Mutaxassislar aruz she’r tizimi arab adabiyoíida Vill
asrdan maydonga keigani va iX asrdanoq forsiy tilda-
gi adabiyotda ham qo‘!lana boshlaganini qayd qiladi-
lar. Turkiy adabiyotda ham aruzning qo‘llana boshlashi
taxminan shu vaqtga to‘g‘ri keladi degan fikr mavjud.
Fitrat bu haqda to‘xta!ib: «Bizning 0 ‘rta Osiyo turklari
tomonidan qachon qabul etilgani aniq emas. Biroq hijriy
462 da Qashqarda yoziigan mashhur «Qutadg'u bilik»
kitobining shu aruz vaznida yozilg'ani e’tibor etilsa, juda
eskidan qabul etilgani ma’lum bo'ladur»1, - deb yozadi.
Hartugul, turkiy aruzda yaratilgan ilk asar deb hozircha
«Qutadg'u bilik» tan olinar ekan, aruzning turkiy adabi
yotda qaror topishi taxminan X - XI asrlarga to‘g‘ri kela
di deyish mumkin.
Aruzdagi eng kichik ritmik bo‘lak sifatida ayrim muta
xassislar (arab va fors aruzshunosligi an’analariga mu-
vofiq) harfni, boshqalari esa (turkiy tillar va turkiy aruz xu-
susiyatlaridan kelib chiqib) hijoni ko‘rsatishad¡. Ya’ni eng
kichik ritmik bo'lak sifatida harfning olinishi arab tili (va yo-
zuvi) uchun xosroq, o'zbek tili uchun esa hijoning olingani
qulayroq. Shunday bo‘lsa-da, aruzdagi tarkiblanishni yax-
shiroq tasavvur qilish uchun harf eng kichik birlik sifatida
olingan holatdagi tarkibianishga qisqacha to‘xtalib o'tish
maqsadga muvofiq.
Demak, arab aruzshunosligida eng kichik ritmik bo‘lak
- harf, harf esa ikki turli boladi: mutaharrik (cho‘zg‘ili) va
sokin (cho‘zg‘isiz). Cho‘zg‘i deganda unli tovush tushuni-
lishi e’tiborda tutilsa, «mutaharrik harf», «sokin harf» ata-
malarining ma’nosi anglashiladi. Masalan, «ko'z» so‘zi ikki
harf: bir mutaharrik («ko‘») va bir sokindan («z») tarkib
topadi. Mutaharrik va sokin harflarning muayyan tartibda
qo'shilishidan juzvlar yuzaga keladi. Juzvlar harfga nis-
batan kattaroq ritmik bo'lak sanalib, ular har biri o‘z ichida
1 0 n T p a T
A. Afla6néT
Dostları ilə paylaş: