Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

ADABIYOTNING MOHIYATI
«Adabiyot nadir?» muammosi. Adabiyot haqidagi mavjud
ilmiy konsepsiyalar. Sotsiologik konsepsiyaning afzalli-
gi. Inson faoiiyati tushunchasi. Mehnat va bilish - amaliy
va nazariy faoliyat turiari. Bilish ehtiyoji haqida. 0 ‘zni ifo-
daiash ehtiyoji.
Mavzuning qo'yilishi gapni «Adabiyot nadir?» savoliga 
javobdan boshlashni taqozo etadi. Bir qarasang, javobi u 
qadar qiyin ham emasdek-u, kishilik jamiyati taraqqiyoti 
davomida negadir bot-bot qalqib chiqaveradi shu savol. 
Fransuz adabiyotshunosi R.Bartning bundan oltmish yiilar 
avval «bizning asrimiz (oxirgi yuz yil), ehtimol, 
adabiyot na­
dir
masalasini muhokama qilish asri deb atalajak»1 degani 
ham Bejiz emas. Bunga amin bolmoq uchun xotiramizni 
bir qurgina varaqlash kifoya:
1914-yil - Cho'lponning «Adabiyot nadir?» maqolasi 
e’lon qilindi;
1949-yil - fransuz adibi va faylasufi Jan Pol Sartr «Ada­
biyot nadir?» nomli maqola bilan chiqdi;
1970-yil - jahon adabiyotshunosligida e’tirof etilgan 
olimlardan S.Todorov «Adabiyot tushunchasi» maqolasini 
chop ettirdi...
Sanoqni yana davom ettirsa bo'ladi, lekin bunga hojat 
yo‘q: R.Bartning haqligini keyingi davr ham tasdiqlab tu- 
ribdi. Masalan, Amerikada chop etiladigan yetakchi ada- 
biy-nazariy nashrlardan biri - «New Literary History» jur- 
nali 1973-yilda bitta sonini to'laligicha «Adabiyot nadir?» 
masalasini muhokama qilishga bag'ishlagan. Oradan o‘ttiz
1 Барт P. Избранные работы: Семиотика. Поэтика. - М., 1994. - С .132.
33
www.ziyouz.com kutubxonasi


besh y¡¡ o'tgach - 2008-yüda jurnal shu masalaga qaytib, 
unga yana aiohida son bag'ishlaydi.
Aytganlarimiz masalaning, bir tomondan, hamisha doi- 
zarbligini, ikkinchi tomondan, g‘oyat murakkabiigini ko'rsa- 
tadi. Hamisha dolzarblik adabiyotning jamiyatdagi ijtimoiy- 
siyosiy, ma’naviy-ruhiy ehtiyojlarning o'zgarishiga mos 
tarzda mudom o'zgarish-yangilanishda yashashi va bu hol, 
o‘z navbatida, ayni jarayonni anglash ehtiyojini tug'dirishi 
biSan izohianadí. Murakkablik esa anglanayotgan predmeW 
ning o‘zi - adabiyotning g‘oyat murakkab va serqirra hodi- 
sa ekanligi büan bogliqdir. Shu bois adabiyotga beriluvchi 
ta’riflar turli-tuman: «Adabiyot - o'qish uchun moljaliab yo- 
zilgan asarlar jami», «Adabiyot - madaniyat shakliaridan 
biri», «Adabiyot -- semiotik faoiiyat», «Adabiyot - san’at- 
ning yozma ko'rinishi», «Adabiyot - insonning o'zini ifoda- 
íash vositasi», «Adabiyot - ijtimoiy ong shakli», «Adabiyot
- nutqiy faoiiyat turi», «Adabiyot - so‘z san’ati» va h,k. Bu 
kabi iimiy definitsiyalardan tashqari yana «Adabiyot - inson- 
shunoslik», «Adabiyot - hayot darsligi», «Adabiyot - ko!ngil 
oynasi», «Adabiyot - so‘z va xayoiot o‘yini» singari topib 
aytilgan shoirona ta’riflar ham bir talay. Eng muhimi, ush- 
bu ta’riflarning hammasi ham to‘g‘ri, faqat ularning har biri 
adabiyotni bitta jihatidangina keiib chiqib tavsifiaydi. Bu ham 
tabiiy. Zero, inson narsa-hodisani o'zining nigohi tushib tur- 
gan tomondangina ko'radi. Odatda, boshqa tomondan ham 
qarab ko'rishga yo imkoni bo'lmaydi, yo bunga hojat sez- 
maydi. ilm esa, aksincha, narsa-hodisaning barcha jihatia- 
rini ko'rish va tugal tavsifiashga intiladi. Zero, shundagina 
u chinakam anglangan hisobianadi. Demak, insonga beril- 
gan imkoniar biian ilm ko‘zlovch¡ maqsad o'rtasidagi ziddiyat 
ta’riflar turlichaligini keltirib chiqaruvchi, ikkinchi tomondan, 
bilish jarayoni bardavomligini ta’minlovchi omildir. Paradoks 
shundaki, bilish jarayoni cheksiz bo'lgani holda, inson o‘zi 
bilishni istagan narsa haqida tugal hukm chiqarishga moyil, 
oxirigacha tugal anglab, tushuntirib bolmaydigan murakkab
34
www.ziyouz.com kutubxonasi


hodisalar mavjudiigini tan olgisi keimaydi (Bu - uning o'ziga 
g'oyat qisqa umr va g'oyat oz narsani bilish imkoni berilgani 
uchun isyoni). Holbuki, mavjud narsa-hodisalarning aksari- 
yati, jumladan, adabiyot ham ana shunday murakkab, zid- 
diyatíi tomonlarni o'zida jam etgan hodisadir. Shu bois ham 
uni íugal ta’riflashga harakat deyarli hamma vaqt muqarrar 
tarzda biryoqlamalik, ya’ni shu tomonlardan birining mut- 
laqlashtirilishiga olib boradi. Bundan qochishning birgina 
yo‘l¡ esa mavjud konsepsiya (iimiy yondashuv)lardan birini 
asos qilib oigan hoida va umumiydan xususiyga tomon yu- 
rish orqaii adabiyotning mohiyaíini izchil yoritishdir. Ushbu 
vazifani uddalash, ya’ni adabiyotning mohiyaíini izchil, unga 
xos turfa xususiyatlarni keng qamragan holda tizimli yoritish 
imkoni sotsiologik konsepsiyada, bizningcha, boshqalariga 
qaraganda ko'proqdir. Sotsiologik konsepsiya adabiyotga 
inson faoliyatining mahsuli, kishilikjamiyati atributlaridan biri 
sifatida qarab, uning paydo bo'lishi, yashashi va rivojlanishi 
jamiyat bilan bevosita bog‘liq deb biladi. Ushbu konsepsiya 
negizida inson faoliyati tushunchasi yotadi.
Mashhur filolog A.Potebnya poeziya (badiiy adabiyot) 
ni ta’riflashni «Eng umumiy tur - inson faoliyati»1 degan 
so'zlar bilan boshlagan edi. Bu bejiz emas, albatta. Nega- 
ki, inson tomonidan yaratilgan narsalarning hammasi -
faoliyat mahsuli, demak, birinchi galda «faoliyat» tushun- 
chasiga to'xtalish zarur bo‘ladi.
Insonning muayyan maqsadga yo'naltirilgan xatti- 
harakatlari jami faoliyat deb yuritiladi. G‘oyat umumiy tarz­
da berilgan ushbu ta’rifni aniqlashtirish zarur. Avvalo, maq­
sadga yo'naltirilganlik anglanganlikni taqozo etadiki, buni 
jonivorlarning maqsadli instinktiv harakatlaridan farqlamoq 
zarur. Zéro, jonzotlar ichida qadim ajdodlarimizgina tabiaí- 
da tayyor holda mavjud narsalarning, shart-sharoitlarning 
o‘zi bilangina qanoatlanib yashamadilar. Jonivorlardan
1 Потебня А. Эстетика и поэтика. - М.: Искусство, 1976. - С.286.
35
www.ziyouz.com kutubxonasi


farqli o'Iaroq, ular tabiatni, mavjud narsalarni o‘z talab-eh- 
tiyojlariga muvofiq o‘zgartirdi!ar. Sirasi, ular shunga maj- 
bur, bu ular uchun tirik qolish va naslni davom ettirishning 
bosh sharti edi. Demak, inson faoliyatining maqsadi bor- 
liqni o'zining talab-ehtiyojlariga muvofiq tarzda 

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin