Epik
für va luning janrlari
I
Epfk turning o‘ziga xos spetsifik xususiyatlari. Rivoya
eposning o ‘zagi sifatida. Epik tur janrlari, janrlarga ajra-
tish prinsiplari. Eposning asosiy janrlari.
Epik turning spetsifik xususiyatlari haqida gap ketgan-
da eng avval voqeabandlik tilga olinadi. Darhaqiqat, epik
asarda makon va zamonda kechuvchi voqea-hodisalar
tasvirlanadi, so‘z vositasida o'quvchi tasavvurida reallik
kartinalariga monand jonlana oladigan tolaqonii badiiy
voqelik yaratiladi. Tasavvurda reallikdagiga monand, o‘zi-
ning tashqi shakli bilan jonlangani uchun ham epik asarda-
gi badiiy voqelik «plastik tasvirlangan» deya tavsiflanadi.
Epik asarda plastik elementlar bilan bir qatorda noplastik
elementlar ham mavjud bo'lib, ular muallif obrazini tasav-
vur qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Epik asarning
noplastik elementlari deyilganda muallif mushohadalari,
o ‘y-fikrlari,
tasvir predmetiga hissiy munosabati kabilar
tushuniladi. Tabiiyki, noplastik unsurlar, plastik unsurlar-
369
www.ziyouz.com kutubxonasi
dan farqli o'laroq, asarni o'qish davomida o'quvchi tasav-
vurida gavdalanmaydi. Epik asarda obyektiv va subyektiv
ibtidolarning uyg'un birikishi kuzatiladi: asar badiiy voqeli-
gini shartli ravishda obyektiv ibtido desak, asar to'qimasi-
ning har bir nuqtasiga singdirib yuborilgan muallif shaxsi-
ni subyektiv ibtido deb yuritamiz. Badiiy voqelikni shartli
ravishdagina «obyektiv» ibtido deyishimizga sabab u re-
allikdan oiingan oddiygina nusxa emas, balki voqelikning
ijodkor ko'zi bilan ko‘rilgan, ideal asosida idrok etilgan, ba-
holangan va ijodiy qayta ishlangan aksi ekanligidir. Shun-
day ekan, muallif obrazi hatto «obyektiv tasvir» yolidan
og'ishmay borilib, yozuvchi imkon qadar o‘zin¡ chetga oi
gan asarlarda ham muqarrar mavjuddir. Zero, bu - epik
turning belgilovchi xususiyati, epik asarda obyekt (badiiy
voqelik) bilan subyekt (muallif obrazi)ning qorishiq obrazi
yaratiladi.
Epik asarlarda rivoya, tavsif, dialogning qorishiq holda
kelishi taqozo qilinadi, zero, ularning bari birlikda o‘quvchi
tasavvurida badiiy voqelikni plastik jonlantirishga xizmat
qiladi. Shu bilan birga, eposda rivoya an’anaviy ravishda
yetakchi o'rinni egallaydi, uning vositasida asarga dialog
hamda tafsilotlar (peyzaj, portret, narsa-buyumlar va b.)
olib kiriladi. Rivoya bu unsurlarning barini yaxlit butunlikka
birlashtiradi. Shu jihatdan qaralsa, hatto, Uorren va Uellek
ta’rificha, «obyektiv bo'lishga va pyesa-hikoya sifatida de-
yarli to‘lig‘icha dialoglashishga harakat qilayotgan (masa-
lan, Xemingueyning «Qotillar»i) Amerika novellasi»1 ham,
shubhasiz, epik turga mansubdir. Negaki, unda - mayli,
juda oz, minimumga keltirilgan bo'lsin - voqea kechayot-
gan makon, zamon va dialog jarayoniga oid tafsilotlar roviy
tilidan beriladi. Ya’ni, dramadagidan farqli olaroq, bundagi
roviy tilidan berilgan tafsilotlar yondosh matn (ramka kom-
ponentlari)ga emas, balki asosiy matnga daxldordir. Shu
’ Уоррен Р., Уаплек О. Теория литературы. - М.: Прогресс, 1978. - С.245.
370
www.ziyouz.com kutubxonasi
bois ham roviy ishtiroki haminqadar ko‘rinsa-da, baribir,
rivoya o'zining uyushtiruvchilik maqomida qolaveradi.
Epik turning takomili jarayonida undagi rivoyaning sal-
mog'i kamayib borishi kuzatiladi. Masalan, xalq og'zaki ijo-
didagi ertakiar, hikoyat va rivoyatlarda rivoyaning salmog'i
katta bo'lgani holda, dialog nihoyatda kam, tafsilotlar esa
badiiy voqelikni to'laqonli gavdalantirish uchun ko'pincha
yetarli bo'lmaydi. Rivojlanish jarayonida eposda keyingi ikki
unsurning salmog'i va ahamiyati ortib boradi. Bu hoi badi
iy adabiyotning boshqa san’at turlari bilan aloqasi, ularga
xos usul va vositalarni o'ziga singdirishi natijasidagi tasvir
va ifoda imkoniyatlarining kengayishi sifatida tushunilishi
mumkin. Masalan, dramaturgiya va teatrning rivojlani-
shi natijasida inson xarakterini yaratishning dramaturgik
usullari ishlab chiqildi, sayqallandi; teatr san’atining rivoji
esa o'quvchi ommani dramaturgik usulda yaratilgan inson
xarakterini anglashga, dialoglar vositasida yaratilayotgan
badiiy voqelikning mohiyatini tushunishga tayyorladi, ya’ni
badiiy didni rivojlantirdi. Shu asosda eposga dramatik un-
surlar kirib keldi. Epik asardagi dialog dramatik asardagi
dialogdan o'zining hayotiyligi, ma’no kolamining kengligi
bilan ajralib turadi. Buning asosi shundaki, epik asarda di
alog amalga oshayotgan konkret hayotiy situatsiya, unda
qatnashayotgan personajlarning ruhiy holati, xarakter xu-
susiyatlari haqida kengroq tasavvur berish imkoniyatlari
mavjud. Ya’ni personajning dialogda aytilayotgan har bir
gapi butun asar kontekstida tushunilishi mumkin.
Yuqoridagilar eposning o'zida lirika va dramaga xos
xususiyatlarni uyg'un holda namoyon etishi, uning sinte-
tik tabiati haqida bungacha aytilgan fikrlarni yana bir karra
dalillaydi. Shu bilan birga, ayni shu jihat epik asarlarni janr-
larga ajratishda muayyan qiyinchiliklar tug'dirishini ham
ta’kidlash joiz. Zero, qorishiqlik hamisha qaysi jihat sal-
moqliroq degan savolni yuzaga keltiradiki, unga ko'p hol-
lardaturlichajavob berish imkoni saqlanib qoladi. Masalan,
371
www.ziyouz.com kutubxonasi
avvalroq eslatganimiz «pyesa-hikoya»da kimdir dramatik
unsurlar salmoqli ekanini asos qilsa, boshqa birov qaysi
jihat belgilovchi, ya’ni qaysi jihat asar strukturasini belgi-
layotganidan kelib chiqadi. Yuqorida ko'rganingizdek, biz
keyingi yo'lni tutdik.
Epik asarlarni janrlarga ajratish prinsiplari masalasi-
da adabiyotshunoslikda hanuz yakdil to'xtamga kelingan
emas. Shu bois ham bunda bir qator xususiyatlarni e’tibor-
ga oiish zarur boladi. Eposni janriarga ajratishda, odatda,
eng avval epik asarlarda hayot (voqelik)ning badiiy qam-
rov ko'lami turlicha bo'lishidan kelib chiqiladi. Masalan,
muayyan epik asar hayotdan (yoki qahramon hayotidan)
birgina epizodni (
Dostları ilə paylaş: |