Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

So'qir kecha. Nurafshon osmon.
Ko‘zda yonib yurakda bori,
Tuproq yo'idan qaytmoqda dehqon,
Yuz-ko'zida data g ‘ubori.
Olislarda miltirar chiroq -
0 ‘sha chiroq atrofida jim
Uni kutar xotini mudroq,
Uxiar ikki qizi - quvonchi.
So'qir kech. Nurafshon osmon.
Tuproq yo'idan qaytmoqda dehqon,
Oyning oppoq yog‘dusi tushib
Yeikasida yaraqiar ketmon.
Ushbu she’rda «rangiasvir tili»ga monandlik yaqqol 
ko‘zga tashlanadi. Xuddi rangtasvir asaridagi kabi unda 
ham bir lahza qotirib qo‘yügan go‘yo: so‘z vositasida rang- 
lar, nurva soyalar o‘yini, oldingi va orqa planlarfarqlanadi. 
She’rni o'qiganda rangtasvir asarini tomosha qilayotgan- 
dek taassurot qoladi kishida, shoir xuddi musavvir chizgan 
manzarani so‘z bilan sharhlayotgandek tuyuladi.
XX asrda shiddat bilan rivojlangan va keng ommalash- 
gan kino san’ati bilan adabiyotning o‘zaro aloqalari, 
ayniqsa, sermahsuldir. Avvalo, badiiy adabiyot kinoning 
shakllanishi uchun asos bo‘lgani, «kino tili» so‘z san’ati 
zaminida yuzaga keiganini ta’kidlash zarur. Ayni chog'da, 
kino adabiyotda (shuningdek, teatr va rangtasvir san’at- 
larida) mavjud tasvir va ifoda imkoniyatlarini rivojlantirdi, 
ularning yangi qirralarini ochdi va oxir-oqibat uning o‘zi 
adabiyotni boyitish imkoniga ega boldi. Misol uchun yana 
X.Davronning bir she’rini ko‘rib o‘tamiz:
Javzo tuni...
Yaylov...
Hilol charaqlar...
84
www.ziyouz.com kutubxonasi


Oq biya boshini ko'tarar kishnab -
Ko‘zi yaraqlar...
Yashashdan mast go'yo 
Qirovrang toychoq...
Cheki yo‘q kechani zabt etib borar 
Xushbo‘y bir butoq.
Chayqalar kemadek 
Oppoq na’matak,
Xush isli shamollar ko‘ksini teshib 
Tomadi shabnam...
Shataloq otib yelar 
Qirovrang toychoq...
Oq biya boshini ko'tarar, tuyar -
Shivirlar butoq...
Yaylov uzra kecha...
Bahor...
Adir...
Titrab-titrab bo'yin tomirigacha
Otlar o‘tlayotir.
Ushbu she’r o‘quvchisining ko‘z oldida tasvir birma-bir 
xuddi kino kadrlari kabi almashinib turadi: tun 
—*■
yaylov 
—» hilol —►
oq biya —> biyaning ko‘zi; qirovrang toychoq; 
na’matak -> tomayotgan shabnam; qirovrang toychoq —> 
oq biya —> butoq; yaylov —> oy -> adir —> o'tlayotgan ot­
lar —> titrayotgan bo'yin tomirlari. Kadrlarning almashinish 
tartibida kinoga xos izchillik bor: go‘yo kamera atrofdagi 
narsalarga navbat bilan bir-bir yo'naltiriladi; umumiy plan 
bilan yirik plan (kursivda berildi) almashinib turadi va har 
bir yirik plan she’rning bitta kompozitsion bo’lagini yakun- 
laydi, o'ziga xos zarb vazifasini o'taydi. Ya’ni she’rning 
qabul qilinishida kino asarini qabul qilishga yaqinlik ku- 
zatiladi, demakki, uning ifoda yo'sinida ham «kino tili»ga 
yaqinlik bor.
85
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yuqoridagi misollardan ayon bo'lyaptiki, badiiy adabi- 
yot arsenalidagi tasvir va ifoda imkoniyatlarining kenga- 
yishi 
va 
takomilida uning boshqa san’at turlari bilan alo- 
qasi muhirn aharniyai kasb etadi. Shu bois harn hozirgi 
adabiyotda ifodaning boshqa san’at turiariga xos unsur- 
lari, usui 
va 
vosiialarini o'zida mavjudlari bilan uyg'un- 
lashtirish -
bad iiy sintez
hodisasi keng kuzatiladi. De- 
mak, badiiy adabiyotga qotib qolgan hodisa sifatida harn, 
mutlaqo mustaqil hodisa sifatida ham qaramaslik kerak 
ekan. Shundagina bugungi adabiyotdagi o‘zgarishiar- 
ni his qilish va ularni «hazm» qila olish mumkin boladi. 
Aks holda mutaxassis sifatida ham, kitobxon sifatida ham 
cheklangan bo‘lib qolish, adabiy hodisalarni almisoqdan 
qolgan tarozuda o'tmish «toshi» bilan olchaydigan mu- 
taassibga aySanish xavfi yuzaga kelib, pirovardida kasbiy 
noqisükka 
olib boradi.
Xulosa 
shuki, chinakam adabiyotshunos bo'lmoq 
uchun, birinchidan, san’atning barcha turlaridan zavqlana 
biladigan hassos qalbga, ikkinchi tomondan, undagi o‘z- 
garishlarni ziyraklik bilan ilg‘ash-u tahlil qilishga qobil teran 
aqlga ega bo'lmoq lozim.
Tayanch tushunchalar:
estetik faoiiyat, san’at, yaratuvchiiik faoiiyati, amaiiy san’atiar,
badiiy (nafis) san’atiar, moddiy ehtiyoj, ma’naviy-ruhiy ehtiyoj,
foydaiilik, amaiiy faoiiyat, ijodiy-ruhiy faoiiyat, badiiy ijod, san’at
turlari, obrazlilik, obraz materiaii, so‘z san’ati, universal bilish va
ifoda vositasi, ifoda san’atlari, tasviriy san’atiar, san’at asarini qa-
bul qilish (retsepsiya), retsipiyent, individual ijod, kollektiv ijod,
«iiteraturosentrizm», tasvir va ifoda imkoniyatlari, san’atlararo
aioqa va o'zaro ta’sir, badiiy sintez.

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin