ikkinchi tomondan, hajm e’tibori bilan turlicha ko'rinishlar-
ga egaligi (kichik hikoya shaklidan to katta romangacha)
bilan xarakterlanadi. Masalan, B.Ahmedovning «Mirzo
U!ug‘bek» asari ham, X.Davronning «Bibixonim
qissasi
yoxud tugamagan doston»i ham mohiyatan esse, biroq
ular hajm e’tibori bilan keskin farqlanadi. Shuningdek,
epik janrlarning kino ta’sirida shakllangan modifikatsiyalari
-
kinoetyud, kinohikoya, kinoqissa, kinoroman
kabilar
ham adabiyot mulkida fuqarolik olishga haqii. Zéro, tas-
vir yo'sini kinodagiga monand bo‘lgani holda,
ularda ham
voqeabandlik xususiyati yetakchilik qiladi. Shu bilan birga,
ularda ham xuddi dramadagi kabi voqeaning «hozir sodir
bo‘layotganlik» illyuziyasi saqlanib qolaveradi. Yoki ayrim
manbalarda masal liro-epik janr deb ko‘rsatiladi-da, unda-
gi «qissadan chiqarilgan hissa» buning asosi o‘laroq qayd
etiladi. Ya’ni bunday talqinga ko‘ra, masaldagi voqea epik
ibtido boisa, «qissadan chiqarilgan hissa» lirik ibtido - ik-
kisining qorishiqligi liro-epiklik haqida gapirishga asosdir.
Biroq, har qanday masal asosida voqea (juda qisqa bo‘lsa
ham) yotishi e’tiborga olinsa, uni epik asar sanash to‘g‘riroq
bo'lur edi. Zéro, bu yo'ldan borilmasa, voqeaband she’rlar-
ni ham, muallif chiqargan xulosa ochiqroq ifodalangan epik
asarlarni ham liro-epik turga mansub etishga to‘g‘ri kelur
edi.
Yana bir izohtalab nuqta shuki, «doston» nomi bilan
yuritiluvchi janr lirikada ham, eposda ham, kerak bo'lsa,
dramada ham bolishi tabiiy. Shu bois adabiyotshunoslikda
«lirik doston», «epik doston», «dramatik doston» singari
janr atamalari qo'llanadi. Shunday ekan, konkret dostonni
u yoki bu turga mansub etishda o‘sha dostonning o'zidan
kelib
chiqishimiz, undagi epik va lirik unsurlar salmog'ini
asosga olishimiz zarur bo'ladi. Masalan, xalq og'zaki ijo-
didagi dostonlarning ko'pi epik doston sanalsa, Mirtemir-
ning «Surat» (muallifi «lirik qissa» desa ham), S.Zunnu-
novaning «Ruh bilan suhbat» dostonlari lirik, Oybekning
«Mahmud Torobiy», A.Oripovning «Jannatga yo‘l» asar-
375
www.ziyouz.com kutubxonasi
lari dramatik dostonlardir. Nihoyat, uchinchidan, ayrim
mutaxassislar hikoya bilan qissani eposning o‘rta
shakl-
lari sirasida koYsatadilar. Albatta, bunday qarashda ham
muayyan asos, ratsional mag‘iz borki, bunga quyiroqda
yana to'xtalamiz.
Avval aytilganidek, zamonaviy adabiyotning asosiy epik
janrlari hikoya, qissa va romandir. Hikoyaning bir tipi lati-
fa yo masal kabi hayotdan bittagina epizodni aks ettirsa,
boshqa bir tipi qahramon hayotidan (ya’ni uning uchun
ahamiyatli) bir yoki bir-biriga uzviy bog'liq (qisqa vaqt
davomida kechgan) ikki-uch voqeani qalamga oladi. Ya’ni
agar birinchi tip hikoya mohiyatan latifa va masalga (unda
voqea hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi) yaqinlashsa, ikkin-
chisida qissaga tomon siljish (unda qahramonning ahami-
yati ortadi) kuzatiladi. Tasvirlanayotgan
voqealarning yuz
berish vaqti qisqaligi bois hikoyaning hajmi kichik, syujeti
sodda, personajlari kam bo'lishini taqozo etadi. Hikoyana-
visning mahorati eng avval hikoyabop voqeani tanlay olishi
bilan belgilanadi. Zero, har qanday voqea ham hikoyabop
emas, ijtimoiy-estetik qimmatga molik voqeani tanlay bilish
lozim. Chunki hikoyada xarakterning ayrim chizgilarigina
namoyon bo'ladi, shu bois voqeaning o‘zi (mas., «Anor»,
«Bemor», «Dahshat») ahamiyatli mazmun-mohiyatni
namoyon etish uchun yaroqli bolishi lozim.
Mutaxassislar
hikoyaning ikki tipini farqlashadi: ularning birida ocherklilik
(tavsifiy-rivoyaviy), ikkinchisida novellistiklik (konfliktli-ri-
voyaviy) xususiyati ustuvorlik qiladi. Adabiyotshunoslik-
da bularning birinchisini
Dostları ilə paylaş: