Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

Kjonflanapu // OnTpaT 
A. 
TaHJiaHraH acapnap. 
4 >k. 4->k. -
ToujKeHT: MatHaBMflT, 
2006. - B.29.
334
www.ziyouz.com kutubxonasi


ikkiga bo'linadigan uch turga ajratiladi: sabab, vaíad va 
fosila. Juzvíarning muayyan tartibda birikishidan rukniar
rukníarning she’r misrasida muayyan tartibda takrorla- 
nishidan esa bahrlar hosil bo‘ladi.
O'zbek aruzi uchun eng kichik ritmik bolak sifatida hijo 
olinishi aytildi. Hijolar uch turli boladi: qisqa, cho'ziq va o‘ta 
cho‘ziq. Birgina qisqa unlidan (a-lam, f-lik) iborat bo‘!gan 
yoki qisqa unli bilan tugagan ochiq bo‘g‘in (ma-kon, ba­
lo) qisqa hijo hisoblanadi, u paradigmada (v) belgisi bilan 
ifodaíanadi. Cho‘ziq hijo cho‘ziq unli bilan tugagan ochiq 
bo‘g‘in yoki qisqa unlili yopiq bo'g'inga teng bolib, para­
digmada (-) belgisi bilan ifodaíanadi. Tarkibida cho'ziq unli 
bo'lgan (chi-roq) yoki qo‘sh undosh bilan tugallangan yopiq 
bo‘g‘in (ishq, ko‘shk) o‘ta cho'ziq hijo sanaiib, paradigmada 
(misra ichida bolsa: - v, misra oxirida esa: ~) belgisi bilan 
ifodaíanadi.
Hijodan keyingi ritmik bolak - juzvni alohida ajratish 
o‘zbek aruzi uchun uncha zarur bo‘lmasa-da, ularga ham 
qisqgcha to‘xtalib o'tamiz. Yuqorida aytilganidek, uch juzv- 
ning birinchisi sabab deb nomlanadi. Sabab o‘z ichida ik­
kiga bo‘linadi:
1) sababi xafif bir harakatli va bir sokin harfning qo'shi- 
lishidan yuzaga keladi, ya’ni bir cho'ziq hijoga teng boladi: 
ko‘z, so‘z, yuz (-);
2) sababi saqiyl ikki harakatli harfning qo‘shilishidan ho­
sil boladi, ya’ni ikki qisqa hijoga teng boladi: o‘zi, ko‘zi, 
so‘zi (vv).
Vatad juzvi ham asosan ikki xil:
1) vatadi majmu’ ikki harakatli va bir sokinning qo'shi- 
lishidan hosil boladi, ya’ni bir qisqa va bir cho'ziq hijoga 
teng: malak, palak (v -);
2) vatadi mafruq ikki harakatli o‘rtasida bir harakatsiz 
harf kelishidan hosil boladi, ya’ni bir cho'ziq va bir qisqa 
hijoga teng: hafta, chipta ( - v).
Fosila juzvi ham ikki turli:
335
www.ziyouz.com kutubxonasi


1) fosilayi sug‘ro uchta mutaharrikdan so‘ng bir sokin 
kelishidan hosil bo‘ladi, ya’ni ikkita qisqa va bir cho'ziq hi- 
joga teng: kapalak (v v -);
2) fosilayi kubro to’rt mutaharrik va bir sokindan hosil 
boladi, ya’ni uchta qisqa va bir cho‘ziq hijoga teng boladi: 
kurashajak (v v v -).
Shunga o'xshash, keyingi ritmik bolak - ruknlar juzv- 
larning muayyan tartibda birikishidan hosil boladi. Masa- 
lan, bitta vatadi majmu’ (v - ) va ikki sababi xafif (-) biri-
kuvidan mafoiylun ( v -------) rukni hosil boladi. Aruz tizimi
asosini tashkil etuvchi sakkiz rukn (asilar) quyidagilar: 
Faulun v —
Foilun - v -
Mafoiylun v ------
Foilotun - v —
Mustaf ilun — v -
Maf’u lo t u ------ v
Mutafoilun v v - v -
Mafoilatun v - v v -
Mazkur asllarning she’r misrasida muayyan tartibda 
takrorlanishidan bahrlar yuzaga keladi. Aruz tizimidagi 
bahrlar soni manbalarda turlicha ko'rsatiladi. Xususan, 
Hazrat Navoiy «Mezon ul-avzon»da bahrlar adadini 19 
ta deb ko‘rsatadiki, biz shuni asos deb olamiz. Bahrlarni 
tarkiblanishiga ko'ra uch guruhga ajratish mumkin:
a) bitta aslning takroridan hosil boluvchi bahrlar: 
faulun / faulun ... = mutaqorib
foilun / foilun ... = mutadorik 
mafoiylun / mafoiylun ... = hazaj 
foilotun / foilotun ... = ramal 
mustaf ilun / mustaf ilun ... = rajaz 
mutafoilun / mutafoilun ... = komil 
mafoilatun / mafoilatun ... = vofir
b) ikki aslning malum tartibdagi takroridan hosil boluv­
chi bahrlar:
336
www.ziyouz.com kutubxonasi


mafoiylun / foilotun = muzori’ 
foilotun / mustaf ilun = xafif 
mustafilun / foilotun = mujtass 
mustafilun / mafulotu = munsarih 
mafulotu / mustafilun = muqtazab 
faulun / mafoiylun = tavil 
foilotun / foilun = madid 
mustafilun / foilun = basit
d) ikki bir xil va bir boshqa xil aslning takroridan hosii 
bo'luvchi bahrlar:
mafoiylun / mafoiylun / foilotun = qarib 
foilotun / foilotun / mafoiylun = mushokil 
foilotun / foilotun / mustafilun = g‘arib 
mustafilun / mustafilun / mafulotu = sari’
Aytish kerakki, sanalgan bahriar o‘zbek she’riyatida 
ishlatilishi, faolligiga ko'ra bir-biridan jiddiy farqlanadi. 
Jumladan, aruzshunos A.Hojiahmedov ma’lumotiga ko‘ra, 
ulardan 7 tasi (vofir, muqtazab, madid, basit, qarib, musho­
kil, g'arib) o‘zbek she’riyatida mutlaqo qo'llangan emas; 
mutadorik, komil va tavil bahrlaridan juda kam shoirlarfoy- 
dalanganiar. Qolgan 9 ta bahr (hazaj, ramal, rajaz, muzo­
ri’, xafif, mujtass, munsarih, sari’, mutaqorib) esa o'zbek 
she’riyatida faol qo'llangan.
Bahr tarkibidagi asllar o'zgarishsiz yoxud ma’lum 
o'zgarishga uchragan holda takrorlanishi mumkin. 0 ‘zga- 
rishsiz takrorlangan asllardan hosil bo'luvchi bahrlar 

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin