Yuqorida aytilganidek,
lirik qahramon
o'rnida
lirik sub-
yekt
termini ham qollanadi. Holbuki,
ilmiy muomalada
uiarning farqiangani maqsadga muvofiq bo‘iadi. Saba-
bi,
lirik subyekt
deganda she’rda tasvirlangan kechinma
egasi tushuniladi va u
lirik obyekt
(ya’ni lirik mushohada,
lirik kechinma obyekti) tushunchasi bilan oppozitsiya ho-
sil qiladi. Ya’ni lirik subyekt umumiy tushuncha bo‘lsa,
li
rik «men», ijroviy lirika qahramoni
va
lirik personaj
uning
xususiy ko‘rinishlaridir. Lirik qahramon bu siraga kirmay-
di, u muayyan shoirning lirik ijodi (yoki biron-bir she’riy
turkumi) bag'ridan o‘sib chiquvchi va malum darajada
tasavvur qilish mumkin bolgan shaxs obrazini anglatadi.
Shoir ijodi yoki poetik turkum doirasida lirik qahramon bir
qadar butunlik (o‘zini o'ylatgan mavzu-muammolari doira-
si, o‘y-qarashlar birligi, barqaror ruhiy-psixologik belgilari,
biografik chizgilari bilan)
kasb etishi, alohida bir SHAXS
(qalb)ni tasavvur ettira olishi iozim. E’tibor berilsa, maz-
kur tafqindagi lirik qahramon ma’lum darajada obyektivlik
kasb etishini sezish qiyin emaski, shuning o'ziyoq uning
lirik subyekt tushunchasidan tashqarida ekaniga dalo-
latdir.
Shunga qaramay, qulayligi yo «quloqqa yaqin»ligi
sabablimi, lirik qahramon istilohini umuman lirik subyekt
ma’nosida qollash hozirda ko'proq ommalashdi.
Lirik qahramon bilan shoir - muallif munosabati masa-
lasi hanuz bahsliligicha qolmoqda. Bu masalada ko‘p-
chilik e’tirof etgan qarash shuki, uiarning orasiga tenglik
aiomati qo'yib bolmaydi. Ayni chog'da, lirik qahramonni
shoirdan mutlaqo boshqa hodisa
sifatida tushunish ham
to‘g‘ri emas: u shoir shaxsi bilan bogliqlikda idrok etiladi.
Shunday bolganda ham, lirik qahramon shoirning aynan
o‘zi emas: u «men»dan yaratilgan boshqa bir «men»dirki,
shuning uchun ko'pincha lirik qahramon va shoir munosa
bati prototip va xarakter munosabatiga qiyosan tushun-
tiriladi. Ya’ni lirik qahramon bilan shoirni bir-biridan butkul
ajratish ham, tamom qo'shib yuborish ham mumkin emas,
385
www.ziyouz.com kutubxonasi
ular «ajralmas qo‘shilmaslik»dir. Zero, lirik qahramon epos
yoki dramadagi xarakter
singari obyektga aylanmaydi, u
voqelikka nisbatan ham, o'ziga nisbatan ham hamisha
subyektligicha qoladi.
Mazkur masalaga mufassal to'xtalayotganimiz bejiz
emas. Gap shundaki, hozirda lirikaning subyektiv tashkil-
lanishi - she’rdagi kechinma egasiga ko'ra,
shuningdek,
kechinma obyekti nuqtayi nazaridan tavsiflanuvchi ko'ri-
nishiari ajratiiadi. Ushbu tasnif tamoyillarining birinchisi,
ya’ni lirik kechinma egasiga ko‘ra: 1)
Dostları ilə paylaş: