san’atkor narsa-hodisalar mohiyatidagi o‘xshashlikni qay
yo'sin ilg'ab olishi, umuman, badiiy obraz yaratishida as-
sotsiativlikning qanchalar muhimligi haqida muayyan da-
rajada tasavvur hosil qilish ¡mkonini beradi.
Yuksak darajadagi assotsiativ tafakkur natijasi o'laroq
yaralgan badiiy obraz yakma’no bo‘!olmaydi,
k o ‘p m a ’no-
lilik
uning tabiatiga xos yana bir xususiyatdir. Zero, badiiy
obrazning ko'pma’noliligi, o‘z
navbatida, uning tabiatiga
xos
assotsiativlik
va
tugallanm aganlik
xususiyatlaridan
kelib chiqadi. Birinchi holni, ayniqsa, assotsiativlik daraja-
si yuqori bo'lgan ramziy obrazlar misolida yaqqol ko‘rish
mumkin. Masalan, Oybekning mashhur«Na’matak» she’ri.
She’rda tasvirlangan tabiat manzarasini obraz deb olsak,
tabiiyki, uning birinchi ma’nosi tabiat manzarasining o‘zi-
da. Ya’ni go'zal manzara, uning ko‘z oldida gavdalanishi-
dan olinayotgan zavq va shu asosda tug'ilgan hol-kayfiyat
bir she’r uchun, uni tugal lirik
asar sanash uchun kifoya
qiladi. Holbuki, shoir o‘z vaqtida shu manzarada assotsi
ativ ravishda istibdod tuzumi sharoitidagi ijodkor taqdirini
ham ko'rgan va shu ma’noni obrazda ifodalagan. Shuni-
si ham borki, mazkur obrazning ma’no ko'lami shuiarning
o‘zi bilangina cheklanmaydi: o‘quvchi o‘z hayotiy tajribasi,
she’rni o‘qish paytidagi ruhiy holati bilan bogliq ravishda
shu obraz-manzara asosida ulardan tamom boshqa - o‘z
mazmunini ham shakilantirishi mumkin boladi.
Ikkinchi ko'rinishdagi - badiiy
obrazning tugallanma-
ganligi bilan bogliq ko'pma’nolilik nafaqat ramziy, bal-
ki tom ma’nodagi realistik obrazlarga ham xosdir. Faqat
bunda endi ko'pma’nolilikning yuzaga kelish mexanizmi
o'zgacharoq. Avvalo,
tugallanm aganlik
tushunchasini
izohlab o'tish zarurati bor. Gap shundaki, san’atkor ba
diiy obraz orqali ifodalamoqchi bolgan fikrni oxirigacha
tugal aytmaydi (ya’ni kitobxon og'ziga chaynab solib
qo'ymaydi), obrazning ayrim chizgilarini punktirlar (uzuq-
uzuq chiziqlar) bilan tortadi -
tugallanmaganlik deganimiz
96
www.ziyouz.com kutubxonasi
shu. Boshqacha aytsak, san’atkor obrazda muayyan im-
koniyatlar yaratib
q o ‘ya di-da ,
ularni ro‘yobga chiqarishni
o'quvchiga qoldiradi. Bu xil imkoniyatiar, ayniqsa, «obyek-
tiv tasvir» yo'sinidan borilgan,
yozuvchi xolis kuzatuvchi
mavqeyida turgan asarlarda kuchli namoyon boladi. Gar-
chi asarda tasvirlangan narsa bitfa bolsa-da, o'quvchilar-
ning ijodiy tasavvur imkoniyatlari, hayoíni bilish darajasi,
dunyoqarashi farqiiligidan konkret obraz ularning ongida
turlicha akslanadi, turli xulosalarga olib keladi. Shu bois
ham o'quvchilar tasavvurida
minglab Otabeg-u Kumush-
lar, Qobil bobo-yu Saidalar, Zeb¡~yu Miryoqublar yashaydi.
Badiiy obrazga xos ayni shu xususiyat tufayli ham asarni
turli davrlarda turlicha uqish, uning zamiridan yangi-yangi
ma’nolarni ochish imkoni yaratiladiki, ayni shu xususiyat
chinakam san’at asarini boqiylikka daxidor etadi.
Adabiyotshunoslikda «badiiy obraz»
atamasi keng va
tor ma’nolarda ishlatiladi. Keng ma’noda «badiiy obraz»
deganda borliqning san’atkor ko‘zi biian ko'rilgan va ijodiy
qayta ishlangan har qanday aksi (jonivorlar,
narsa-buyum-
lar, hodisalar, tabiat obrazlari) nazarda tutilsa, tor ma’noda
badiiy asardagi inson obrazi tushuniladi.
Borliqni badiiy idrok etishni maqsad qilgan badiiy adabi-
yotning markazida inson obrazi turadi. Negaki, borüqning
o'zida inson shu xil mavqe egallaydi. Shunday ekan, badiiy
adabiyotning borliqni idrok etishida inson obrazining aso-
siy vosita bolishi ham tabiiy va qonuniydir. Mazkur fikrni
obrazlar tizimidagi darajalanish aniq-ravshan ko'rinadigan
katta epik asarlar misolida tushunish va tushuntirish qulay-
roq. Sababi, epik asarlarda boshqa (tabiat, narsa-buyum-
lar, jonivorlar, hodisalar va sh.k.) obrazlarning hammasi
inson obrazini yorqin tasvirlash, atroflicha ochib berish
maqsadiga xizmat qilayotgani yaqqoi ko'zga tashlanadi.
Misol uchun yana « 0 ‘tkan kunlar»ga murojaat etamiz.
Yodingizda bolsa, adib sanani qayd etiboq, Margllonning
dongdor
karvonsaroyidagi kechki
payt uchun odatiy hayot
97
www.ziyouz.com kutubxonasi
tarzi bilan uch-to‘rtta jumlada tanishtirgach, Otabek joy-
lashgan hujra tasviriga o‘tadi: «Saroyning to‘rida boshqa-
larg'a qarag‘anda ko'rkamrak bir hujra, anovi hujralarga
Dostları ilə paylaş: