Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

Kommunikativ funksiya.
Badiiy adabiyot shaxslararo, 
avlodlararo, millatlararo muloqotning amalga oshishi- 
ga xizmat qiladi. Badiiy asarni yaratish davomida ijodkor 
tasavvurdagi o'quvchi bilan muloqotga kirishsa, uni o'qish 
jarayonida o‘quvchi ijodkor bilan muloqotga kirishadi. Mu- 
loqot jarayonida keng kitobxonlar ommasiga badiiy infor- 
matsiya yetkaziladi, bu esa o'quvchining bilim va tasav- 
vurlar doirasini kengaytiradi, uning informatsiyaga bo'lgan 
ehtiyojini qondiradi. Badiiy adabiyot vositasida amalga 
oshuvchi muloqot qarshisida davriy yoki hududiy chega- 
ralar mavjud emas: uning vositasida o‘quvchi o'zidan bir 
necha asrlar ilgari yashagan shaxs bilan ham, o'zidan 
minglab chaqirim olisda yashovchi shaxs bilan ham mu­
loqot qila biladi. Shu ma’noda, ko‘p mutolaa qilgan hozirgi 
kitobxon olis ajdodlarining turmushi, fikrlash tarzi, orzu-in- 
tilishlari bilan ham, olis dengiz ortidagi xalqning turmushi, 
fikrlash tarzi, orzu-intilishlari bilan ham yaqindan tanish -
ularning bari bilan muloqotda bolgan.
Tarbiyaviy (didaktik) funksiya.
Badiiy adabiyot shaxs- 
ni aqlan va ruhan kamolga yetkazadi, jamiyatning ma’nan 
tozarishi va yuksalishiga xizmat qiladi. E’tibor berilsa, de- 
yarli barcha milliy adabiyotlar taraqqiyotining ilk bosqichla- 
rida didaktik funksiya oldingi planda turgani ko‘riladi. Ada- 
biyotning tarbiyaviy ahamiyatiga juda qadim davrlardan 
ayricha e’tibor berib kelinishi bejiz emas. Xususan, qadimgi 
yunon faylasufi Aflotunning «Davlat» asarida adabiyotning 
tarbiyaviy imkonlaridan qanday foydalanish kerak, kimga, 
nimani va qanday o'qitish kerak degan masala keng qo‘yü- 
gan. Sharq xalqlarida ham yosh avlodni tarbiyalashda 
badiiy adabiyotdan unumli foydalanilgan. Shu bois Sharq
55
www.ziyouz.com kutubxonasi


mumtoz adabiyotida «Guliston», «Bo'ston», «Qutadg'u 
bilig», «Hibat ul-haqoyiq», «Qobusnoma» singari didaktik 
asarlar yaratilgan. To‘g‘ri, adabiyot taraqqiyotining keyin- 
gi bosqichlarida sof didaktik xarakterdagi asarlar salmog'i 
kamayib boradi, hatto oshkor didaktikaga berilgan asarlar 
badiiy mukammallikdan yiroq tushadi deb hisoblanadi ham. 
Shunga qaramay, badiiy adabiyotning ommaga didaktik 
ta’siri haii-hanuz juda kuchli, uning bu boradagi imkoniyat- 
lariga ehíiyoj ham mudom kuchayib boradi. O'z navbatida, 
chinakam san’at asarida ijodkor hamisha ezgulik, go'zallik, 
adolat singari umuminsoniy qadriyatlar tomonida turib fikr 
yuritadi, ayni shu narsa badiiy asarda hamma vaqt didaktik 
potensial mavjud bolishini, badiiy adabiyotning hamisha 
tarbiyaviy funksiya bajarishini ta’min etadi.
K o m p en sa to rlik funksiyasi.
Badiiy adabiyotda inson 
o‘z hayotida ko‘rmagan¡ni ko‘radi, undan o‘ziga yetish- 
mayotgan narsalarni topadi va shu asosda ruhiy qoniqish 
hosil qiladi. Bu jarayonning asosi shuki, badiiy asar mu- 
tolaasi davomida o'quvchi irreal olamda - badiiy reallikda 
yashaydi: o‘sha irreal olamda real hayotida ko'nglidan ke- 
chirmagan hislarni kechiradi, umri davomida tushmagan 
vaziyatlarda yashaydi. Ya’ni kompensatorlik funksiyasi- 
ni badiiy adabiyotga yuqorida berganimiz «qo'shimcha 
umr» ta’rifi bilan bogliq tushunish o‘ng‘ay. Masalan, kishi 
hayoti davomida hech sevmagan yo sevilmagan bo'lishi 
mumkin, biroq badiiy asar voqeligida yasharkan, u qahra- 
mon bilan birga ishqqa mubtalo yoxud buyuk bir sevgiga 
sazovor bo'la oladi; adabiyot irreal olamda qashshoqqa 
g‘aniy, qo‘rqoqqa botir, baxtsizga baxtiyor bolib yashab 
ko'rish imkonini yaratadi. Ushbu aytganlarimiz - tom 
ma’nodagi kompensatsiya, ya’ni so‘z borayotgan funksi- 
yaning inson hayotida ko‘rmaganlari uchun «qo‘shimcha 
umr» o‘laroq o'ziga xos tovon tarzida amalga oshishiga 
misol. Bundan tashqari, mutaxassislar badiiy adabiyotning 
o!quvchini turmush tashvishlaridan chalg'itishi (masalan,
56
www.ziyouz.com kutubxonasi


sarguzasht-detektiv asar mutolaasiga berilib tashvishlarini 
ma’lum muddat unutish) yoki ruhiy íaskin berishini (masa- 
lan, asarda íasvirlangan baxtsizga qarab «undan ko‘ra 
yaxshíroq ahvoldaman-ku» tarzida o‘ylash) ham kompen- 
satorlik funksiyasining ko‘rin¡shlar¡ deb qaraydilar.

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin