Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

badiiy san’at
nazarda tutiladi.
San’atning turlari sirasida musiqa, rassomlik, haykalta- 
roshlik, raqs, badiiy adabiyot, teatr, kino kabilar tushuni­
ladi. Modomiki san’atni bu kabi turlarga ajratar ekanmiz, 
ularni umumlashtiruvchi va farqlovchi jihatlar bo'lishi lozim. 
Sanalgan san’at turlarini umumlashtiruvchi jihat 
obrazlilik,
ya’ni ular bari badiiy obraz vositasida fikrlaydi. Farqlov­
chi jihatlarga kelsak, bu narsa, birinchi navbatda, obrazni

Гегель. Сочинения. Т.З. Энциклопедия философских наук. - М., 1956. -
С.344.
75
www.ziyouz.com kutubxonasi


yaratish materialida ko‘rinadi: musiqa ohangiar, rassom- 
lik ranglar, raqs plastik harakatlar, haykaltaroshlik qotgan 
plastika vositasida obraz yaratadi. Badiiy adabiyot so‘z 
vositasida obraz yaratadi, shu bois ham so‘z san’ati deb 
yuritiladi.
So‘z universal bilish vositasi bolganidek, universal ifo- 
da vositasi hamdir: har qanday fikriy faoliyat va his-tuyg‘u 
ifodasi so‘z vositasida amalga oshadi, amalga osha oladi. 
So‘z bilan ish ko'rgani uchun ham badiiy adabiyot boshqa 
san’at turlari orasida tasvir va ifoda imkoniyatlarining keng- 
ligi bilan alohida o‘rin va mavqe kasb etadi. Biz ko'pincha 
«rangtasvir tili», «kino tili» kabi tushunchalarga duch ke- 
lamiz. Negaki, boshqa san’at turlarining tili badiiy adabiyot 
tiliga o‘girilishi mumkin, boz ustiga, biz boshqa san’at tur- 
lariga mansub asarlarni-da so‘z vositasida aqliy va hissiy 
mushohada qilamiz, «singdiramiz».
San’at turlari ichida ifodaviy va tasviriy san’atlar farqla- 
nadi, ya’ni ularning ayrimlarida tasvirlash, boshqalarida 
ifodalash ustuvorlik qiladi. Aytaylik, musiqa - ifoda san’ati: 
kompozitor ohangiar orqali kechinmalarini ifodalaydi, shu 
ohangiar tinglovchi ruhiyatida muayyan bir kayfiyatni ho- 
sil qiladi. Musiqani tinglarkan, o‘sha kayfiyat asosida har 
bir tinglovchi o'ziga xos bir manzara yoki holatni ko‘z oldi- 
ga keltira oladi. Ya’ni kompozitor muayyan obyekt (holat, 
voqea, manzara va sh.k.) ta’sirida tugïlgan kechinmalarni 
ohangiar vositasida ifodaladi - obrazning o'zini tasvirlama- 
di; musiqani tinglash jarayonida buning aksicha jarayon ke- 
chadi: tinglovchi ohangiar orqali hosil qilgani kechinmalar 
asosida o‘sha obyektni tasavvur qiladi, ko‘z oldiga keltira- 
di. Tasviriy san’at turlari bo'lmish rassomlik bilan haykalta- 
roshlikda esa bu jarayon o‘zgacharoq kechadiki, uni quyi- 
dagicha tasavvur qilish mumkin. Deylik, biror manzara, 
holat musavvir qalbini junbishga keltirdi, uning ko'nglida 
muayyan kechinmalar bo'hronini qo‘zg‘adi. Musavvir o'sha 
o'zini hayratga solgan, zavqlantirgan, ko'nglida kechinma-
76
www.ziyouz.com kutubxonasi


lar qo‘zg‘agan manzarani rangtasvirda muhrlaydi. Tomo- 
sha qilish jarayonida rangtasvirdagi manzara bizda-da 
o‘sha yoki o'shanga yaqin his-tuyg‘ularn¡ uyg‘otad¡, kayfi- 
yatnl hosil qiladi. Agar badiiy adabiyotga shu jihatdan na- 
zarsolsak, uning ko‘proq qorishiq hodisa sifatida namoyon 
bolishini ko'rish mumkin. Zéro, epik asarlarda so‘z vosita- 
sida íasvirlangan badiiy voqelik muayyan darajada ko‘rim- 
lilik (vizuallik) kasb eíadi. Shuningdek, masalan, peyzaj 
lirikasida ham tabiat manzarasi musavvirona íasvirlangan 
go'zal namunalaryaratilgan. Shu bilan birga, vizual obraz- 
lari bolmagan, muayyan tuyg‘u-kechinma tavsiflangan 
yoki ko'ngil holini izhor eíuvchi lirik asarlarda ifodaviylik 
xususiyati maksimal namoyon boladi.
San’aí turlari orasidagi farq yana ularning retsipiyent 
(o‘quvch¡, tinglovchi, tomoshabin) tomonidan qabul qilini- 
shidagi o'ziga xoslikda ham ko'zga tashlanadi. Masalan, 
rassom chizgan peyzajni qabul qilish jarayoni bilan epik 
asarda so‘z bilan tasvirlangan peyzajning qabul qilinishida- 
gi farqni olaylik. Makonda mavjud bolgan rangtasvir asa- 
rini yaxlit holda qabul qilamiz, aniqrogl, uní avvaliga butu- 
nicha ko‘ramiz-da, so‘ng buíundan qismlarga (detallarga 
qarab) boramiz. So‘z vositasida chizilgan peyzajni qabul 
qilishda esa, aksincha, qismdan butunga qarab boriladi, 
ya’ni avvaliga detallar bilan tartibi bilan tanishamiz-da, 
oxirida ko‘z oldimizda yaxlit manzara hosil boladi. Tabiiy- 
ki, bu adabiyotning nutq hodisasi ekanligi, nutqning voqe 
bolishi uchun esa vaqt talab qilinishi bilan izohlanadi. Yoki 
ayrim san’at turlariga mansub asarlar retsipiyent tomoni­
dan bevosita qabul qilinsa, boshqalarini qabul qilish uchun 
vositachi - ijrochining bolishi taqozo etiladi. Masalan, mu- 
siqa san’atiga mansub asar. Musiqa asarining yaratuvchi- 
si (kompozitor), asarning o‘zi (notalar bilan ifodalangan 
matn), uning ijrochisi va tinglovchi bor. Biroq kompozitor 
bilan tinglovchi orasida bevosita muloqotning imkoni yo‘q. 
Demak, musiqani tinglash jarayonini tom ma’noda kom-
77
www.ziyouz.com kutubxonasi


pozitor bilan tinglovchi orasidagi badiiy muloqot deyish 
qiyin, chunki ijro etilayotgan kuyga qisman ijrochining-da 
talqini qo‘shilgan. Bu jihatdan badiiy adabiyotning ustun- 
ligi, birinchidan, o'quvchi badiiy informatsiyani bevosita 
(asarning o‘zi orqali) qabul qila olishi, ikkinchidan, qabul 
qilish jarayonida uning ijodiy-ruhiy faolligi yuqori darajaga 
ko'tarilishida namoyon boladi.
Shu o'rinda har xil san’at turlariga mansub asarlarning 
yaratilish jarayoni bilan bogliq farqlarga ham to'xtalish 
lozim. Masalan, agar badiiy adabiyotga mansub asar yo- 
zuvchining individual ijodiy faoliyati (kamdan kam hollarda 
hammualliflikda ham yaratiladi, biroq bunga istisno deb 
qarash to‘g‘riroq) mahsuli bo'lsa, kino asari tom ma’noda 
kollektiv ijod mahsuli sifatida dunyoga keladi. Kino asa- 
rining yaratilishida ssenariy muallifi, sahnalashtiruvchi 
rassom, kompozitor, aktyor, operator kabilarning ijodiy 
mehnati borki, ularning bari bir fokusga - rejissyor nigo- 
higa jamlanadi. Shunga o‘xshash hoi teatr san’atida ham 
kuzatiladi. Teatr asari - spektaklning muvaffaqiyati drama- 
turgdan tashqari yana sahna bezakchilari, chiroq ustasi, 
liboslar bo'yicha rassom, rekvizitor, grimchi, aktyor, rejis­
syor kabilarning birgalikdagi ijodiy mehnatiga bogliqdir. 
Jumla tarkibida dramaturgni biroz ajratib berayotganimiz 
bejiz emas. Zero, haqiqatda bu o'rinda so‘z san’ati (sahna- 
ga yo‘naltirilgan adabiyot)ning vakili - dramaturg bilan te­
atr san’ati vakili bolmish muayyan teatr jamoasi o’rtasida 
ijodiy hamkorlik ham amalga oshadi. Ayrim hollarda bu 
hamkorlik bevosita, ya’ni har ikki tomon ishtirokida kechsa, 
ayrimlarida bavosita amalga oshadi, ya’ni rejissyor drama­
turg bilan asari vositasida hamkorlik qiladi,
San’at turlari orasida badiiy adabiyot yetakchilik mavqe- 
yida turadi. Uning bunday mavqeni egallashi, yuqorida 
aytilganidek, universal bilish va ifoda vositasi bolmish so‘z 
vositasida ish ko'rishi bilan izohlanadi. Shu bois ham badi­
iy adabiyot «tili» - universal til, tabiiyki, unga barcha san’at
78
www.ziyouz.com kutubxonasi


turlari «tili»ni o‘girish mumkin dedik. Biroq bu fikrni mutlaq 
tushunish ham xato. Zéro, bu holda boshqa san’at turla- 
rining mavjudligi asossizdek, ular umuman keraksizdek 
bo‘lib qolur edi. Holbuki, adabiyotning rangtasvir darajasi- 
dagi tasviriylik, musiqa darajasidagi ifodaviyiikka erish- 
mog‘i dushvordir. Ya’ni bu masalada fikr yuritganda ham 
«o‘nta bo'lsa, o‘rni boshqa» tamoyiliga tayanish to‘g‘riroq 
bo‘iadi. Shunga qaramay, badiiy tafakkur so‘z asosiga qu- 
rilgani sababidan ham badiiy adabiyot belgilovchi san’at 
turi sanaladi: boshqa san’at turlari yaratuvchi obrazlar so‘z 
san’atida yaratilgan obrazlar kontekstida qabul qilinadi. 
Mazkur qarash adabiyotni badiiy-estetik tafakkur javhari
- yadrosi olaroq tushunishga asosianib, fanda u «litera- 
turosentrizm» deb yuritiladi. Aytish kerakki, adabiyotning 
yetakchiligi san’at hududi bilan cheklanib qolmaydi, balki 
umuman jamiyat madaniy hayotida, millat ijtimoiy tafakku- 
rida ham kuzatiladi. Adabiyot Yevropada oxirgi qariyb uch 
asr, Rossiyada ikki, bizda esa bir asrdan beri ayni maqom- 
da yashab keladi.
Ta’kidlash kerak, san’at turlari ichidagi yetakchilik ma- 
qomi - tarixiy kategoriya, ya’ni unga erishiladi, egalik 
qilinadi va mahrum bolinadi. Deylik, G'arbda antik davrda 
haykaltaroshlik, Uyg'onish davrida rangtasvir, romantizm 
davrida musiqa va she’riyat yetakchi bo'lsa, XVIII asrga 
kelib bu mavqeni so‘z san’ati egallaydi. Ayon bolyaptiki, 
adabiyotning bu maqomi ham mangu emas va bu tabiiy 
hamdir. XX asr o'rtalaridan boshlab audiovizual («eshi- 
tish» va «ko‘rish»ga asoslangan) informatsiyaning salmo- 
g‘i va kishilar hayotidagi o'rni muttasil ortib kelayotgan 
bo'lsa ham, badiiy adabiyot hamon san’atning belgilovchi 
turi bo‘lib turgandek. Biroq bu maqomning kun sayin su- 
sayib, yaqin vaqtgacha metin deb bilganimiz adabiyot tur- 
gan asosning nurab borayotganini ko‘rmaslik ham mumkin 
emas. Zéro, hayotimizga informatsion texnologiyalarning 
shiddat bilan kirib kelishi, mediamadaniyat yutuqlaridan
79
www.ziyouz.com kutubxonasi


foydalanish imkoniyatlariníng ortib borayotgani buni tabo­
ra ravshan ko‘rsatmoqda. Biroq bundan fojia yasamasSik 
lozim. Aksincha, yangi shart-sharoitlarda rivojlanish im- 
koniyatlarini topib, o‘zligini saqiagan holda o'zgarayotgan 
talab-ehtiyojiarini qondirishga safarbarlik orqali o‘z o'rnini 
qayiadan belgilash talab etiladi.
San’at turlari o‘zaro diaiektik aloqada, bir-birining ka- 
mini toldirib, boyib-boyitib yashaydi. Jumladan, adabiyot 
ham boshqa san’at turlari bilan o'zaro tig‘iz aloqada ya­
shaydi va rivojianadi. Adabiyot san’atning boshqa turlari 
rivojiga, o‘z navbatida, boshqa san’atlar uning taraqqiyo- 
tiga ta’sir ko'rsatadi. Masalan, o'zbek musawirlarining 
Alisher Navoiy, Bobur, Abdulla Qodiriy, Oybek kabi so‘z 
san’atkorlari yaratgan asarlarga ishlagan illyustratsiyalari 
miiliy rangtasvirda alohida sahifani tashkil etadi. Yoki 
«O'tkan kunlar», «Maysaraning ishi», «Shum bola» kabi 
adabiyotimizning durdona asarlari asosida ishlangan film- 
lar o'zbek kino san’atining olm as namunalariga aylangan. 
Shuningdek, ko‘plab she’r va dostonlar zamonaviy musiqa 
asarlarining yaratilishiga turtki va asos bo'lgan, qator dos­
tonlar asosida opera, balet asarlari sahnalashtirilgan.
0 ‘z vaqtida Gegei poeziya «har qanday shaklda har 
qanday mazmunni shakllantirish va ifodalashga qodir»1 
deganida, albatta, uning mohiyatida mavjud imkonlarini 
nazarda tutgan. Belinskiy esa so‘zning «ham tovush, ham 
manzara, ham aniq-ravshan aytilgan tasavvur» ekanini 
nazarda tutgan holda poeziya o‘zida barcha san’atlarning 
unsurlarini mujassam etadi, boshqa san’atlarga berilgan 
barcha vositalardan istaganicha foydalana oladi deb bil- 
gan.2 Darhaqiqat, muttasil rivojlanish - yangilanishda 
yasharkan, adabiyot boshqa san’atlarning ifoda imkoniyat- 
larini ijodiy o‘zlashtiradi, ularning yordamida olam-u odam 
mohiyatiga chuqurroq kirib borish harakatida boladi. Shu
1 Гегель. Эстетика. В 4-х томах. Т.З. - М.: Искусство, 1971. - С.350.
2 Белинский В.Г. ПСС в 13-ти томах. Т.5. - М., 1954. - С.9.
80
www.ziyouz.com kutubxonasi


jihatdan qaralsa, adabiyotning taraqqiy darajasi boshqa 
san’atlar taraqqiy darajasi bilan ham bogliq ekanini ta’kid- 
lash zarur.
Masalan, milliy teatr san’atining rivojlanishi o'zbek ba- 
diiy prozasining tasvir va ifoda imkoniyatlarini kengaytir- 
di, nasriy asarlar strukturasini o‘zgartirdi. Agar mumtoz 
nasrchilik va xalq qissaiarida rivoya salmoqli o‘rin tutgan 
bolsa, zamonaviy nasriy asarlarda «sahnaviylik»ning 
kuchaygani, dialoglarning tobora keng o'rin oiib borishi, 
tasvirda «obyektivlik»ka intilishning ortgani kuzatiladiki, 
bular bevosita teatr san’ati rivoji bilan bogliqdir. Zero, te­
atr san’ati ham milliy badiiy tafakkurni boyitdi, ham badiiy 
didni yuksaltirdi. Natijada, bir tomondan, nosirlarimiz «di­
alog» vositasida qahramonlar ruhiyatini ochish, hayotiy 
holatning ruhiy asoslarini ko'rsaiish kabi yangi badiiy im- 
koniyatiarni o'zlashtirdilar; ikkinchi tomondan, o'quvchilar 
shu xi| nasriy asarlarni qabul qilishga tayyorlandilar, epik 
nasriy asar voqealarini go‘yo «chetdan» kuzatish (xuddi 
sahna asarlarini tomosha qilgan kabi) orqali estetik zavq 
olish, asarning mazmun-mohiyatini tushunish ko'nikma- 
larini hosil qildilar. Misol uchun « 0 ‘tkan kunlar»ning eng 
mashhur epizodlaridan birini olib koYaylik: «Otabek ga- 
rangsib qolgan, o'zini ovutmoqchi bolgan bu olijanob 
go‘zalga nima deyishini bilmas, qayerdan so‘z boshlash- 
ga hayron edi:
- Kim yiglatdi sizni?
- Yiglabmanmi?
- Ko'zingiz, kiprikingiz...
- 0 ‘zi shunaqa...
- Yiglatgan men emasmi?
- Kitobni nega yopdingiz? Ochib o'qing, men eshitay.
- Ota-ona rizoligini bir tomchi ko‘z yoshingizga arzit- 
dimmi?
- Men rozi, men ko'ndim, - dedi dafatan Kumush, bu 
so'zni nimadandir qoYqqandek shoshib aytdi.
81
www.ziyouz.com kutubxonasi


- Ko'ndingiz... Nega, a?
Otabek taajjub va hayrat ichida edi.
- Negaki, - dedi Kumush, - rnen sizga ishonaman...
- Shuning uchun...
- Shuning uchun ko‘ndim...
- Ko'ngîingiz farishtaiar ko'nglidek.
- Sizning ham ko‘nglingiz...»
Ko‘rib turganimizdek, mazkur parchada muallif ish- 
tiroki minimumga keltiriigan, u suhbatni go‘yo chetdan 
kuzatib turibdi. Shunga monand, asarni o'qiyotgan kitob- 
xon ham ushbu epizodni go'yo «ko'radi», suhbat go'yo 
uning tasavvuridagi «sahna»da yuz beradi. Dialogda mu- 
aiiif sharhlari (personajlaming ruhiy holaîi, yuz-ko‘z ifoda- 
iari, so'zlash ohangi va sh.k.) ham deyarli yo‘q: yozuvchi 
uiardan eng zarur deb biiganlari - Kumushning roziligini 
«nimadandir qo'rqqanday shoshib» aytganini ta’kidlash 
bilan cheklanadi. Shunga qaramay, kitobxon hayotiy ho- 
Sat mohiyatidan kelib chiqqan holda suhbatni tasavvurida­
gi sahnada jonlantiradi, qahramonlarning xatti-harakatla- 
rini «ko!radi», gap-so‘zlarini «eshitadi». Albatta, buning 
uchun kitobxonda muayyan tayyorgarlik, o'qish malakasi 
bo'lishi zarurki, bularnîng shakllanishida teatrning xizmati 
uSkandir.
Yana bir misol - musiqa. Yaxshi bilasiz, mumtoz shoir- 
larimizning ko'plari musiqa bilan jiddiy shug‘ullanganlar, 
uning ham nazariy asoslarini, ham ijro yo‘l!arini yaxshi 
o'zlashtirganlar. Negaki, u!ar musiqa bilan she’riyat ifoda- 
viylik jihatidan ham, ritmiklik xususiyati bilan ham bir-biriga 
yaqinligini teran anglaganlar. Darhaqiqat, ozgina bo'lsin 
musiqiy iqtidorga ega kishi maqom ohanglari bilan aru- 
ziy she’rlarning ritmik-intonatsion xususiyatlari orasida- 
gi mushtaraklikni osongina ilg'ay oladi. Shu bilan birga, 
taraqqiyot yolimizga sirtdan qaralgandayoq milliy turmush 
tarzi, hayot ritmi o‘zgarishi barobarida milliy musiqamiz 
ritmida ham o'zgarishlar sodir bolgani, bu o'zgarishlar
82
www.ziyouz.com kutubxonasi


she’riyaída ham aks etganini ko'rish mumkin. Ritmning 
o‘z hoücha ham muayyan esteíik qimmatga ega ekanligi 
e’tiborga olinsa, «bir tilda gapirish» zarurati she’riyatdan 
ritmik o'zgarishiarni taqozo etishi qonuniy hol ekanligi 
ayon boladi. Zero, aks holda she’riyat yangilangan este- 
tik va ma’naviy-ruhiy ehtiyojlarga javob berolmay qoladi. 
XX asr boshlaridan she’riyatimizda barmoqning yetakchilik 
mavqeyini egallay boshlagani, keyincha erkin she’rlar va 
sarbast she’r shaklining keng ommalashgani buning yorqin 
dalilidir. Mazkur o'zgarishlar natijasida she’riyatimizning 
ritmik-intonatsion imkoniyatlari ortdi, unda ritmik rang-ba- 
ranglik kuchaydi. Eng muhimi, endi ritmik rang-baranglik 
va ritmik evrilishlar bir she’r doirasida ham kuzatila boshla- 
diki, bu mumtoz she’riyatimizga deyarli xos bolmagan xu- 
susiyatdir. ümid shuki, bugun adabiyotshunoslik asoslarini 
hijjalab turganlar ichidan musiqani ham, so'zni ham teran 
tushunadigan iqtidorlar yetishar-da, mazkur hodisalarning 
biz ko'rolmayotgan tomonlarini ochib berishar.
Milliy rangtasvir san’atining, xususan, undagi portret 
va peyzaj janrlarining rivoji va milliy nasrimizdagi pey- 
zaj, portret tasviridagi o'zgarishlar, shuningdek, peyzaj 
she’rlar haqida ham yuqoridagicha fikrlami aytish mumkin. 
Deylik, mumtoz miniatyura san’ati inson tasvirida ayrim 
detallarni (ko‘z, qosh, lab, bel, soch va sh.k.) bo‘rttirgan 
bolsa, mumtoz she’riyatimizda ham xuddi shu hol kuza- 
tiladi.1 Shunga o'xshash, miniatyurada tabiat tasviri ham 
tolaqonli bolmay, yuqori darajada shartlilik kasb etgan. 
Rangtasvir san’atida realistik tamoyillarning kuchayishi, 
tolaqonli portret va peyzajlarning yaratilishi adabiyotdagi 
peyzaj va portretning ham shu yo‘nalishda takomillashu- 
viga olib keldi. Misol tariqasida X.Davronning quyidagi 
she’rini olaylik:
1 Kjapanr: KjypoHOB C. UJapK wiyMTO3 
afla6néTMfla 
6aflMMM 
cwHT6 3 HHHr 
a^aMMn- 
™ // 0Mnojiornn 
Macan
anapM. 2017. №1. - C.25 - 29.
83
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin