lashtirish.
Agar birinchi talab tasvirlanadigan narsalar bilan
bogliq boisa, ikkinchisi aynan manzaraning butunligi bilan
belgilanadi. Ya’ni matnning so‘z
bilan chizilgan manzara
aks etgan bolagi manzara kompozitsiyasiga mos quriladi,
nutqda o‘sha manzara qismlari navbatma-navbat tavsifla-
nadi. Yuqoridagi parchada manzara detallarining taqdim
etilish tartibi ko‘zdan kechirilsa, matn kompozitsiyasining
ahamiyatini yaqqol ko'rish mumkin:
1) awal umumiy tarzda so‘qmoq ataladi - o'quvchi
tasavvurida umuman so‘qmoq aks etadi;
2) so'qmoqning «o‘ydim-chuqur»ligi qayd etiladi - so‘q-
moq individual chizgiga ega boladi, konkretlilik kasb etadi;
3) arava glldiragi ezib-yanchigan o‘t-o‘lanlar;
4) g'ildirak
qoldirgan iz, biroq u uzluksiz emas: ayrim
joylarida chuqur iz qolgan, boshqa joylarda iz o‘t-o‘lanlar-
ning ezib-yanchilganidangina bilinadi;
5) izga to'plangan yomg'ir suvi;
6) yomg'ir suvining sarg‘ish-qizg‘imtir tusi;
7) suv sathida aks etgan a) osmon va b) tuproq uyumi.
Tasvir nuqtayi nazaridan qaralsa, parchada to‘rtta
bolak ajraladi: umumiy plan - so'qmoq (1, 2), yirik plan
- g'ildirak ezgan o‘t-o‘lanlar (3), g'ildirak iziga to'plangan
sarg‘ish-qizg‘imtir tusli suv (4, 5, 6) hamda suvda aks
etgan osmon (7 a) bilan tuproq uyumi (7 b). Ya’ni
sanal-
gan detallardan tarkiblangan manzara matnning aynan
yuqoridagicha kompozitsiyasi orqali namoyon etilgan.
Davriy ketma-ketlikda berilgan detallarning pirovardida
yaxlit manzarani hosil qilayotgani esa yozuvchi mahora-
tidan - musavvirona nigohga munosib uslubga egaligidan
dalolat beradi.
Shu o'rinda so‘z bilan tasvirlashning muhim talablari-
dan
birinchisi -
so‘z tanlash
masalasiga qaytish joiz. Ta-
biiyki, tanlov tasvir predmetining tabiatidan kelib chiqib
amalga oshiriladi. Masalan, tahlilga tortilgan parchada
statik (turg'un) holat aks etgan. Shu bois ham unda ot va
258
www.ziyouz.com kutubxonasi
belgi angiatuvchi so'zlar ustuvor. Maindagi ravishdosh
{to'planib -
uni mazmunga hech bir zararsiz
to'plangan
bi-
ian almashtirish mumkin) ham, sifatdoshlar (
ezib-yanchib
o‘tgan, tus oigan)
ham belgi ifodalashga xizmat qiladi. Hat
to fe’l-kesim
(aks etmoq)
ham
harakatni emas, holatni -
suvda osmon va tuproq uyumi aks etib turganini ifodalaydi.
Romandan olingan mana bu parchada statik holat bilan
jarayon tasviridagi so‘z qollash farqini qiyosan kuzatish
mumkin: «Soyning ba’zi joylarida suv sayoz, suvning osti
mayda tosh qumi - zig'irqum. <...> Zig'irqum
ustida mitti
baliqchalar aniq ko'rinadi, birdaniga suzib ketishadi ular,
shunda suvosti qumi to‘zg‘iydi, zarralari asta-sekin o‘z joyi-
ga cho'kadi». Sayoz joy tasvirlangan birinchi jumlada bi-
ronta ham fe’l qollangan emas. Keyingi qo'shma gapning
birinchi sodda gapida tasvirlangan mitti baliqchalarning
koYinibturishi ham mudom takrorlanadigan, ya’ni muayyan
ma’noda turg‘un holatdirki,
ko'rinmoq
fe’l shakli shuni ifo
dalashga mos. Qo‘shma gap
tarkibidagi keyingi sodda
gaplarning «suzib ketishadi» - «to‘zg‘iydi» - «cho'kadi»
fe’llari bilan ifodalangan kesimlari esa ketma-ket yuz ber
gan harakatlar silsilasini tasavvurda jonlantiradi. Yana bir
muhim jihati, mazkur harakatlar turli subyektlar (
baliqcha
lar
;
qum, zarralar)
tomonidan amalga oshirilgani holda,
o'quvchi nigohi bir nuqtaga qaratilgan: o‘sha nuqtada sa-
bab-natija munosabati asosidagi ketma-ketlikda amalga
oshgan jarayon tasvirlangan. Aytish kerakki, badiiy nasrda
so'zning bu boradagi imkoniyatlari juda keng. Jumladan,
so‘z turli subyektlarning bir paytdagi
harakatlaridan tarkib-
langan jarayonni ham to'laqonli tasvirlashga qodir. Ro-
mandagi yana bir epizod - onasi non yopayotgan payt
jajji singlisi qo'rqqanidan chirillab yig‘lab yuborgan holatni
ko'rib chiqamiz: «Onam «Voy o!lay» deb unga qaraganida,
kosovga ilashib chiqqan bir cho‘g‘ ko'ylagiga tushib, tutay
boshlaydi. Singiim esa qattiq qo‘rqqani uchun battar chiril-
laydi. Onamning ko'ylagi bir muddat tutab,
keyin lov etib
259
www.ziyouz.com kutubxonasi
alanga oladi. «Ona-a, yonyapsan», deb baqiraman. Onam
chopib boryapti-yu bir oiovga, bir singlimga qaraydi. Le-
kin to‘xtamaydi, singlimning oldiga yetib boradi, unga hech
nima qilmaganini bilganidan keyingina olovni o'chirishga
urinadi. Obdastadagi suvni olib, ust-boshiga sepib yubora-
di». Yuqoridagi parchadan farq qilaroq, bunda o‘quvchi
nigohi uch subyekt - ona, qizcha va o‘g‘il (roviy)ga
qara-
tiladi. Bu uchala subyektning xatti-harakatlari davriy jihat-
dan o‘z ¡chida
Dostları ilə paylaş: