mafoiylun / foilotun = muzori’
foilotun / mustaf ilun = xafif
mustaf ilun / foilotun = mujtass
mustaf’ilun / maf ulotu = munsarih
mafulotu / mustaf ilun = muqtazab
faulun / mafoiylun = tavil
foilotun / foilun = madid
mustaf ilun / foilun = basit
d) ikki bir xil va bir boshqa xil aslning takroridan hosil
bo'luvchi bahrlar:
mafoiylun / mafoiylun / foilotun = qarib
foilotun / foilotun / mafoiylun = mushokil
foilotun / foilotun / mustaf ilun = g‘arib
mustaf ilun / mustaf ilun / mafulotu = sari’
Aytish kerakki, sanalgan bahrlar o‘zbek she’riyatida
ishlatilishi, faolligiga ko‘ra bir-biridan jiddiy farqlanadi.
Jumladan, aruzshunos A.Hojiahmedov ma’lumotiga ko‘ra,
ulardan 7 tasi (vofir, muqtazab, madid, basit, qarib, musho
kil, g'arib) o‘zbek she’riyatida mutlaqo qo'llangan emas;
mutadorik, komil va tavil bahrlaridan juda kam shoirlar foy-
dalanganlar. Qolgan 9 ta bahr (hazaj, ramal, rajaz, muzo-
t i’, xafif, mujtass, munsarih, sari’, mutaqorib) esa o'zbek
she’riyatida faol qo‘llangan.
Bahr tarkibidagi asllar o'zgarishsiz yoxud ma’lum
o'/garishga uchragan holda takrorlanishi mumkin. 0 ‘zga-
iishsiz
takrorlangan asllardan hosil boluvchi bahrlar
Dostları ilə paylaş: