Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi


www.ziyouz.com kutubxonasi ADABIY TUR TUSHUNCHASI



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

350
www.ziyouz.com kutubxonasi


ADABIY TUR TUSHUNCHASI
I
Adabiy tur tushunchasi. Badiiy adabiyotni turlarga ajratish
prinsiplari. Adabiy turlar orasida chegaraning shartliligi.
Adabiy turlar mavqeyining o‘zgaruvchanligi.
So‘z san’aíi - adabiyotning adabiy asarlar shaklida 
yashashini avvalroq aytib o‘tdik. Har bir adabiy asar esa, 
ma’lumki, o‘z holicha original, betakror hodisadir. Shu- 
ning uchun ham adabiyot taraqqiyotining qaysi davrini 
(qay kolamda ekanidan qat’i nazar) olib qaramaylik, unda 
o'zining g‘oyaviy va badiiy jihatlari bilan bir-biriga o'xsha- 
maydigan, turfa xil asarlarni ko‘ram¡z. Ayni chog‘da, bir 
qarashda muílaqo cheksizdek taassurot qoldiruvchi tur- 
falik bag'ridagi konkret asarda boshqa ayrim asarlar bi­
lan mushtarak jihatlar ham mavjudki, shu asosda ularni 
muayyan guruhlarga birlashtirish imkoniyati vujudga kela- 
di. Mazkur imkoniyaíning amalga oshirilishi, ya’ni adabiy 
asarlarni guruhlashtirish adabiyotshunoslik uchun zarurat 
maqomida, chunki predmetni muayyan tamoyillar asosi- 
da tartib (tizim)ga solmay turib uni yetarli darajada teran 
va atroflicha anglash mumkin emas. Shuning uchun ham 
an’anaviy ravishda adabiy asarlarning nutqiy tashkillanishi, 
tasvir predmeti, obyekt va subyekt munosabati kabi jihat­
lari bilan umumiylik kasb etuvchi yirik guruhlari -
epik, lirik
va 
dramatik
turlar ajratib kelinadi. Shu bilan birga, o'tgan 
asr adabiyotshunosiigida adabiy asarlarni turlarga ajratish 
zarurati yo‘q degan qarash ham ilgari surilgan. Biroq bu 
fikrga mutlaqo qo'shilib bolmaydi. Nega deganda bunday 
qarashning yuzaga kelishi adabiyot ilmidagi yangicha -
adabiy asarni ham adabiy-madaniy, ham ijtimoiy-tarixiy 
zamindan uzib olib o'rganuvchi, adabiyotshunoslikning
351
www.ziyouz.com kutubxonasi


predmeti kolamini g'oyat tor oluvchi yo'nalishlar biian 
bog'liq. Zéro, bitta asar obyekt qilib olinar ekan, turlarga aj- 
ratish chindan-da keraksiz. Biroq obyekt qilib mingyilliklar 
qa’ridan kelayotgan, bashariyat hayotidagi ijtimoiy, siyosiy, 
madaniy, ruhoniy, ma’rifiy jarayonlar bilan bevosita bog'liq 
va ming-minglab turli-tuman asarlar shaklida yashayotgan 
hodisa olinsa, turlarga ajratish zarurat. Haqiqiy adabiyot- 
shunoslikning obyekti esa ayni shu hodisadir. Shu jihatdan 
qaralsa, turlarga ajratishning boshlanishi adabiyotshunos- 
lik fan o'Iaroq shakllanish yolida tashlagan ilk tetapoya 
odimlardan deyilsa, aslo mubolag‘a emas. Sirasi, ayni 
masala qadim zamonlardan beri diqqat markazida bolib 
kelayotganining sababi ham ma’lum darajada shu bilan 
izohlanishi mumkin.
Adabiy asarlarni hozirgi tushunchadagi turlarga ajratish 
an’anasi, bugunda ma’lum va o'rganilgan manbalardan 
kelib chiqilsa, qadimgi yunon faylasuflari tomonidan bosh- 
lab berilgan. Garchi bu borada birinchilik ko'pincha Arastu- 
ga nisbat berilsa-da, rnanbalarda ba’zan turlarga ajratish 
Suqrotdan, goh esa Aflotundan boshlangani ham qayd eti- 
ladi. Aytish kerakki, bu shunchaki xato natijasi emas, bu- 
ning o'ziga yarasha sabablari, izohi bor. Avvalo, uchaia fay- 
lasuf ustoz-shogirdlik rishtalari bilan bog'langanini eslash 
joiz: Suqrot - Aflotunning ustozi, Aflotun esa Arastuning. 
Suqrot o'zining qarashlarini shogirdlar bilan suhbatlarda 
bayon qilish bilan kifoyalangan, ularni yozuvda muhrlagan 
emas - fikriari boshqa mualliflar asarlari orqali bizgacha 
yetib kelgan. Jumladan, Aflotunning «Davlat» nomli dia- 
logidagi suhbatdoshlardan biri Suqrot bo'lib, poeziyani tur­
larga ajratishga oid fikrlar uning tilidan beriladi. Turlarga 
ajratish borasidagi Arastu fikrlarining ko'proq e’tibor top- 
gani va keng ommalashgani esa, bir tomondan, ularning 
poeziyaga bag‘ishlangan maxsus asar - «Poetika»dan 
o‘rin olgani bilan, ikkinchi yoqdan, aynan shu asarning XVI
- XVII asrlarda, Yevropada zamonaviy adabiyotshunoslik-
352
www.ziyouz.com kutubxonasi


ning tamal toshlari qo'yilayotgan bir vaqtda beshak éta­
lon sifatlda qabul qilingani bilan izohlanadi. Xullas, hozir- 
da adabiy turlar masalasini ilk bor antik yunon faylasufiari 
muhokama qilganlar degan fikrda to'xtash to‘g‘ri va qa- 
noatlanarli boladi, birinchilik masalasi esa muhim emas.
Aflotunning «Davlat» nomli dialogida poeziya masa- 
lalari ham asosiy mavzu bilan bog'liq holda muhokama 
qilinadi. Jumladan, unda poeziyaning jamiyatdagi o‘rni va 
vazifalari, ideal davlatda unga munosabat qanday bolishi 
kerakligi kabi masalalar ham faylasuf tasavvuridagi idé­
al davlat nuqtayi nazaridan yoritilgan. Shunga qaramay, 
suhbatlarning birida adabiy turlar masalasi maxsus ko'rib 
chiqiiadi. Aflotun o‘z odaticha bu masaladagi qarashlari- 
ni savollar qo‘yish-u ularga birgalikda javob izlash tarzida 
izchil yoritib keladi-da, fikrlarini shunday xulosalaydi: «... 
poeziya va mif yaratishning bir turi to'laligicha taqliddan 
tarkib topadi, bu - ... tragediya va komediya; boshqa bir 
turi shoir o‘zi aytgan gaplardan iborat - buni difiramblar- 
da ko'rish mumkin; epik poeziya va boshqa ko‘p turlarda 
bu ikki usul qorishiq keladi».1 Bu o'rinda, avvalo, Aflotun 
«taqlid» so'zini birmuncha tor ma’noda qollayotganini 
aytmoq kerak. Uning nimani nazarda tutayotgani shogird- 
larga sal ilgariroq, «shoir o‘zga shaxs nomidan qandaydir 
nutq keltirsa, biz u o‘z nutqini o‘sha, hozir gapirishi haqi- 
da biz ogohlantirilgan shaxs nutqiga iloji boricha o'xshat- 
moqda demaymizmi?» so‘rog‘iga «Ha, shunday deymiz» 
deya tasdiq javobini berganlarida ma’lum bo‘lgan. Keyingi 
so'roq esa bu fikrni yanada aniqlashtiradi: « 0 ‘zingni qiyo- 
fa va yo nutqda boshqa odamga o'xshatish, aslida, o‘sha 
o'xshatilayotgan odamga taqlid qilish degani emasmi?»2 
Ya’ni «taqlid» deganida o'zganing nutqini o'xshatishni 
nazarda tutayotgan Aflotunga ko‘ra, «targediya va ko- 
mediyalar» o‘zganing gaplaridan, «difiramblar» shoirning
1 Платон. Сочинения. В 3-х т. Т.З. 4.1. - М.: Мысль, 1971. - С.176.
2 Ko'rsatilgan asar. - Б. 175.
353
www.ziyouz.com kutubxonasi


o‘z gaplaridan tarkiblanadi, eposda esa bu ikkisi qorishiq 
holda namoyon bo‘ladi. Ko'rib turganimizdek, Aflotun ada- 
biy turlarni farqlashda asarning nutqiy tashkillanishini asos 
qilib oladi.
Arastu «Poetika»si antik davrlardan bizgacha yetib 
kelgan so‘z san’ati haqidagi ilk maxsus tadqiqot sanala- 
di. Poeziyani tabiatga taqlid deb bilgan Arastu san’atlarni 
«nima bilan», «nimaga» va «qanday» taqlid qilishiga ko‘ra 
farqlaydi. Sirasi, hozirgi estetikada ham ayni shu tasnif 
tamoyili asos sifatida saqlanib qolgan. Agar birinchi jihat -
«nima bilan» taqlid qilish asosida musiqa, raqs, haykalta- 
roshlik, adabiyot kabi san’at turlari farqlansa, ikkinchi jihat
- «nimaga» taqlid qilish asosida etik va estetik belgilari 
ajratiladi. Uchinchi jihat - «qanday» taqlid qilish asosida 
esa Arastu adabiy turlarni farqlaydi. Unga ko‘ra, tabiatga 
taqlid: «... voqeani, Gomerga o'xshab, o'zidan tashqarida- 
gi narsadek hikoya qilish orqali; yoki shundayki, taqlid qi- 
luvchi qiyofasini o'zgartirmagan, o‘z-o‘zicha qolgan holda; 
yoki barcha tasvirlanayotgan shaxslarni harakat qilayot- 
gan, faoliyatdagi kishilar sifatida taqdim etgan holda»1 
amalga oshishi mumkin. Bir qarashda Aflotun bilan Aras- 
tuning turlarga ajratish prinsiplari aynandek ko'rinishi ta- 
biiy. Zéro, «o‘z-o‘zicha qolgan holda» (ya’ni o‘z tilidan) 
taqlid qilish bilan Aflotunning «shoir o‘zi aytgan gaplardan 
iborat» degani mohiyatan bitta narsa. Shuningdek, tasvir­
lanayotgan shaxslarni «harakat qilayotgan, faoliyatdagi 
kishilar sifatida taqdim etish» ularni o‘z tilidan gapirtirishni 
taqozo qiladi, ya’ni bu o‘rinda ham Aflotunning «to'laligicha 
taqliddan tarkib topadi» degani bilan umumiylik kuzatiladi. 
Biroq, shunga qaramay, Aflotundan farqli o'Iaroq, Aras­
tu o‘z tasnifida nutq shakli doirasida qolmaydi, haqiqat- 
da uning «qanday taqlid qilish» degani taqlidchi va taqlid 
qiiinayotgan obyekt munosabatidan kelib chiqadi.
'Аристотель. Риторика. Поэтика. - М.: Лабиринт, 2000. - С.150.
354
www.ziyouz.com kutubxonasi


Adabiy turlarni ajratishda taqlid usulini asosga qo'yish 
an’anasi, umuman, Arastu fikrlarini qariyb abadiy barqaror 
qonun o'laroq tan olish XVIII asrgacha davom etdi. Sababi, 
XVI -X V II asrlarda Arastuga ergashib o'nlab «poetika»lar, 
asarlariga sharhlar yozildi; poeziya haqida so‘z yuritgan- 
ki kishining uni tilga olishi, unga tayanishi, uning fikrlari­
ni rivojlantirishi yozilmagan qoidaga aylandi. 0 ‘sha davr 
olimlaridan biri e’tirof etganidek, Arastu so‘z san’ati «badi- 
iy mahoratga oid barcha haqiqatlarning manbai»1 sifatida 
mutlaq tan olingan. Shu bois, masalan, Yuliy Sezar Skali- 
ger, Lodoviko Kastelvetro, Antonio Minturno, La Menarder 
kabi olimlar adabiy turlar masalasini aynan Arastu ruhida 
talqin qiladilar va bunga beshak haqiqatdek qaraydilar.2
Har qanday qoliplar-u qat’iy me’yorlarni qabul qilmaslik- 
ka moyil romantizm davriga kelib esa adabiy turlar haqida- 
gi qarashlar ham taftish qilina boshladi. Jumladan, nemis 
faylasufi A.Shlegel adabiy turlarga ajralish yo‘q deguvchi 
«eng yangi nazariyachilar» fikriga qo'shilmagani holda, 
epos bilan dramani rivoya va dialog tushunchalaridan ke­
lib chiqibgina farqlashni mantiqsizlik deb hisoblaydi. Uning 
uqtirishicha, adabiy turga mansublikni belgilashda asar- 
ning shakliy xususiyatlari emas, uning ma’naviy mohiyati 
hal qiluvchi ahamiyatga egadir.3 Shuningdek, A.Shlegel 
o‘z ma’ruzalarida poeziyaning turli koYinishlari tashqi olam 
yo inson ichki olami tasvirining ustuvorlik qilishi jihatidan 
farqlanishiga ham diqqat qildi, biroq ayni jihatga u turlarni 
farqlash asosi sifatida qaramaydi.4
F.Shelling yanada ilgari bosadi: adabiy turlarni farqlash- 
da asarning shakliy xususiyatlariga ko‘z yumadi-da, fal-

Литературные манифесты западноевропейских классицистов. - С.315.
21^аранг: Куронов Д., Ра^монов Б. Гарб адабий-танкидий тафаккури тари- 
хи очерклари. -Т ош кент: Фан, 2007.

Литературные манифесты западноевропейских романтиков. - М.: МГУ,
1980.- С . 1 2 3 - 124.
4Шлегель А. Эстетика. Философия. Критика. В 2-х т. Т.2. - М.: Искусство,
1983. - С.274 - 290.
355
www.ziyouz.com kutubxonasi


safiy tushunchalarni asos qilib oladi. F.Shellingga ko‘ra, 
romantizm yuksak qadrlagan lirika 

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin