2) hikoya qilinayotgan voqeaning yuz berish vaqti bilan hi~
koya qilinish vaqtining bir-biriga mosligi; 3) «sahnaviylik»
- o‘quvchi nazdida, hayot sahnasida kechayotgan voqeani
tomosha qilayotganlik illyuziyasining yuzaga keltiriîishi;
4) syujetning shiddaili rivojlanishi-yu kutilmagan burilish-
larga egaligi. Adabiyoiimizda novellaning ilk namunasi
sifatida,
bizningcha, Cho'lponning «Oydin kechalarda»
asarini ko'rsatish to'g'ri bo'ladi. Keyinroq esa A.Qahhor,
S.Ahmad, Sh.Xolmirzayev kabi adiblar ijodida ushbu janr-
ning go‘za! va betakror namunalari yaratildi.
Qissa janri dastlab xalq og'zaki ijodida shakllangan.
Qahramon hayoti va sarguzashtiarini qiziqarli hikoya qi-
luvchi asarlar
{mas,:
«Ibrohim Adham qissasi», «Qissayi
Mashrab», «Zufunun qissasi») elda juda mashhur bo'lgan.
Avvaliga qissalar ham ijro qilingan, keyinchalik ularning
bir qismi sqtidorli kishilar (ko'plarining ismi noma’lum) to-
monidan adabiy qayta ishlanib, kitobat qilingan:
qissalar
endi
xalq kitoblari
sifatida yashay boshlagan. Shuningdek,
janrning shakllanishi va takomilida payg'ambarlar haqidagi
qissalar ham g‘oyat muhim ahamiyat kasb etganini alohida
ta’kidlash kerak. XX asrga kelib o'zbek adabiyotida yangi
tipdagi qissa shakilandi: Hamzaning «milliy ro'mon» un-
voni bilan chop qilingan «Yangi saodat»i, Cho'lpon janrini
«xayoliy hikoya» deb belgilagan «Do‘xtur Muhammadi-
yor» - ikkisi ham zamonaviy qissaning adabiyotimizdagi
ilk namunalari sanalishi mumkin. Xullas, bu asarlarning
barini umumlashtiradigan asosiy jihat - diqqat markazida
qahramon turishi. Shu xususiyati bois «qissa» so‘zi
ilgari
hamma vaqt qahramon ismi bilan birga qo‘llangan, «qis
sa» so‘zi qahramon ismi bilan assotsiatsiyalangan. Natija-
da bu so‘z «kimdir birovning hayotidan hikoya» ma’nosini
anglatadi, ya’ni mohiyatan janrning asosiy belgisini atay-
di. Albatta, janr muttasil rivojlanish-o‘zgarishda yashaydi,
biroq uni belgilovchi javhar-xususiyat haqida bunday deb
bo‘lmaydi.
377
www.ziyouz.com kutubxonasi
Mazkur qonuniyatni nazarda tutmagan holda, balki yan-
gi tipdagi qissani farqlash maqsadi ham bo'lgandir, sho'ro
davriga kelib qissa o'rnida «povest» istilohini qo'llash keng
ommalashdi. Natija shu bo'ldiki, bu ikki termin hanuz si-
nonim sifatida, goh esa boshqa-boshqa janr nomlari si-
fatida ham ishlatiladi. Holbuki, qissa bilan povestni bosh-
qa-boshqa janrlar deya talqin qilishga asos yetarli emas,
sinonim sifatida qo'llashga esa zarurat yo‘q: «qissa» isti-
lohining o‘zi kifoya qiladi. Qissaning poetik qurilishi ham
maqsadga - qahramonga qaratilgani bilan belgilanadi.
Jumladan, qissa syujetidagi barcha voqealar qahramon
atrofida
uyushtiriladi, ya’ni syujet romanniki kabi ko‘p tar-
moqli emas. Darvoqe, o‘z vaqtida Belinskiy «povest ham
romanning o'zginasi, faqat hajmi kichikroq»1 degan. Yoki
G'arbda qissa (povest) o'midagi alohida janr ajratilmasli-
gi ham ma’lum. Shunaqa ekan, qissani alohida janr sifa
tida tasniflashga zarurat bormi? Albatta, bor. Zero, bizda
qissaga alohida janr deb qaralishi shunchaki, masalan,
rus adabiyotshunosligining ta’siri emas. Yuqorida ko'rdik,
adabiyotimizda qissa epos taraqqiyotining tabiiy hosilasi
o'laroq vujudga kelgan,
hodisa mavjud ekan, u haqdagi
tushuncha ham, uni anglatuvchi istiloh ham zarur. Ikkin-
chi yoqdan, «hikoya - qissa - roman» uchligi epik janr
lar tizimining umurtqasi - yadrosi deyish mumkin. Uchlik
markazida joylashgan qissa g'oyaviy-badiiy jihatlari bilan
hikoya tomon ham, roman tomon ham siljiy oladi. Masalan,
«Muqaddas» (O.Yoqubov), «Chollardan biri» (M.Muham
mad Do‘st), «Hali hayot bor» (A.A’zam) kabi qissalarda
hikoya bilan qondoshlik belgilari saqlansa, «Galatepaga
qaytish» (M.Muhammad Do'st), «Guli-guli» (E.A’zam),
«Yozning yolg'iz yodgori» (X.Sultonov)
kabi qissaiarning
romanga bo'ylashayotgani sezilib turadi.
1 Белинский В.Г. Полное собрание сочинений. Т.5. - М., 1954. - С.42.
378
www.ziyouz.com kutubxonasi
Román haqida so‘z borganda, odatda, uning hajman
kattaligi, hayotni keng kolamda tasvirlashi, qahramon ha-
yotidan katta davrni olib, turli ijtimoiy munosabatlar bilan
bog'lab talqin qilishi, ko‘plab va turfa
kishilar taqdirlari orqali
jamiyatning joriy holatini aks ettira olishi, murakkab va ko‘p
chiziqli syujetga ega bo'üshi kabi janr xususiyatlari qayd
etiladi. To‘g‘ri, bular aksariyat romanlarga xos, lekin janrni
shularning o‘zi bilangina belgilash kamlik qiiadi. Sababi,
hajmi qissadan uncha farq qilmaydigan yoki qisqa vaqt
davomida kechuvchi voqealar qalamga olingan romanlar
ham, bitta shaxs taqdiridan bahs etuvchi yoki bitta syujet
chizig'iga ega romanlar ham bor.
Shu sababli romanning
belgilovchi xususiyatlari deb yana
Dostları ilə paylaş: