Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

(ishqiy lirika, falsafiy lirika, siyosiy lirika
qabilida) 
tasniflash ham ommalasha boshladi. Olz vaqtida I.Sul­
tan buni asosli tanqid qilgan: «She’riy mahsulotni shartli 
ravishda «siyosiy lirika», «ishqiy (intim) lirika» va shunga 
o'xshaganlarga ajratish ham uchraydiki, buni ilmiy asos- 
ga ega deb hisoblash qiyin».2 Chunki, olimning yozishi- 
cha, mashhur « 0 ‘rik gullaganda» she’ri, «odatda «tabiat 
lirikasi» deb atalsa ham, o‘zining vatanparvarlik mazmuni 
jihatidan» shoYo adabiyotidagi «siyosiy lirika»ning etaloni 
deb talqin qiluvchi asarlardan «prinsipial farq qilmaydi».3
1 EoôoeB T. AflaSMëTUjyHocnnK acocnapu... - B.503.
2 M33ar CyriTOH. AflaSuëT 
Hasapuncu... 
- 5.266.
3Shu joyda
391
www.ziyouz.com kutubxonasi


Darhaqiqat, mazmunning o‘zi janrni belgilovchi asos bo‘la 
olmaydi, boz ustiga, bunday yondashuvda janr mohiyati 
buzib tushunilgan bo'lib chiqadi. Zero, janr - eng avval 
shakl hodisasi, muayyan mazmun tipini shakllantirish va 
ifodalashga xizmat qiluvchi shakl hodisasidir.
Aytilganlardan anglashiladiki, she’riyat taraqqiyotining 
hozirgi - «poetik qolip u qadar sezilmaydigan», ijodiy izla- 
nishlar va yangllanish jarayonlari g'oyat shiddatll va tig'iz 
kechib turgan bosqichida lirik asarlarni janrlarga ajratish 
g‘oyat murakkab muammoga ayiangan. Hozirgi she’ri- 
yatda janrlarning nihoyatda xilma-xil ekanligi ularni o‘rga- 
nishda tavsiflashdan nariga o'tish amrimaholdek taassurot 
qoldiradi. Zero, bugungi she’riyatda mumtoz she’riyatimiz- 
da faol ishlatilgan ayrim janrlar (g'azal, ruboiy, qasida va 
b.) ham, xorijiy adabiyotlardan o‘zlashgan turg‘un she’riy 
shakllar (sonet, rondo, tanka, xokku va b.) ham, goh esa 
xalq og‘zaki ijodiga xos lirik janrlar (yor-yor, aytishuv, alia 
kabi) ham qo'llanaveradi. Buning ustiga, adabiyotshunos- 
lik faqat hozirgi adabiyotni o‘rganish bilan cheklanmaydi,
u, ayniqsa, nazariy masalalarni o'rganish va xulosalar chi- 
qarish jarayonida ham o‘tmish adabiyoti, ham umuman ja- 
hon adabiyoti materialiga tayanadi.
Shuni nazarda tutgan holda o‘zbek she’riyatida shu 
paytgacha qollangan lirik janrlarni, bizningcha, quyidagi- 
cha tasniflash mumkin:
1) shakl xususiyatlari (bandning tuzilishi, qofiyalanish 
tartibi, vazn xususiyatlari va b.)ga ko‘ra ajratiluvchi janrlar: 
g'azal, mustahzod, tuyuq, ruboiy, tarje’band, tarkibband, 
musammatlar;
2) anjumanga mo'ljallangan janrlar: nazira, badiha, 
muammo, chiston (lug'z);
3) xalq og'zaki ijodi janrlari (va xalq yo'lidagi stilizatsi- 
yalar): qo‘shiq, alia, aytishuv; baxshiyona va sh.k.;
4) xorijiy adabiyotiardan o‘zlashgan janrlar: sonet, xok­
ku, tanka, oktava, epigramma, epitafiya va b.;
392
www.ziyouz.com kutubxonasi


5) 
individual ijodiy eksperiment tarzida maydonga kel- 
gan janrlar: qayirma (A.Suyun), ignabarg, uchchanoq 
(A.Obidjon), fiqra (F.Afro'z) va b.
Avvalo, bu íasnifning mukammaiiik da’vosidan yiroq 
ekanini aytish lozim. Zero, «janrlar (adabiy turlardan farq- 
li o'laroq) tizimga solish va íasniflashga qiyinlik bilan bo‘y 
beradi, bunga o'rlik bilan qarshi íuradi».1
Ikkinchidan, mazkur íasnifdagi janrlarning aksariyati 
zamondosh shoirlarimiz tomonidan, passiv bo'lsa ham, 
qollanadi. Biroq, tabiiyki, hozirgi she’riyaí uchun ularning 
ayrimlari an’anaviy, boshqa birlari o'zlashma, tag‘in biriari 
esa hali ijodiy tajriba qozonida qaynab turibdi. 0 ‘z-o‘zidan 
savol tug'iladi: hozirgi she’riyatning «o‘z» janrlari ham 
bormi?
Í.Sulton mumtoz she’riyatimiz janrlariga ío'xtalgach, 
ular «hozirgi zamon poeziyasida uchrasa ham, poeíik 
mahsulotni bunday xillarga bolish rasm emas» deydi. 
Olimñing uqíirishicha, «... she’riy shaklda yozilgan har 
qanday asar she’r nomi bilan ataladi. Har bir lirika asari 
dastavvai she’rdir, undan keyin ma’lum birjanrga (g'azal, 
ruboiy, doston, poema, qo'shiq va hokazolarga) mansub 
asardir».2 E’tibor berilsa, I.Sulton aytgan «she’r» so'zi uni­
versal ma’no kasb etayotirki, bu hozirgi she’riyatda yago- 
na - «lirik she’r» nomli janr mavjud degan qarashni es- 
latadi. Umuman, «poetik qolip sezilmaydigan» bo'lgach, 
«janrlar saqlanib qoladimi yoki yo'qolib ketadimi?» savoli 
qo‘yilishi tabiiy. Ikki jildli «Adabiyot nazariyasi»da ham shu 
savol qo‘yügan-da, yo‘q, «she’riyatimizda hozir ham ayrim 
janrlar yashab turibdi» deya javob berilgan. Ayni chog'da, 
«Lirikamizning bugungi janr qiyofasini ko'proq qandaydir 
qorishiq, eski, «sof janr» talablaridan xoli, «universal», sin- 
tetik she’riy shakl belgüamoqda»3 deb ta’kidlanadi.
1 Хализев B.E. Теория литературы... - С.358.
2Иззат Султон. Адабиёт назарияси... - Б.266.
3 Адабиёт назарияси. 2 томлик. 2-т. - Тошкент: Фан, 1979. - Б.267.
393
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ko'rib turganimizdek, keltirilgan fikrlar bitta nuqtada 
tutashadi: ikkisida ham zamonaviy she’riyatdagi janrni 
universallik, sintetiklik tushunchalari bilan bog'liq talqin 
qilinmoqda. Shunga qaramay, ularda bitta muhim farq 
ham ko'rinadi: I.Sulton talqini «

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin