Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi


Lirik tur va uning janrlari



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

Lirik tur va uning janrlari
I
Lirik turning spetsifik xususiyatlari. Lirik qahramon tu-
shunchasi. Lirik asariarni janrlarga ajratish prinsiplari.
Hozirgi she’riyatdagi lirik janrlar xususiyati.
Lirika (
yun
., cholg'u asbobi) adabiy tur sifatida qadim- 
dan shakllangan bo‘lib, o‘z¡n¡ng bir qator xususiyatlari- 
ga egadir. Lirikaning belgilovchi xususiyati sifatida uning 
tuyg‘u-kechinmalarni tasvirlashi olinadi. Ya’ni epos va dra- 
madan farq qilaroq, lirika voqelikni tasvirlamaydi, uning 
uchun voqelik lirik qahramon ruhiy kechinmalarining asosi, 
ularga turtki beradigan omil sifatidagina ahamiyatlidir. Shu 
bois ham lirik asarda voqelik lirik qahramon qalb prizmasi 
orqali ifodalanadi, yana ham aniqrog'i, lirik asarda voqelik- 
dan kechinmani tasvirlash uchun yetarli darajadagi «par- 
chalar», detallargina aks etishi mumkin.
382
www.ziyouz.com kutubxonasi


Lirik asar ham, tabiiyki, boshqa adabiy turlarga xos 
xususiyatlarni ma’lum darajada o‘zida namoyon etadi. 
Jumladan, lirik asarda voqelikka oid tafsilotlar (epik ele­
ment) juda kam bo'lib, ular kechinmani ifodalash, uni yu- 
zaga keitirgan, harakatlantirayoigan omillarni ko'rsatish- 
ga yetarli miqdordagina olinadi. Ya’ni bu o‘rinda asosiy 
me’yor - fragment tarzida olingan epik elementlarning 
lirik qahramon hol-kayfiyatini tasavvur qilish uchun yetar­
li ekani. Shuningdek, lirik asarda yana epik asarga xos 
voqeabandlik, dramatik asarga xos dialoglar, o'ziga xos 
«sahna» epizodini yaratish hollari ham uchraydi. Biroq 
har ikki holda ham bu elementlar kechinmani tasvirlash 
va ifodalashga xizmat qiladi, ya’ni lirik asar uchun vo- 
qeani yoki «sahna»ni tasvirlash maqsad bo'lolmaydi, ular 
vosita, xoios.
Lirikaning asosiy obrazi - lirik qahramon (u lirik sub- 
yekt deb ham yuritiladi). Ko'pincha lirik qahramon degan- 
da shoirning o‘zi tushuniladiki, bu u qadar to‘g‘ri emas. 
Zero, shoir o'zining kechinmalarini tasvirlashi ham, go'yo 
o'zganing ruhiga evrilgan holda «o'zga shaxs» kechin­
malarini tasvirlashi ham mumkin bo‘ladi. Bu o'rinda yana 
bir muhim masaia shuki, she’rda hatto shoir o‘z kechin­
malarini tasvirlagan holda ham lirik qahramon bilan real 
shoir orasiga tenglik alomati qo‘yib bo'lmaydi. Chunki, bi- 
rinchidan, L.Tolstoy aytmoqchi, inson qalbida mavjud bo‘li- 
shi mumkin barcha qalblar imkoniyat tarzida mavjuddir, 
shunga ko‘ra, ikkinchidan, shoir o'zganing hol-kayfiyatiga 
kirishi, ma’lum hayotiy situatsiyadagi istalgan insonning 
kechinmalarini bemalol his qilishi, ko'nglida kechirishi 
mumkin. Masalan, Cho'lponning «Men va boshqalar» 
she’rida kechinma lirik «men» tilidan berilgan bo‘lsa-da, 
uning lirik qahramoni shoir emas, balki o'zbek qizining 
umumlashma obrazi ekanligi oyday ravshan. Lirik qahra­
mon, epik asar qahramonlaridan farqli olaroq, noplastik 
obraz sanaladi. Lirik asarda subyektning noplastik obrazi
383
www.ziyouz.com kutubxonasi


yaratilgani bois ham u o‘quvchi tasavvurida tashqi ko‘ri- 
nishi - shakl-shamoyili bilan gavdalanmaydi, mavhumligi- 
cha qoladi. Aniqrog'i, o'quvchi o'zini uning o'rnida ko‘radi, 
uning kechinmalariga turtki bergan holatni his qiladi, u 
ko'nglidan kechirayotgan kechinmalarni o‘z ko'nglida ham 
kechiradi. Misol tariqasida quyidagi she’rni shu jihatdan 
ko'rib o'tishimiz mumkin:
Ko'ksimga qo'yilgan bu boshni endi
Gohida ko‘z qiyib, g oh ida qiymay
Va buning ustiga seni unutolmay
Yashash axir menga ko‘p qiyin.
«Bora-bora sevib ketarman

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin