86
www.ziyouz.com kutubxonasi
Savol va topshiriqlar:
1. Estetik faoliyat tushunchasiga izoh bering. Estetik faoliyat va
badiiy ijod tushunchalarining o‘zaro munosabati qanday?
2. Amaliy va badiiy san’atlarning mushtarak va farqli tomonlarini
tushuntiring. Xususan, amaliy faoliyat o’zi yo'naltirilgan pred-
metni o'zgartirishi aytildi. Shu jihatdan qarab haykaitarosh-
likning badiiy san’at turi ekanini asoslab bering.
3. Badiiy san’at turlarini umumlashtiruvchi va farqlovchi jihatlar
qaysilar?
4. Badiiy adabiyotning o'ziga xosiigini boshqa san’at turlari, ma-
salan, musiqa va rangtasvir bilan qiyoslab tushuntirib bering.
5. Badiiy adabiyotni kino san’ati bilan qiyoslang, o ‘xshash va
farqli tomonlarini ko'rsating. Kino asari tomosha qilinadi,
adabiy asar o'qiladi. Badiiy asarni ikkixilyo'sinda qabul qilish-
ning farqli tomonlari nimada? Insonning ma’naviy-ruhiy yuk-
salishiga bulardan qaysisi kuchliroq ta’sir ko'rsatishi mumkin?
Nima uchun?
f
87
www.ziyouz.com kutubxonasi
OBRAZLIUK VA BADIIY OBRAZ
Badiiy obraz vositasida tafakkur qilish (obrazlilik) san’at-
ning spetsifik xususiyati sifatida. Badiiy obraz tushun-
chasi. Badiiy obraz xususiyatlari. Inson obrazî va uni
yaratish vositalari. Badiiy obraz turlari.
Badiiy obraz vositasida fikriashi (va ifodalashi) san’at-
ning spetsifik, ya’ni tur sifatida belgilovchi xususiyati bo'lib,
u
obrazlilik
deb yuritiladi. San’atkor badiiy obraz vositasida
dunyoni anglaydi, o‘zi anglagan mohiyatni va o‘zining ang-
lanayotgan narsaga hissiy muriosabatini ifodalaydi. Shu
ma’noda obraz adabiyot va san’atning fikrlash shakli, usuli
sanaladi; obrazlar vositasida fikrlagani uchun ham adabi
yot va san’atga xos fikrlash tarzi «obrazli tafakkur» deb
yuritiladi.
Obrazli tafakkur bilan tushunchalar vositasidagi tafak
kur tarzining farqi nimada? Oradagi farqni yorqinroq tasav-
vur etish uchun fandagi va badiiy adabiyotdagi tafakkur
tarzini qiyoslab ko'rish mumkin. Misol uchun, birxil masala
yuzasidan fikr yuritayotgan olim va shoirni olib ko'raylik.
A.Oripovning mashhur «Ayol» she’rida Ikkinchi jahon uru-
shi tufayli eridan yosh beva qoigan, endi umrini farzandiga
bag'ishlagani holda sadoqat bilan yashab o'tayotgan ayol
haqida so‘z boradi. Shoir ko‘z oldimizda
konkret ayol
ni
gavdalantiradi, uning foje taqdiri, yolglzlikda kechayotgan
mashaqqat-u alam-iztirobga to'liq turmushini bir nechtagi-
na yorqin badiiy detal yordamida tasvirlash orqali umuman
urush haqida, uning oqibatlari -xalqim iz boshiga keltirgan
kulfatlar haqida, og'ir damlarda sinaluvchi insoniy hislar
haqida mushohada yuritadi.
88
www.ziyouz.com kutubxonasi
Endi xuddi shu she’rdagi masala xususida, masalan,
tarixchi yo demograf olim qanday fikr yuritishini kuzata-
miz: «Ikkinchi jahon urushining dastlabki kunlaridanoq ...
- ... - yillarda tugllgan yigitlar froniga to‘la safarbar etildi.
Sho‘ro hukumati urush harakatlarida insonni tejash yo'lini
tutmagani tufayli janggohlarda ... nafar yigitlarimiz halok
boldi. Buning natijasida urush davri va undan keyingi yil
larda jamiyafdagi erkak-ayol nisbafida nomutanosiblik yu-
zaga keldi: demografik vaziyat tanglashdi. Ko'plab ayollar
yolg'iz umrguzaronlik qilishga mahkum boldi. Jamiyatda
«yolg‘iz ayol» toifasi yuzaga keldi».
Ko'rib turganimizdek, olim shoirdan tamomila farq-
ii yoldan boradi: uni urush davridagi konkret odam taqdiri
emas, urush oqibatlari bilan bogliqumumlashma faktlar qi~
ziqtiradi. Shu bois harn urush dahshatlarini boshdan o'tkaz-
gan konkret insonlardan o‘zini fikran chetlashtirib - abstrakt
tafakkur qiladi, umumlashma tushunchalar asosida fikrlaydi.
Ya’ni olim urushga safarbar etilib qaytmagan falonchi haqida
emas, umuman safarbar etilib qaytmaganlar haqida; o‘sha
falonchining bevasi haqida emas umuman urush tufayli
yolglzlikda umr kechirgan ayollar haqida fikr yuritadi.
Ko‘ryapmizki, mohiyat e’tibori bilan shoir va olimni o‘y-
lantirayotgan muammo bitta. Biroq shoir bitta konkret ayol
taqdirini badiiy tasvirlash (obrazini yaratish) orqali umum-
lashmaga boradi, baski, obraz uning uchun fikrlash shakli,
usuli bolib qoladi. Ya’ni olim ko'plab faktlarni (konkret ho-
disaiar, insonlar va b.) o‘rganib, ularning umumiy xususi-
yatlari asosida iimiy xulosalar, umumlashmalar chiqarsa,
san’atkor konkret faktni individual tasvirlash orqali umum-
lashmaga intiladi.
Estetika, san’atshunoslik va adabiyotshunoslik fan-
laridagi o‘zak tushunchaiardan birini anglatuvchi ter-
minga rus tilidagi ko‘p ma’noii «obraz» so'zining «biror
nimaning ongdagi aksi» (keyingi o'rinlarda «biror ni-
maning tasviri») ma’nosi asos bo'lib xizmat qilgan. Ter
89
www.ziyouz.com kutubxonasi
min sifatida «obraz» faisafa va psixoiogiyada harn faoi
qollanib, bunda voqelikning, undagi narsa-hodisaning
inson ongidagi aksi tushuniladi, Shuni hamisha yodda
tutish kerakki, so'zning lug'aviy ma’nosi bilan istiiohiy
ma’nosi bir xil bolmaganidek, bitta terminning turli fan-
lar doirasida ifodalayotgan ma’nolarida ham muayyan
farqlar kuzatiladi. Ya’ni lug'aviy va istiiohiy ma’no orasi-
da mushtarak nuqialar bo‘lsa-da, muayyan fan doirasida
istiloh ostida aniq bitta ma’noni tushunish talab qilinadi.
Shuni nazarda tutgan holda eng avval juda muhim bitta
aniqlik kiritib oiishimiz zarur. U ham bolsa shuki, garchi
ilmiy muomalada ko'pincha «obraz» tarzida qollashga
odatlangan esak-da, bunda hamisha «badiiy obraz»ni
nazarda tutamiz. Zero, yuqorida estetika, san’atshunos-
lik va adabiyotshunoslik fanlaridagi o‘zak tushuncha de-
ganimiz - «badiiy obraz», faqat qulayligi vajhidan uni
qisqa qilib «obraz» deb o'rganganmiz. Xullas, istiloh
ma’nosini aniqlashtirish uchun eng avval «badiiy obraz»
tushunchasiga ta’rif berishimiz lozim.
Badiiy obraz borliqning (undagi narsa, hodisa va b.)
san’atkor ko‘zi bilan ko'rilgan va ideal asosida ijodiy qay-
ta ishlanib, hissiy idrok etish mumkin bolgan shaklda
ifodalangan aksidir, Albatta, bu aksda borliqning ko'plab
tanish izlarini topamiz, biroq bu endi biz bilgan borliqning
aynan o‘zi emas, balki tamoman yangi mavjudlik - badiiy
borliqdir. Tushunishimiz osonroq bolishi uchun rangtas-
vir san’atiga, musavvir ijodiga murojaat qilaylik. Musav-
vir yaratgan peyzaj - tabiat manzarasi tasviri bilan «na
tura» - asarga asos bolgan real manzara orasida juda
katta tashqi o'xshashlikni topishimiz, hatto «xuddi o‘zi-ya»
deya hayratlanishimiz mumkin. Ehtimol, kimlar uchundir
tomoshabinning bu nav hayrati musavvir ijodiga berilgan
yuksak baho bolib ko‘rinar ham. Biroq haqiqatda bu san’at-
ni tushunmasligimizdan dalolatdir. Zero, biz real manzara
bilan tasvir orasidagi o'xshashlikni ko'roldik, xolos. Tas-
90
www.ziyouz.com kutubxonasi
virda musavvir ayricha bo'rttirgan ranglarni, ularning qalb
kechinmalariga «hamohang» jilosini, bizning nazarimizda
ahamiyatsiz ko'ringani uchun e’tibor bermaganimiz, biroq
muallif nazarida muhim bo'igani uchun bo'rttiribroq beril-
gan chizgini, naturada bo‘lsa-da asarda aksini topmagan
yoki bo‘!masa-da asarda aks ettirilgan jajji detalni... ilg'ay
olmadik, demak, san’at hodisasiga oshno bo‘lolmadik,
undan bebahra qoldik. Boshqacha aytsak, biz obrazdagi
obyektiv ibtidoni ko'rganimiz holda undagi subyektiv ibti-
doni - asarga singdirib yuborilgan muallifni, muallif qalbini
ko‘ra olmadik. Modomiki badiiy obrazda faqat obyektiv ibti-
donigina ko'rar ekanmiz, demak, asarni ko'rmagan - badi-
iyat hodisasidan chetda qolgan bo'lib chiqamiz. Zero, ba-
diiyat ijod va retsepsiya (o'qish, tomosha qilish, tinglash)
jarayonlaridagina mavjuddir. Ayon boladiki, haqiqatda
badiiy obrazning materiali real voqelikgina emas, ijodkor
shaxsiyati hamdir. Ya’ni
Dostları ilə paylaş: |