Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi


  OmpaT A. Afla6nëT ^ouflanapu // MTpaT. TaHnaHraH acapjiap. 4 >k. 4->k. -



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)


OmpaT A. Afla6nëT ^ouflanapu // MTpaT. TaHnaHraH acapjiap. 4 >k. 4->k. -
ToLUKeHT: Ma-bHaBunt, 2006. - B.25.
340
www.ziyouz.com kutubxonasi


Tabiiyki, misradagi bo‘g‘inlar soni she’rning ritmi, shu- 
ningdek, o‘sha ritm asosida yuzaga keluvchi ohangning 
o'ziga xosligini belgilaydi. Shuning uchun ham ifodalana- 
yotgan mazmunga mos olchovni tanlay bilish she’rning 
muvaffaqiyatini ta’minlovchi muhim omillardan bo'lib qola- 
di. Masalan, bo‘g‘inlar soni kam bo'lgan vaznlarda o'ynoqi, 
biroz shiddatli ohang yuzaga keladi:
Keyin ne boldi, 
(2+3)
Keyin to‘y bo'ldi, 
(2+3)
Qolmadi sirlar 
(3+2)
Jiyda tagida... 
(2+3)
(M.Yusuf)
Buning ziddi o'laroq, ko‘p bo‘g‘inli vaznlarda vazmin 
ohang hosil bo'ladiki, chuqur falsafiy mazmunli sheYlar- 
ning aksari shunday vaznlarda yoziladi:
Я
Men bu cho'llar qo'ynida tug'ilib topdim kamol, (7+7) 
Ko‘hna sardobalarda ko'milib qoldi dardim. 
(7+7) 
Lekin nar ars(i)londan sut talab qilgan misol 
(7+7) 
Olis shahar, toglardan ilhomimni axtardim. 
(7+7)
(A.Oripov)
Shuni ham unutmaslik kerakki, bo‘g‘inlar soni bir xil 
bo'lgani holda, turlicha turoqlangan sheYlarning ohang- 
dorlik jihatidan sezilarli farqi boladi. Yuqoridagi o‘n to'rt 
bo‘g‘inli sheYda 7+7 tarzidagi turoqlanish bo'lgani uchun 
ham unda falsafiy mushohadaga mos vazmin, o'ychan 
ohang yuzaga kelgan bo'lsa, o‘zgacharoq tarzda turoqlan­
gan o‘n to‘rt bo‘g‘inli quyidagi parchada endi butkul bosh- 
qacha - shiddatkor o‘ynoqi ohang hosil boladi:
341
www.ziyouz.com kutubxonasi


Qush bo'lib qochar bo'lsang, tarlon bo'lib quvgayman, 
Tog'larda sharsharadek g'uboringni yuvgayman.
Har mushkul, har xatarda har balodan saqlagum, 
Qayrilsang-qayrilmasang, o'lguncha ardoqlagum.
(3+4/4+3)
(3+4/4+3)
(3+4/4+3)
(3+4/3+4)
(Mirtemir)
Misradagi bo‘g‘inlarning qay tartibda turoqlangani she’r- 
ning ritmik-intonatsion xususiyatlariga sezilarli ta’sir qiladi. 
Barmoq tizimidagi vaznlar rang-barangligi aynan shuning 
hisobiga yuzaga keladi. Turoqlanish tartibining ritm va 
ohangni hosil qilishdagi rolini yana ham yorqinroq tasav- 
vur qilish uchun she’riyatimizda ancha keng tarqalgan o‘n 
bir bo‘g‘inli she’rlaming turlicha turoqlangan ko'rinishlariga 
e’tibor qiling:
1) Men nechun sevaman 0 ‘zbekistonni, 
Tuprog'in ko'zimga aylab to'tiyo? 
Nechun Vatan deya yer-u osmonni, 
Muqaddas atayman, atayman tanho?
11 (6+5) 
11 (6+5) 
11 (6+5) 
11 (6+5) 
(A.Oripov)
2) Ko'nglimga cho‘g‘ soldi, cho‘g‘ soldi,netay, 11 (6+3+2)
Javdirab-javdirab jayron boqishi.
Xanjarsiz jon oldi, jon oldi, netay,
0 ‘sha nozik ado, jonon boqishi.
3) Men yo'qman. Yolg'onlar meni yo'qotdi. 
Chin gaplar sevgimga qilmadi karam.
11 (6+2+3) 
11 (6+3+2) 
11 (6+2+3) 
(Mirtemir)
11 (3+3+5) 
11 (3+3+5) 
(U.Azim)
4) Ohista-ohista yog‘adi yomg‘ir, 
Ohista-ohista qo‘zg‘alar shamol. 
Ohista-ohista to‘kar yumshoq nur 
Bulutlar bag‘ridan ko'ringan hilol.
11 (3+3+3+2) 
11(3+3+3+2) 
11 (3+3+2+3) 
11 (3+3+3+2) 
(U.Azim)
342
www.ziyouz.com kutubxonasi


5) Ko'nglim qolgani yo‘q yorug' olamdan, 
Xayolimda yo'qdir na viqor, na kin.
Baribir bir kuni sizdan ketaman -
Qayga ketganimni bilmaydi hech kim.
11 (6+2+3) 
11 (6+3+2) 
11 (6+2+3) 
11 (6+3+2) 
(U.Azim)
6) Kuzakning besohib kechalarida 
lzg‘irinlar yelar, yomg‘ir!ar ezar... 
Dunyoning ho‘lzulmat ko'chalarida 
Tentirab kezinar yolg'iz deraza.
11 (3+3+5) 
11 (6+5)
11 (3+3+5) 
11 (6+5) 
(U.Azim)
E’tibor berilsa, yuqoridagi she’rlarda misralardagi bo‘- 
g'inlar soni teng bolgani holda, íuroqlanishning o‘zaro 
munosabati turlicha ekanini ko'rish mumkin: misralardagi 
turoqlarning aynan mos kelishi (1, 3), juft va íoq misralar­
dagi turoqlarninggina o'zaro mos kelishi (2, 5, 6), uchinchi 
misrada turoqlanishning biroz farqli bo'lgani holda, qol- 
ganlarining aynan mos kelishi (4) kabi hollarni kuzatamiz. 
Turoqlanishning misralararo munosabatidagi bu xil turli- 
chalik she’rlardagi ohangning farqli, o'ziga xos bo'lishiga 
xizmat qiladi.
0 ‘zbek adabiyotshunosligida barmoq tizimidagi vazn- 
larning sodda va qo'shma turlari ajratiladi. 

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin