’minlaganini ko'rsatadi.
Sharq she’riyatida yetakchi o'rin tutgan aruz ham metrik
sistemaning bir ko'rinishidir.
Sillabik she’r tizimida misralardagi bo'g'iniar miqdori-
ning tengligi o'lchov asosi sanalib, bu tizim bo'g'inlari sifat
331
www.ziyouz.com kutubxonasi
jihatidan sezilarli farq qilmaydigan tillarga xosdir. Masalan,
o'zbek tilida bo‘g‘in cho‘ziq-qisqaligi jihatidan (
mas
., arab
tilidagi singari) sezilarli farq qilmaydi, urg‘u ham turg'un
(asosan so‘z oxirida) xarakterga ega. Shuning uchun
ham sillabik she’r tizimi o'zbek tili xususiyatlariga ko'proq
muvofiq keladi - she’riyatimizda qadimda
(mas.,
folklor)
va hozirgi kunda barmoqning yetakchilik qilishi shu bilan
izohlanadi. Sillabik she’r sistemasi polyak, serb va xorvat
she’riyatlarida ham yetakchi o‘rin tutadi. Shu o‘rinda she’r
tizimi tilning tabiatiga mos bolishi zarurligining yorqin bir
misolini ta’kidlab o‘tish foydadan xoli emas. Rus she’riyati-
da polyak she’riyati ta’sirida qariyb XVIII asr oxirlarigacha
sillabik she’r tizimi qo‘llangan. Ko‘proq urg'usi turg'un tillar
tabiatiga mos keluvchi bu tizim urg‘u o‘rni muqim bo‘lma-
gan rus tili tabiatiga mos emas edi, shu bois ham u rus
she’riyatida uzoq yashay olmadi.
Tonik she’riyatda misralardagi urg'ular miqdori olchov
asosi qilib olinadi. Ya’ni bu tizimda misralardagi bo‘g‘inlar
miqdori farqlanaverishi mumkin, urg'ular miqdori esa teng
bolishi lozim. Bilasizki, so'zlar turli miqdordagi bo‘g‘inlar-
dan tarkib topadi, ularning ayrimlari esa (masalan, yordam-
chi so'zlar) urg‘u olmaydi. Demak, tonik she’r misralarining
uzunligi bir-biridan keskin farqlanishi, tashqi ko'rinishi ji
hatidan nasriy nutqqa o'xshab ketishi mumkin. Biroq bir
urg‘u atrofida birlashayotgan bo‘g‘inlar guruhini talaffuz
qilishga ketadigan vaqt taqriban teng, shu sababli ham
ma’lum darajadagi izoxroniya (tengvaqtlilik) saqlanadiki,
bu olchovlilik hissini yuzaga keltiradi. Shu bilan birga, tonik
she’rning ko‘rinishlari sifatida qaraluvchi
Dostları ilə paylaş: |