Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

avtopsixologik lirika]
2) 
ijroviy lirika;
3) 
personajli lirika
farqlanadi.
Avtopsixologik lirika deganda lirik qahramon bilan shoir 
shaxsiyati mos tushgandek ko'rinadigan, aniqrog'i, ikka- 
lasi bir-biriga yaqin bo'lgan she’rlar tushuniladi. Bunday 
she’rlarda shoir «men» tilidan gapiradi, ko'proq o‘z qalbi- 
ga murojaat etadi, o‘z-o‘zini, ko‘nglidagini ifodalaydi. Ya’ni 
agar avtopsixologik lirikaga mansublik uchun shoir shax­
siyati va lirik qahramon orasidagi yaqinlik (aynan moslik 
emas)ni kifoya deb qarasak, u holda lirik asarlarning ak- 
sariyati avtopsixologik xarakterga egaligi ma’lum bo'ladi.
Avtopsixologik lirikaning ziddi o'Iaroq, shoir shaxsiya­
ti bilan lirik qahramonning mos tushmasligi ochiq ko'rinib 
turgan she’rlar 
ijroviy lirika
deb ataladi. Bu xil she’rlarni 
ijroviy lirika deb nomlayotganimiz sababi shuki, ular- 
da shoir o‘zga shaxs ruhiyatiga kiradi, go‘yo uning rolini 
o'ynaydi va asarda uning qaibini suratlantiradi. Ya’ni ijroviy 
lirikada ham kechinma «men» tilidan izhor qilinadi, biroq 
bu «men» endi shoirdan mutlaqo boshqa, kechinma sub- 
yekti endi tamom «o‘zga» shaxsdir. Odatda, ijroviy xarak- 
terdagi she’rlarning sarlavhasi, sarlavha ostidagi izohi, 
epigrafi yoki asosiy matnning o‘zida kechinma egasiga 
ishora mavjud. Masalan, Cho'lponning «Xizmatchi bola 
qo‘shig‘i» hamda «Qadoqchi qo‘shig‘i» she’rlarining sar- 
lavhasiyoq ularda kechinma egasi «o‘zga shaxs» ekanli- 
gini anglatadi. Bunga qo‘shimcha o'Iaroq, sarlavha ostida
386
www.ziyouz.com kutubxonasi


birinchi she’rga «Tort na’rangni, Xitoy!» pyesasida o'zini 
oldirayotgan xizmatchi bola aytadi» deb, ikkinchisiga esa 
«Hujum» pyesasida qashqarlik qadoqchi kuylaydi» deb 
izoh berilgan. 0 ‘tgan asrning 20 - 30-yillarida «Qo‘shchi 
qo‘shig‘i», «Kolxozchi qiz qo‘shig‘i», «Suvchi qo‘shig‘i» 
qabilidagi she’rlar keng tarqaldi va, tabiiyki, ular ko'proq 
hukmron mafkura, yangicha turmush tarzi targ'ibiga xiz- 
mat qildi. 60-yillardan boshlab esa ijroviy lirikaning aso- 
siy qahramonlari tarixiy shaxslar bo'lib qoldi. Shoirlarimiz 
mavjudlikning mangu muammolari, millat va yurt taqdiri 
masalalari, jamiyatning joriy holatini ajdodlar ko‘zi bilan 
ko'rish, baholashga intildilar. X.Davronning «To'marisning 
ko'zlari» she’riy to'plami, U.Azimning «Tushlaringizga ki- 
radigan ko'zlar» turkumi aksar shunday she’rlardan tarkib 
topgan bo‘lib, ular milliy o'zlikni anglash jarayonida muhim 
ahamiyat kasb etdi.
Nihoyat, personajli lirika avtopsixologik va ijroviy lirikaga 
xos xùsusiyatlarni o'zida uyg'un mujassamlashtiradi, unda 
lirik kechinma ham lirik «men» (shoirga yaqin lirik qahra- 
mon), ham o‘zga bir shaxs tilidan ifodalanadi. Ya’ni bunday 
she’rda lirik qahramon bilan bir qatorda personaj (o‘zga 
bir shaxs)ning ishtiroki ham ko'zda tutiladi. Personajli liri­
kaning ilk kurtaklari xalq og'zaki ijodida, mumtoz she’ri- 
yatda kuzatiladi. Jumladan, mumtoz shoirlarning ko'plab 
she’rlarida yor tilga kiradi - ishtirokchiga, lirik personajga 
aylangandek boladi. Biroq yor obrazi tilga kirgan she’rlar- 
ni personajli lirika namunasi deyish to‘g‘ri emas, chunki 
ularda yor to'laqonli kechinma egasiga aylanmaydi, tavsif 
obyekti maqomida qoladi. Personajli lirikaga mansub etish 
uchun o‘zga shaxs she’r subyektlaridan biriga aylanishi, 
uning tilidan ifoda etilgan lirik kechinma (o‘y-fikr, his-tuyg‘u) 
mustaqil g'oyaviy-badiiy qimmat kasb etib, she’r dialogiklik 
(polifoniklik) xususiyatini kasb etishi lozim. Masalan, E.Vo- 
hidovning «Hozirgi yoshlar» she’rini personajli lirikaning 
yaxshi namunasi sifatida ko'rsatish mumkin. She’rdagi lirik
387
www.ziyouz.com kutubxonasi


personaj - c/
70
/ning o‘y-hislari lirik qahramon o‘y-hislariga 
uyqashgina emas, balki to'laqonli g'oyaviy-estetik qimmat- 
ga ham ega, chunki she’rda estetik mushohada obyekti- 
ga ikkita nigoh bilan qaraladi, lirik subyekt ikkilangan. Lirik 
mazmun esa shu ikki nigohning birligida, ular bir fokusga 
yig'ilgandagina namoyon boladi. Personajli lirikaga xos 
bunday belgilovchi xususiyat A.Oripovning «Samolyotda 
yozilgan she’r», X.Davronning «Dunyo go'zal...», «Bobur» 
kabi qator she’rlarida ham kuzatiladi.
Shuni yodda tutish lozimki, mazmun jihatidan ajratiluv- 
chi janrlar (falsafiy, ishqiy, siyosiy va b.) yuqorida ajrat- 
ganimiz lirikaning uch ko'rinishi tarkibiga birdek singishib 
ketaveradi (ya’ni avtopsixologik lirika ham, ijroviy lirika 
ham, personajli lirika ham mazmunan falsafiy, ishqiy, si­
yosiy va b. bo‘la oladi). Xuddi shu hukm shakl jihatidan 
tasniflanuvchi (ruboiy, g'azal, sonet, xokku va sh.k.) janr- 
larga nisbatan ham bemalol aytilishi mumkin. Ayon bo‘la- 
diki, subyekt nuqtayi nazaridan farqlanuvchi lirika ko‘ri- 
nishlari mazmun jihatidan ajratiluvchi janrlarga qaraganda 
ham, shakliga ko‘ra tasniflanuvchi janrlarga nisbatan ham 
umumiyroq, universalroq hodisa ekan. Shunga o‘xshash 
xususiyat lirikaning lirik kechinma obyekti nuqtayi nazari­
dan farqlanuvchi 

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin