rajasi; 3) tasvir va ifoda planlari munosabati (strukturasi)ga
ko'ra guruhlashni (M.Epshteyn) ko'zda tutadi.
Obrazning predmetlilik darajasi deganda o‘sha obraz
tasvirlayotgan narsaning kolami nazarda tutiladi. Bu ji-
hatdan badiiy reallik to‘rtta sathdan tarkib topadi: 1) detai-
obrazlar; 2) voqea-hodisaiar obrazi; 3) xarakter va sharoit;
4) dunyo va taqdir obrazi (badiiy reallik).
Detal-obrazlar (tafsiloîlar,
narsa-buyumlar, portret, pey-
zaj) o'zlarining statik holatdaligi bilan farqlanadi. Detal obraz-
lar zaminida badiiy reallikning ikkinchi qatlami - ichki yoki
tashqi harakatdan tarkib topuvchi voqea-hodisalar obrazi
o‘sib chiqadi. Uchinchi qatlamni shu harakat ortida turib uni
yurgizayotgan «xarakter va sharoit» tashkil qiladi. Xarakter
va sharoit oldingilarini birlashtirgan holda «dunyo va taqdir»
obrazini yuzaga keltiradi. Ayon boldiki, badiiy reallik go‘yo
g'ishtchalar singari butunni tashkil
qilishga xizmat qiluvchi
unsurlardan tashkil topadi va bu unsurlar o'zaro predmetlilik
darajasi, tasvir kolami jihatidan farqlanadi.
Umumlashtirish darajasiga ko‘ra badiiy obrazlar ikki ji-
hatdan tasnif etiladi. Birinchisi ko‘proq inson obraziga tat-
biqan bo'lib, bunda
individual obraz, xarakter va tipik obraz
(yoki
tip)
ajratiladi. Shunita’kidlash kerakki, bularning orasi-
dagi farq doim ham yaqqol ko‘zga tashlanavermaydi, ya’ni
bu tasnifda muayyan darajada shartlilik saqlanib qoladi. In
dividual obraz deganda o'zigagina xos bo'lgan fe’l-atvori,
gap-so‘zlari, betakror xarakter xususiyatlari bilan namoyon
bo'luvchi obrazlar tushuniladi (mas., « 0 ‘tmishdan ertak-
lar»dagi Babar, «Mening o‘g‘rigina bolam»
hikoyasidagi
Roqiya bibi). Xarakter deganda muayyan davr va muhit
kishilariga xos eng muhim, xarakterli umumiy xususiyatlar
bilan alohida shaxsga xos individual xususiyatlarni o'zida
uyg'un mujassam etgan obraz nazarda tutiladi. Tipik obraz
deyilganda esa muayyan ijtimoiy-tarixiy sharoit, davr va
muhitga xos muhim xarakterli xususiyatlarni o'zida namo
yon etgan obraz nazarda tutiladi.
110
www.ziyouz.com kutubxonasi
Umumlashtirish darajasiga ko‘ra ikkinchi jihat— muayyan
darajada turg'un shaklni oigan
holda adabiy-badiiy jara-
yonda iakrorlanishi nuqtayi nazaridan badiiy obrazning
Dostları ilə paylaş: