dilar, ularni oralab o‘tdi...» Zebining ayni paytdagi ruhiy ho-
lati undagi fiziologik (yurak
o 'y n a s h i,
lab titrashi) o'zgarishlar
va xatti-harakati («birdaniga») orqali ifodaianmoqda. Yurak
o'ynashi qiz dilidagi hayajonning g'oyat kuchli ekanidan da-
iolat bersa, uning «birdaniga» oYnidan turib, qizlarni oralab
(hech kim va hech narsaning andishasini qilmay) tashqari-
ga, maqsad sari yo‘l solgani esa ayni damda «majnuna»ga
aylanganidan darakdir. Albaiia, bular qiz ko'nglidagi oniy
kechinmalar - soglom aqli tezda ularning tanobini tortadi,
biroq mazkur vositalar ularni manguga muhrlab qo'yadi.
Shuni
ham aytish kerakki, ruhiy tasvirning yuqorida ko‘-
rib o'tilgan ikkita - bevosita va bilvosita koYinishlari bir-bi-
rini to'ldiradi, shu bois ham muayyan personaj ruhiyatini
tasvirlashda yozuvchi ularning har ikkisidan ham o‘rni bi-
Ian unumli foydalanadi. Shuningdek, personaj ruhiyatini
ochishda yozuvchi yana tabiat tasviridan yoki boshqa bi-
ror narsa obrazidan foydalanishi ham mumkin. Masalan,
«O'tkan kunlar» romanida A.Qodiriy Kumushning tur-
mushga berilish xabarini eshitgan Otabek ruhiyatini «Xo‘ja
Ma’oz» qabristoni tasviri
orqali majozan tasvirlasa, uning
Kumush hijronida yashagan paytlardagi ruhiy holatini
«Navo» kuyining sharhida umumlashtirib ifodalaydi. Yoki
Mingo‘rikka qimizga chiqqanida «Otabek tabiatning shu
koYkam va latif ko‘rinishiga maftun bo'lib, biroz yotqan-
dan keyin «ul ham bo'lsa edi» deb o‘yladi va uzoq tin olib
qo'ydiki, bunda personaj ruhiyati tabiatning to‘kis va go‘zal
manzarasi bilan zidlash orqali ochib beriladi.
Adabiy asarda xarakter ruhiyatini ochish, umuman, in-
son obrazini yaratishning muhim
vositalaridan yana biri
personaj nutqidir. Zamonaviy nasrda dialog salmog‘ining
ortishi barobarida personaj nutqining obraz yaratishdagi
ahamiyati, mavqeyi ham kuchaydi. Mohir yozuvchi per
sonaj nutqini individualiashtirish orqali uning shaxsiyati,
dunyoqarashi, muayyan hayotiy holatdagi ruhiyati haqida
o'quvchiga ko‘p narsalarni yetkaza oladi. Aytish kerakki,
107
www.ziyouz.com kutubxonasi
dialoglarda personaj nutqi mualüfning qisqa, io'nda sharh-
lari bilan ta’minlanadi. Dialogda muallif remarkasi tarzida
beriiuvchi personajning yuz-ko‘z ifodasi, mimikasi,
unda-
gi fiziologik o'zgarishlar haqidagi ma’lumotlar juda katta
ahamiyat kasb etadi. Ular personaj nutqini «eshitish» va
uning xatti-harakatini «ko'rib turish» imkonini - sahnaviylik
effektini yaratadi, inson obrazining to'laqonli, jonli chiqi-
shini ta’minlaydi. Avvalgi mavzu doirasida badiiy nasrda
dialog salmog'ining ortishi milliy teatr san’ati rivoji bilan
bog'liq ekanini aytdik. Shuni ham ta’kidlash kerakki,
nasr-
dagi dialogning ifoda imkoni teatrdagiga qaraganda an
cha kengaygan. Chunki, sahnadagidan farqli o'laroq, epik
asardagi dialog kontekst doirasida tushuniladi, demakki,
o‘quvchining dialogdagi u yoki bu replika - gap mazmuni-
ga ta’sir qilayotgan omillardan xabardorlik darajasi spek-
takl tomoshabiniga qaraganda ancha kengdir.
Adabiyotshunoslikda inson obrazi bilan bog'liq holda
badiiy obrazning yana bir muhim xususiyati - uning o‘z
xarakteri mantiqidan kelib chiqqan holda harakatlanishiga
alohida diqqat qilinadi. Ehtimol, sizning ham duch kelganin-
giz bordir: ba’zan kitobxonlar asarni muhokama qilarkan,
«falon qahramon o‘lmaganida yaxshi bolardi» yoki «falon
bilan fiston qahramon bir-biriga yetishsa yaxshi bo‘lar-
di»
qabilida fikr yuritishadi, hatto shu xil istaklarini bildirib
asar mualliflariga xat yozganlari ham bor. Bu - badiiyatni,
ijod jarayonini yuzaki, jo‘n tushunish natijasi. Gap shun-
daki, personaj yozuvchining quli emas, u o‘zining xarak-
ter mantiqiga muvofiq harakat qiladi. Albatta,
personajlar
xarakteriga xos asosiy xususiyatlar (parametrlar)ni avval-
boshda muallif belgilaydi. Keyin, asar voqealari rivoji davo-
mida to‘la shakllangan va mustahkamlangan xarakter endi
muallif diktatini qabul qilmaydi, o‘z boshicha harakatlana
boshlaydi. Adabiyot tarixida buni tasdiqlaydigan ko‘plab
misollar bor. Aytaylik, Kumushning o'limi sahnasini yozib
bo'lgach, A.Qodiriy kuyib yig'laganini xotirlaydilar. Agar ix-
108
www.ziyouz.com kutubxonasi
iiyor adibning o'zidagina bo'lganida,
Kumushni chin dildan
suygan A.Qodiriy asariga boshqacha yechim topmasrnidi?!
Yoki «Kecha»ning boshlanishidayoq Razzoq so'figa nis-
batan o'zining nafratini yashirmagan Cho'lpon suyukli qah-
ramoni Zebi fojiasining asosiy sababchisini boshqacharoq
harakatlantirgan bolmasmidi?! Ehtimol, ijod jarayonida
har ikki ulug‘ adibimiz dilida shu xil istak kechgan bo'lishi
mumkin, biroq ularning ikkisi ham xarakter mantiqiga, ba-
diiy haqiqatga zid bormaydilar. Shu bois ham ular yaratgan
betakror obrazlar adabiyotimizning nodir namunalari bo'lib
qoldi.
Adabiyotshunoslikda badiiy obrazlar turlicha tasnif etila-
di, bu turlichalik tasnif uchun qaysi jihat asos qilib olingani
bilan bogliqdir. Jumladan, ijodkor estetik ideali bilan muno-
sabatiga ko‘ra
Dostları ilə paylaş: