Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

Sodda vazn-
dagi she’rlarga yuqoridagilar misol bo'iib, ularning mis- 
ralaridagi bo‘g‘inlar soni o‘zaro teng bo'ladi. Qo'shma 
vazndagi she’rda esa misralardagi bo‘g‘inlar soni bir xil 
emas:
Qoqiladi / horg'in otlar, 
8 (4 + 4)
g'ijirlaydi / arava. 
7 (4 + 3)
G'ildiraklar/ izi yo‘lda 
8 (4 + 4)
to‘zg‘iyotgan / kalava. 
7 (4 + 3)
343
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ushbu she’r vaznining qo'shma vazn deyilishiga sabab 
shuki, agar uning ikkita misrasini birlashtirsak, go‘yo mis- 
ralardagi bo‘g‘inlar sonining tengligi tiklanadi:
Qoqiladi / horg'in otlar, / g'ijirlaydi / arava. 15 (4+4+4+3)
G'ildiraklar / izi yo'lda / to‘zg‘iyotgan / kaiava. 15 (4+4+4+3)
Ko'ramizki, mazkur she’r ham mohiyat e’tibori bilan 
barmoq tizimiga mansub, faqat uning misralari bo‘lin- 
gan-da, alohida satrga chiqarilgan. Misralarning qat’iy 
tartibda bo'lingani she’rning ritmik xususiyatlariga, ohan- 
giga muayyan o'zgarishlar kiritadi va uning ta’sirdorligini 
oshiradi. Demak, qo‘shma vazn deganda misralar qo'shi- 
Iganda izosillabizm (bo‘g‘inlar miqdorining tengligi) tiklan- 
adigan she’rlarni tushunish lozim ekan. Shunisi ham borki, 
qo'shma vazn barmoqdan sarbast (erkin she’r) tomon sil- 
jishdagi ilk qadam sanalishi mumkin. Bu siljishdagi keyin- 
gi qadam sifatida esa barmoqda yozilgan geterometrik 
she’rlarni olish mumkin. Geterometrik she’rlarning qo'shma 
vaznli she’rlardan farqi shuki, ularda izosillabizm bandlara- 
ro sathda namoyon bo'ladi. Masalan, qiyoslash uchun Mir- 
temirning «Qo'shiqlar» turkumiga kiruvchi qo'shma vazn- 
da yozilgan she’rlaridan biri quyidagicha bandlardan tarkib 
topadi:
«Qoya» nomli geterometrik she’rning bandlari quyida­
gicha:
Barmoqlar o‘ch toriga 
Oqshom chog'ida.
Dil roz aytar yoriga 
Visol bog‘ida.
7
5
7
5
Tolzor kuz rangida va salqin, 9 
Daraxtiarda yaproqlar oltin. 9
344
www.ziyouz.com kutubxonasi


Tog‘dan esar yel oqin-oqin, 
9
Tag'in bo'lur tin. 
5
Birinchi she’rda barmoq tizimiga xos izosillabizm mis- 
ralarni qo'shish hisobiga, band ichidayoq yuzaga kela- 
di. Ikkinchi she’rda esa band ichida izosillabizm mav- 
jud emas, u she’r butuniigida namoyon bo‘ladi, ya’ni 
bu she’rning har bir bandi 32 bo‘g‘indan tashkil topgan 
bo‘lib, ularning misralararo taqsimlanishi 9-Э-9-5 tarzi- 
da amalga oshadi. Albatta, bu xil vaznlarning yuzaga 
kelishi barmoq tizimining ritmik imkoniyatlarini kengay- 
tirgani shubhasiz. Ta’kidlash kerakki, hali she’riyatimiz- 
da barmoq tizimining ritmik-intonatsion imkoniyatlari 
to'la ro'yobga chiqarilgan emas. Shu bilan birga, XX 
asr o'zbek she’riyatîda yetakchilik qilgan bu she’r tizimi 
o'tgan vaqt ichida sezilarli sifat o'zgarishlarini boshdan 
kechirdi, o'zining birtalay ritmik imkoniyatlarini namoyon 
eta pldi. Mazkur masalani maxsus tadqiqot obyekti si- 
fatida o'rganish adabiyotshunosligimiz oldidagi dolzarb 
vazifaiardan bolib turibdi. Umid qilamizki, yuqoridagi 
mulohazalarimiz barmoq tizimi juda sodda, jo ‘n («bar­
moq bilan bo‘g‘inlar sanab qo'yüsa bo'ladigan») hodisa 
emasligini anglatdi va siz bu masalani mustaqil tarzda 
chuqurroq o'rganishga harakat qilasiz.
Adabiyotshunosligimizda 
erkin she’r v

sarbast
istiloh- 
lari aksarsinonim tarzida qo'llanadi. Holbuki, milliy she’riya- 
timiz taraqqiyoti va bugungi nazariy tafakkur nuqtayi nazari- 
dan qaralsa, ularning farqlangani to‘g‘riroqdir. Mazkur hol 
sababiga kelsak, avvalo, «erkin she’r» istilohi ruschadan 
kalka usulida hosil qilinganini aytish lozim. Keyinchalik 
rus she’rshunosligida bir-biridan farqlanuvchi she’r shakl- 
larini anglatuvchi «вольный стих» va «свободный стих» 
birikmalaridagi «вольный» va «свободный» aniqlovchilari 
o‘zbek tiliga bir xil - «erkin» so‘zi bilan tarjima qilingani 
manbalardagi istilohiy chalkashliklarga sabab bo'lgan.
345
www.ziyouz.com kutubxonasi


0 ‘rgan¡layotgan hodisani tushunishga yordam berishini 
o‘ylab, rus she’riyati tarixiga bir qur nazar tashlash joiz. 
Dastlab sillabo-tonik she’r íizimi doirasida vujudga kelgan 
erkin she’r («вольный CTnx»)da barcha stopalari 
yamb
(v 
- ) bolgani holda, ularning misralardagi soni turlicha, ya’ni 
she’r boshdan oxir bitta olchovda yozilmagan. Keyincha- 
lik analogiya asosida misralari íurli miqdordagi 

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin