Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

romaniy problema, ro-
maniy qahramon
va 
romaniy tafakkur
ham ko'rsatiladi. Bu 
tushunchalar bir-biriga uzviy bog'liq, bir-birini taqozo etadi. 
Román inson taqdiri, uning jamiyat bilan munosabatining 
badiiy tadqiqi orqali olam-u odam mohiyatini anglashga 
intiladiki, shu 
romaniy problema
deyiladi. Dunyoning yax- 
litligi va mavjudlikning tub mohiyatini anglash román prob- 
lemasi bo‘lsa, qahramonning dunyo bilan ziddiyati o‘sha 
muammoni hal qilish vositasidir (G.Lukach). Shu bois 
ham qahramon taqdiri va egallagan mavqeyi uning o'ziga 
nomuvofiqligi, M.Baxtin aytganidek, romanning markaziy 
mavzu-muammosi bolib keladi. Sababi, 
romaniy proble-
maning badiiy idroki uchun qahramon ham shunga mos, 
ya’ni jamiyatda yashagani holda o'zining individ ekani- 
ni teran idrok etadigan, muhit bilan ziddiyatga kirishgan 
shaxs bolishi lozim. Romanning klassik tushunchadagi, 
ya’ni «burjua eposi» (Gegel), «yangi davr eposi» (Belins- 
kiy) sifatidagi ko'rinishi shaxsning jamiyatdagi maqomi 
o‘zgargan, u o'zini o‘z holicha butun bir olam olaroq idrok 
eta boshlagachgina shakllangani shu bilan izohlanadi.
Román asosida yotgan shaxsning turfa ziddiyatlari 
uning voqelik bilan bir butunlik hissini - epik butunlikni 
yo'qotishi natijasida yuzaga kelgan. F.Sheiling román vo-
379
www.ziyouz.com kutubxonasi


qeani eposdan, taqdirni dramadan oladi deganida shuni 
nazarda tutadi. Aslida, epik butunlikni tiklash payidagi 
shaxs - ijodkorning o‘zi, qahramonning tashqi olam bilan 
to'qnashuvlari (keng ma’noda shaxs dramasi) esa shuning 
vositasi. Bundan ikkita xulosa kelib chiqadi: 
birmchidan,
roman - hayot yo'lida chigal muammolarga duch kelgan 
ijodkorning «ziddiyatli holatni adabiy yo‘l bilan yechishga 
urinishi» (A.Priyeto); 
ikkinchidan
, har qancha epik dega- 
nimiz bilan, unda subyektiv ibtido ham g'oyat salmoqli 
(ya’ni romanni sintetik tur deguvchilarda ma’lum asos yo‘q 
emas). Nihoyat, 
romaniy problema
ni shunga mos 
qahra­
mon
vositasida idrok etish jarayonida jamiyatning joriy ho- 
lati, olam-u odam haqidagi yaxlit bir konsepsiya - badiiy 
falsafa shakllanadiki, bu 
romaniy tafakkur
mahsulidir.
Mazkur xususiyatlarni barcha romanlardan izlash, ular- 
ni qat’iy qoida deb tushunish to‘g‘ri bo'lmaydi. Negaki, janr­
ning asrlar davomidagi takomil yo'lida turli xil va ko'rinish- 
lari vujudga kelgan, roman «shakllanayotgan va hali tayyor 
bo‘lmagan yagona janr»1 sifatida mudom o'zgarishda ya- 
shaydi. Har bir davrning badiiy-estetik talab-ehtiyojlari ro- 
manga ma’lum o'zgarishlar kiritadi. O'tgan davr mobayni- 
da romanning turli (ritsarlik romani, tarbiya romani, gotik 
roman, sarguzasht-detektiv, ijtimoiy-psixologik, tarixiy- 
biografik, satirik va b.) janr ko‘rinishlari yaratildi. Xullas, 
roman har bir davrning estetik didi va ma’naviy-ruhiy ehti- 
yojlariga moslashib, adabiyotdagi yangiliklarni zudlik bilan 
o'ziga singdirgan holda mudom shakllanishda yashovchi 
janrdir. Shuning uchun roman masalasiga yondashishda 
eng avval «roman» istilohi qaysi ma’noda qo'llanayotgani- 
ni aniqlab olmoq zarur. Hozirda roman istilohi «epik tur jan- 
ri» ma’nosida ham, «katta hajmli voqeaband asar» ma’no- 
sida ham ishlatilmoqda. Holbuki, roman deb yuritilayotgan 
asarlar bir-biridan farqlanadi. Shunga ko‘ra, istiloh «janr»
1 Бахтин M.M. Вопросы литературы и эстетики. - М., 1975. - С.447.
380
www.ziyouz.com kutubxonasi


ma’nosida qollanganida, yuqorida ta’riflangan eposning 
vorisi bo‘lmish klassik tushunchadagi romanning nazarda 
tutilgani maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin