Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

tragik pafos
bilan, komediya 
satirik yoki yumoristik pafos
bilan, drama 
dramatik pafos
bilan yo‘g‘rilgan bo‘ladi. Pafos 
atamasini qo'llashda muayyan darajada ma’no turlichaligi 
kuzatilishi sababli biz uning o'rniga «asosiy estetik belgi» 
istilohini qo‘llashni ma’qul ko'ramiz.
Tragediya qadim zamonlardayoq shakllangan drama­
tik janr bo'lib, genetik jihatdan ma’bud Dionisning o'limi 
va qayta tirilishi munosabati bilan ijro etilgan marosim 
qo'shiqlari asosida vujudga kelgan. Janr nomi ham shu 
bilan bog'liq izohlanadi: tragediya (yun. 
tragoidia)
termini 
so‘zma-so‘z tarjimada «echki qo‘shig‘i» («taka qo‘shig‘i»)1

Aslida, «taka qo'shig'i» deyilsa to'g'riroq bo'ladi, biroq ilmiy muomala va o'quv 
amaliyotida «echki qo‘shig‘i» kengroq ommalashgani uchun shu holda qoldirgan 
durust ko'rindi.
405
www.ziyouz.com kutubxonasi


ma’nosini beradi. Zero, u ikkita: «tragos» - «taka» va 
«oide» - «qo'shiq» so'zlaridan tarkiblangan. Qadimgi yu- 
nonlar may va shodlik ma’budi Dionis sharafiga har yili bir 
necha martalab marosimlar o'tkazishgan. Bu marosim- 
larda 
satirlar xori
tomonidan qo‘shiqlar ijro etilgan. Yunon 
mifologiyasida satiriar - hosildorlik ilohlari, ular echki tu- 
yoqli, echki soqolli, echki kabi shoxdor odam suratida 
tasvirlangan, hamisha xushchaqchaq kun kechiradigan, 
quvligi bilan odamlarni ko'pincha chuv tushiradigan max- 
luqlar sifatida tasavvur qilingan. Ko'rinib turibdiki, satirlar 
tabiatan Dionisga juda yaqin, ya’ni antik yunonlarning ular- 
ni Dionisning doimiy hamrohlari o‘laroq tasavvur qilganlari 
bejiz emas. Shu sababli Dionis sharafiga o'tkazilgan ma- 
rosimda xor a’zolari sahnaga echki terisini yopinib, soqol 
va tuyoqni ham o'xshatib chiqishgan. Keyinchalik ayni 
marosim qo'shiqlari asosida shakllangan tragediya nomi­
ni o‘ziga meros qilib oigan. Ta’kidlash kerak, bu so'zning 
kelib chiqishi haqida yagona qarash emas, bundan bosh- 
qa talqinlar ham bor. Sababi, yasalish motivatsiyasi antik 
davrlardayoq unutilgan. Ayni chog‘da, yuqoridagi talqin 
Arastu aytgan gaplarga tayanishini e’tiborga olib haqiqat- 
ga yaqinrog‘i deb qabul qilinishi mumkin.
Antik tragediya nazariyasi Arastu tomonidan mukammal 
tarzda ishlab chiqilgan. Muhimi, «Poetika»ning bizgacha 
ko’proq shu masalaga bag'ishlangan boblari yetib kelgan. 
Arastuga ko‘ra, har bir tragediyada olti uzv (unsur, qism) 
bo'lishi zarurki, bular: fabula, xarakterlar, aqlga rostlik, 
sahna vaziyati, lisoniy ifoda va musiqiy kompozitsiya. Fay- 
lasuf tartibi bilan bularning har biriga to'xtaladi. Jumladan, 
tragediya qism (uzv)lari ichida «eng muhimi - voqealar 
tarkibi, negaki, tragediya insonlarga emas, balki voqea va 
hayotga - baxt va baxtsizlikka taqliddir, baxt va baxtsizlik 
esa voqeada tajassum topadi; tragediyaning maqsadi ham 
biron-bir voqeani tasvirlash - qaysidir bir sifatni emas; 
odamlar esa xarakterga ko‘ragina 
qandaydk
(ya’ni u yoki
406
www.ziyouz.com kutubxonasi


bu sifatga ega - D.Q.) bolishadi, voqeaga ko‘ra esa baxt- 
li yo baxtsiz».1 E’tibor berilsa, Arastu tragediyada voqea 
tragediyabop
bolishi lozimligini uqtirayotganini sezish qi- 
yin emas. Uning uqtirishicha, tragediyabop voqea «muhim 
va tugallangan» boladi. Ikkinchi tartibda xarakterni qayd 
etarkan, Arastu voqeaga taqlid mohiyatan uni harakatga 
keltiruvchilar - personajlarga ham taqlid ekanini ta’kidlay- 
di. Tabiiyki, bu holda xarakterlarning «muhim voqea»ga 
mos bolishi taqozo etiladi, ya’ni tragediya duch kelgan 
odamni emas, «eng yaxshi odamlarni tasvirlaydi».2 Arastu 
talqinida xarakter- iroda yo‘nalishining zuhuroti, shu bois 
so'zlovchi nimani ma’qullashi-yu nimadan nariroq bolishni 
istayotganini anglatmagan gaplar xarakterni tasvirlamaydi 
deb biladi. Uchinchi tartibda sanalgan 

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin