ko'rish mumkin. Shu bilan birga, ayrim janrlar borki, garchi
eposning asosiy janrlari sirasida sanamasak-da, ular bu-
gungi adabiyotda ham ancha faol qo'llanadi. Bundan tash-
qari, ijod amaliyotida epik janrlarning modifikatsiyalangan
ko'rinishlari ham uchraydi. Xullas, adabiyot nazariyasiga
oid manbalarning aksariyatida epik janrlar sirasida qayd
etiluvchi janrlar hayotni badiiy qamrash ko'lami jihatidan
quyidagi tartibda tasniflanishi mumkin:
1) kichik epik shakllar: latifa, masal, hikoyat, rivoyat, er-
tak, adabiy ertak, afsona, badia, etyud, ocherk, esse;
2) o'rta epik shakllar: qissa (povest);
3) katta epik shakllar: epos, epik doston, roman, epopeya.
Avvalo, mazkur ro‘yxatdan mavjud (tarixan va hozirda)
janrlarning ayrimlarigina o'rin oldi, xolos. Zero, masalan,
qadimgi turkiy bitiklar, mumtoz adabiyotimizdagi
Dostları ilə paylaş: