tuzumning muqarrar halokatini bashorat qiladi, buni badiiy
asoslab beradi. Shunga o'xshash, A.Qodiriy « 0 ‘tkan kun-
lar»da yurtimizning yaqin o‘tmishini badiiy tahlil qiiib, «qip-
choq - qorachopon» mojaroSari Chor istibdodiga yo‘l och-
ganidek, yurtning «qizil»lar va «oq»larga bo'linishi «qizil
istibdod»ga yo‘l ochishini bashorat qilgan, yurtdoshlarini
bundan ogoh etishga intilgan edi.
Sanaiganlardan tashqari manbalarda badiiy adabiyot-
ning
estetik
(go'zallik tuyg‘usini rivojiantirish, badiiy did-
ni tarbiyalash),
suggestiv
(alohida shaxs yoki ommaga
muayyan fikr-qarashlarni singdirish va ularga ishontirish),
gedonistik
(o‘quvchiga zavq va huzur bag‘ishlash) kabi
yana bir qator funksiyalari ham tilga olinadi. Albatta, ular-
dan ayrimlari biz tavsiflagan funksiyaiarga yaqin (mas.,
kompensatoriik
va
suggestiv)
yoki ularning bir qirrasi bilan
tutashadi (mas.,
didaktikva estetik).
Yuqorida aytganimiz
manbalarda funksiyalar adadi va tarkibi masalasidagi turli-
chalik shu bilan izohlanadi: mutaxassislardan biri alohida
tasnif etgan funksiyani ikkinchisi boshqa funksiya tarkibi-
da, uning bir uzvi, qirrasi o'laroq qabul qiladi. Sirasi, bu un-
chalik muhim ham emas. Muhimi adabiyotning shunchaki
ko‘ngilxushlik bo'lmay, jamiyatning ma’naviy tozarishi va
taraqqiy etishida katta ahamiyatga ega hodisa ekanini
barchaning birdek anglashidadir.
Dostları ilə paylaş: