70
www.ziyouz.com kutubxonasi
BADIIY ADABIYOT SAN’AT TURISIFATIDA
: Estetik faoliyat haqida. San’at tushunchasi. Amaiiy va ba-
diiy san’atlar. Badiiy adabiyot - so‘z san’ati. Badiiy adabi-
yotning san’at turlari orasidagi o‘rni va o‘ziga xosligi. Ba
diiy adabiyotning boshqa san’at turlari bilan aloqasi.
Yuqorida inson ongining rivojlanishi barobarida faoli-
yatning ham yangi-yangi qirralari ochilib borgani aytildi.
Shulardan biri - borliqni go'zallik qonuniyatlari asosida
o'zlashtirish va o'zgartirishga qaratilgan estetik faoliyatdir.
Avvalo, mazkur faoliyat turining g‘oyat qadimiyligi,
shuningdek, uning insonga tabiatan xos ruhiy ehtiyoj bi
lan bogliqligini ta’kidlash kerak. Qadim manzilgohlardan
topilgan turli ashyolar, g‘or devorlariga chizilgan suratlar
shunday o'ylashga asos beradi. Negaki, ibtidoiy ajdodlari-
miz o'zlari yasagan mehnat qurollari amaiiy vazifani baja-
rishga yaroqlilikdan tashqari chiroySi bolishini ham xohla-
ga n la r-ju d a primitiv naqshlar bilan bo‘lsa-da bezaganlar.
Xuddi shunga o'xshash, turarjoylarining qor-yomg‘irdan,
shamol-to'polondan ihotalashi, darrandalardan omon
saqlashining o‘zi kam ko‘ringan - ularni ham baholi qudrat
bezashga intilganlar. Muhimi - bu ishning anglangan tarz-
da, ichki ehtiyojni qondirish maqsadida qilingani. Yuqorida
dunyoni bilish jarayonida inson unga (undagi konkret nar-
sa-hodisaga) muayyan hissiy munosabatda bolishi, o‘z
navbatida, dunyo ham uning hislariga ta’sir qilishini ayt-
dik. Ongining o'sishi barobari inson o‘ziga nima qanday
ta’sir qilishi-yu qanday hislarni qo'zg'ashini anglab borgan.
Ya’ni o'shandayoq uning ongida primitiv
go'zallik
tushun
chasi shakllanib, unga ehtiyoji borligini his qila boshlagan.
Mazkur ehtiyoj universal xarakterga ega bo'lib, insoniyat-
71
www.ziyouz.com kutubxonasi
ning tongidan boshlab to buguni qadar mudorn kuchay-
sa kuchayib keladiki, asió susaygani yo‘q. Shu bois ham
estetik faoliyat inson hayoíining barcha nuqtalarida o'zini
namoyon qiladí: kundalik turmushda, ish joyida, istirohaí-
da va b. Ayíaylik, hovlisiga gul-u rayhon o'tqazayotgan
ayoi, o‘ziga oro berayotgan suluv, uyini sarishta qilay deb
kuymalanayotgan beka, daraxtlarga shakl berayotgan
bog'bon, tabiat manzarasidan zavqlanayotgan sayyoh,
o‘sha manzarani chizayotgan rassom ... - bularning barida
estetik faoliyat unsurlari u yoki bu darajada mavjud. Dey-
lik, hovlisiga gul-u rayhon ekayotgan ayol
am áliy- mehnat
faoliyati
bilan mashg'ul, lekin unga estetik faoliyat un
surlari aralashgan; tabiat manzarasidan zavqlanayotgan
sayyoh obyekt - tabiat manzarasi orqali o‘ziga yo'naltiril-
gan
retsepsion-estetik faoliyatda
; manzarani chizayotgan
rassom esa
badiiy ijodga
sho‘ng‘ib ketgan, ranglar vosita-
sida manzarani ijodiy qayta yaratib, unda qalbini suratlan-
tirishga choglangan... Darvoqe, sanoq oxirida ko‘p nuqta
q o 'y ü g a n i,
uni yana davom ettirish mumkin degani, ayon
bo'lyaptiki, estetik faoliyat g‘oyat serqirra, turli ko‘rinish va
darajalarda voqe boluvchi hodisa ekan. Birgina san’atda
estetik faoliyat o‘zin¡ to‘liq namoyon eta biladiki, shu bois
ham u estetik faoliyatning asosi - yadrosi deya ta’riflanadi.
Tiiimizda faol qo'llanuvchi «san’at» so'zining ma’no
ko‘lami ancha keng, buni yangi «Izohli lug‘at»da uning
beshta ma’nosi izohlanganidan ham bilsa bo‘ladi. Darha-
qiqat, «rassomlik san’ati», «kulollik san’atini egallamoq»,
«yuksak san’at bilan ishlangan», «san’atini namoyish et-
moq», «harbiy san’atda beqiyos» kabi birikmalarning har
birida «san’at» so'zi o‘zining turli ma’no qirralarini namo
yon etadi. Biroq jonli so'zlashuvda nechoglik keng ma’no
diapazonlarida qollanmasin, tabiiyki, bizni uning lug'aviy
ma’nosi emas, istilohiy ma’nosi qiziqtiradi.
Istilohiy ma’noda san’at deganda insonning go'zallik
qonuniyatlari asosida borliqni o‘zlashtirish (va o'zgartirish)
72
www.ziyouz.com kutubxonasi
ga qaratilgan
yaratuvchilik faoliyati
hamda shuning nati-
jasi o'Iaroq vujudga keigan narsalar jami tushuniladi. Isti-
lohning mazkur keng ma’nosida go'zallik qonuniyatlari aso-
sida
mahoraiv
a
did
bilan yaratilgan narsalarning hammasi
san’atga aloqador hisoblanadi. Keng ma’nodagi san’at o‘z
ichida «amaliy» va «badiiy (nafis)» san’at turlariga ajraladi.
Amaliy san’at turlariga kulolchilik, naqqoshlik, kashtachilik,
zardo‘zlik, modelyerlik, dizayn kabi qator sohalarni, badiiy
san’atlarga rassomlik, musiqa, haykaltaroshlik, kino, teatr
kabilarni mansub etamiz.
Modomiki keng ma’nodagi «san’at» ichida amaliy va
badiiy san’atlar ajratilar ekan, ularning umumlashtiruvchi
va farqli jihatlari bolishi lozim. Ularni umumlashtiruvchi ji-
hat shuki, har ikkisi ham go'zallik qonunlari asosida did va
mahorat bilan yaratiladi.
Farqli jihatlariga kelsak, ulardan eng muhimi shuki,
amaliy san’at mahsuloti insonning moddiy ehtiyojlarini
qondirishga xizmat qilsa, badiiy san’at namunalari uning
ma’naviy-ruhiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgandir.
Amaliy san’at mahsuloti insonning kundalik turmushda
foydaianishini ko'zda tutadi, ayni paytda, unga zavq ham
beradi. Masalan, kulol ishlagan piyola qanchalik nafis va
go'zal bo‘lmasin, biz unda choy (umuman ichimlik) icha-
miz. Mohiyat e’tibori bilan nafis ishlangan piyola ham, jo‘n
piyola ham amaliy foydaliligi jihatidan qiymatda teng. Bi-
roq nafis ishlangan piyola kishining choy ichishiga vosita
bolishidan tashqari zavq ham beradi, kayfiyatni ko'taradi.
Shunday bo‘lsa-da, zavq bag'ishlashlik piyolaning ikkilam-
chi funksiyasidir. Demak, amaliy san’at mahsulotining qiy-
mati, birinchi navbatda, foydaliligi bilan belgilanadi.
Endi qiyos uchun, masalan, qadim yunon haykaltaroshi
yaratgan biror-bir haykalni olaylik. Haykalni yaratar ekan,
yunon undan amalda foydalanishni ko'zda tutmagan.
Aytaylik, u o‘zi topingan ma’budlardan birining haykalini
yaratishga jazm etdi. Haykaltarosh o‘sha ma’budni, avva-
73
www.ziyouz.com kutubxonasi
lo, o‘z tasavvurida yaratdi, ijodiy fantaziyasi quwati bilan
tasavvur qila olgani obrazda - qotirib
Dostları ilə paylaş: |