Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

o'zgartirish
ekan. Inson azaldan tabiatni, atrof-muhitni o‘zgartirib keladi
- o‘zi va nasliga yashash uchun sharoit yaratadi, tirikchilik 
uchun oziq topadiki, buni biz «amaliy faoliyat» yoki qisqa 
qilib «mehnat» deb aytamiz. Borliqni o'zgartirish jarayonida 
C 
o'zgartiruvchi (inson)ning o'zi ham o'zgarib boradi, chun- 
ki amaliy faoliyat davomida u tajriba orttirib, atrof-muhitni 
tobora chuqurroq bilib (
o'zlashtirib
) boradi: borliq haqida- 
gi bilim va tasavvurlari boyishi hisobiga ongi rivojlanadi. 
0 ‘z navbatida, borliq haqidagi tasavvur va bilimlaming 
boyishi amaliy faoliyatning samaraliroq bolishiga xizmat 
qiladi. Demak, dastlab inson faoliyatining ikkita -
mehnat
va 
bilish qirralari
bo'lgan. Ya’ni o‘sha paytlardayoq inson 
faoliyati ikkiga -
amaliy
(mehnat) va 
nazariy
(bilish) faoli­
yat turlariga ajrala borgan. Yana shuni ham ta’kidlash ke- 
rakki, inson faoliyatining dastlab shakllangan mazkur ikki 
turi fundamental xarakterga ega bo'lib, uiar kishilik jamiyati 
taraqqiyotida yetakchi ahamiyat kasb etadi. Shu bilan bir- 
ga, inson ongining rivojlanishi barobarida faoliyatning ham 
yangi-yangi qirralari ochila bordi: estetik faoliyat, ruhoniy 
faoliyat, ijtimoiy faoliyat, siyosiy faoliyat...
Inson tomonidan yaratilgan narsaki bor, ma’lum bir ehtiyoj 
tufayli dunyoga keladi. Insonni muayyan harakatga undovchi 
ehtiyojlar sirasida 
bilish ehtiyoji
ustuvor mavqega ega. Zéro, 
har qanday maqsadli faoliyatni amalga oshirish va ko‘zlan- 
gan natijaga kelish uchun, avvalo, o‘sha jarayon bilan bog‘liq 
narsalarni 
bilish
talab etiladi. Shu shart bajarilgandagina ular 
inson uchun faoliyat predmeti bo'la oladi. Buni soddaroq bir 
misol yordamida tushuntirib o‘tish foydadan xoli emas. Dey- 
lik, bolakay hayotida ilk bor bo‘rga duch keldi, u hali buning 
nimaligini bilmaydi. Tabiiyki, bola bo'rni aylantirib tomosha
36
www.ziyouz.com kutubxonasi


qiladi, hidlab yo tishlab ko‘radi - bular bilishga qaratilgan 
harakatlar, bo‘r uning uchun 
bilish predmeti.
Qachonki bo- 
lakay o‘z tajribasida yoki kattalardan eshitib bo'rning yozuv 
quroli ekanini bilsa, bo‘r uning uchun 
amaliy faoliyat pred-
metiga
aylanadi. Inson atrofidagi narsa-hodisalarni bilgan 
taqdirdagina voqelikda o‘zini suvdagi baliqdek his qilib, erkin 
harakatlana oladi. Demak, 
bilish ehtiyoji
tabiiy bo'lishi bilan 
birga yuzaga kelishi jihatidan birlamchi ham ekan.
Yuqoridagilarni nazarda tutgan holda adabiyotning ilk 
kurtaklari sanaluvchi asotir (mif)larni, afsonalarni esga olay- 
lik. Axir, «Avesto»dagi rivoyatlar yoxud qadim yunon yoki 
Misr afsonalari tabiatni, insonning paydo bo'lishi, uning 
o‘limi sirlari va sh.k. muammolarni bilishga intilish natijasi 
emasmi?! Deylik, tirikchiligi (amaliy faoliyati) dengiz bilan 
bog'liq qadimgi yunon dolg'ali to‘fonlar-u po'rtanalarni, ular 
chirpirak qilib urgan qayig‘-u kemalarni, domiga tortib ket- 
gan odamlarni ko'rgan. Uning uchun to‘fon-u po'rtanalar 
sirini bilish: nega qo‘zg‘aladi, qachon qo‘zg‘aladi, ulardan 
qandáy omon qolish mumkin kabi savollarga javob topish 
zarurat edi. Albatta, u kuzatish orqali savollariga qisman 
javob topishi mumkin, lekin bular ehtiyojni qondirish uchun 
kam: bilish yolida izlanayotgan tafakkur Poseydon - den­
giz xudosini yaratadi. Endi qadim yunon 
biladiki,
dengizning 
egasi - Poseydon, uning jahli chiqsa, to‘fonlar qo‘zg‘oladi. 
Bas, undan tilab, unga atab qurbonliklar keltirib - ko nglini 
olibgina dengizda tirikchilik qilish va omon qolish mumkin. 
Albatta, siz-u biz uchun bu shunchaki cho'pchak yo obrazli 
tafakkur mahsuli, qadim yunon uchun esa bu ayni ha qiq a t- 
bilim. Zéro, ayni shu bilim uning uchun dengiz bilan bog'liq 
narsa-hodisalarni 
amaliy faoliyat predmetiga
aylantiradi, shu 
bilimga tayangan holda u dengizda amaliy faoliyat yuritadi.
Albatta, hozirgi insonning tafakkur darajasi ham, ada- 
biyot va san’atning rivojlanish darajasi ham ulardan ko‘z 
ilg'amas darajada uzoqlashdi. Lekin badiiy ijodga turtki 
beradigan birlamchi omil hamon bilish ehtiyoji bo‘lib qol-
37
www.ziyouz.com kutubxonasi


di. To‘g‘ri, keyingi davrlarda yaratilgan asarlarda doim ham 
ijodkorning biiishga intilayotgani asotirlardagi kabi ravshan 
sezilmasligi mumkin, lekin ularning yaratilishiga bevosita 
mana shu ehtiyoj turtki bergan. Deylik, bir ijodkorni jami- 
yatning mavjud holati yoki rivojlanish tamoylllarini bilish 
(ko‘proq romanlarda), boshqa birovini o‘zni anglash orqa- 
li Haqni tanish (tasavvuf she’riyati), tag‘in birini qalbidagi 
kechinmalarini (ya’ni o'zini) anglash va shunga o‘xshash 
umumiy nomi BILISH ataluvchi ehtiyoj ijodga undaydi.
Faqat shunisi borki, asarda ijodkor biron-bir muammoni 
badiiy idrok etishga harakat qilayotgani doim ham ravshan 
sezilmaydi. Sababi, asarda tasvirlanayotgan narsa bilan 
idrok etilayotgan narsa boshqa-boshqa bo'lishi, ijodkor o‘zi 
anglagan haqiqatni o'zgacha yo'sinlarda ifodalashi ham 
mumkin. Deylik, ijodkor o‘zi anchadan beri yecholmay ke- 
layotgan, anglashga intilayotgan masalaning yechimini tabiat 
manzarasida, hayotdagi biron-bir holatda, hodisa va sh.k.lar- 
da ko‘rdi. Bunday holatda ijodkor asarda o‘sha narsa (man- 
zara, holat, hodisa va sh.k.)ni aks ettirishning o‘zi bilanoq 
ehtiyojni qondirishi mumkin. Shu jihatdan qarasak, qatag‘on 
yillarida insonning qadrsizlangani, butun boshli jamiyatning 
totalitär tuzum oldidagi ojizligi-yu kishilarning o‘zgalar fojiasi- 
ga shunchaki tomoshabin bo‘lib qolayotgani haqida o'ylagan 
va bundan azob chekkan A.Qahhor « 0 ‘g‘ri»da tasvirlangan 
voqeada, mustabid tuzum sharoitidagi ijodkor qismatini Oy- 
bek «Na’matak»dagi manzarada ko'rgan bo'lsa ne ajab?! 
Aytmoqchimizki, shu asarlami yaratish bilan har ikki ijodkor 
ruhiyatida paydo bo‘lgan bilish ehtiyoji qondirildi. Zero, ijod 
onlarida har ikkisi ham o'zini o'ylatgan masalani o'zicha hal 
qildi, muayyan bir to'xtamga keldi.
Albatta, bu asarlarni har birimiz o‘zimizcha tushunamiz, 
sababki, mualliflar anglaganlarini ochiq ifodalagan emaslar, 
bas, biz ulardagi obrazlar tilini o'zimizcha mantiq tiliga ko'chi- 
ramiz - anglaymiz, shunga haqlimiz. Xuddi shuningdek
ijodkor ham badiiy bilish jarayonida o‘zi anglagan haqiqat-
38
www.ziyouz.com kutubxonasi


ni ochiqdan ochiq ifodalashga burchli emas. Boz ustiga, 
ochiqdan ochiq ifodaiash «nasihatgo'ylik», g'ashga tegadi- 
gan «aqllilik» tomon tortib ketishi mumkin. Shuning uchun 
ham, masalan, « 0 ‘g‘ri»da A.Qahhor «xolis kuzatuvchi» 
mavqeyida turadi: qalbini junbîshga solgan voqeaning, holat- 
ning suratini chizish biian kifoyaianadi. Mahorat biSan tasvir- 
langan hoiat tasavvurida joniangan onlarda (hikoyani o‘qish 
jarayonida) o‘quvchi adibning (ijod onlaridagi) his-tuyg‘ularini 
qalbdan kechiradi. Biroq yozuvchi ijod onlarida qay bir mu- 
ammoni badiiy idrok etishga intilganini o'quvchilarning ham- 
masi ham ilg'ab oioimaydi. Buning hech bir ajabianarii joyi 
ham yo‘q: badiiy asar arifmetik, fizik va boshqa sh.k. masala 
emaski, unda konkret shartlar ko'rsatib qo'yilsa. Shunga qa- 
ramay, matnda doim aks etmagani holda ham bilish ehtiyo- 
ji badiiy ijodga turtki beruvchi asosiy omi! bo‘lib qolaveradi.
Boshqa bir muhim tomoni shuki, har ikki adib o’zlari 
yaratgan badiiy obraziar vositasida bilibgina qoimadi, ikkisi 
ham o'zlarining orzu-armonlarini, his-tuyg'ularini, bir so‘z 
bilan aytganda, o‘z idealidan kelib chiqqan g'oyaviy-hissiy 
munosabatini (va shu yo'sin bilvosita o‘z idealini) ifodaladi. 
Xuddi shu nuqtada insonga xos tabiiy ehtiyojlardan yana 
biriga to'xtalish joiz. Inson dunyoni bilishga intilarkan, unga 
(konkret narsa-hodisaga) muayyan hissiy munosabatda 
bo'ladi, o‘z navbatida, dunyo uning hislariga ta’sir qiladi. 
Ikkinchi tomondan, ijtimoiy maxluq sifatida inson muloqot 
ehtiyojini, o‘z hislarini ifodaiash, kimgadir yorilish ehtiyojini 
ham tuyadi. Ya’ni bu ehtiyoj ahamiyati jihatidan yashash 
va nas! qoldirish uchun tabiatni o‘zgartirish ehtiyojidan 
asio kam bolmagan tabiiy ehtiyojdir. Shu bois ham inson 
o'zining tabiat bilan munosabatiari natijasi olaroq yuza- 
ga kelgan eng ibtidoiy hislari (qo'rquv, sevinch)ni ham, 
jinsdoshlari bilan munosabati natijasida tug'ilgan hislarini 
ham ifodalashga intilgan. Umumlashtirib aytsak, bu 
o 'z n i
ifodaiash e h tiy o ji
bolib, uni badiiy ijodga turtki beruvchi 
yana bir muhim omil deb tushunish kerak. Ta’kidlash joizki,
39
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin