Dilorom qosimova menejment nazariyasi



Yüklə 8,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/230
tarix27.09.2023
ölçüsü8,03 Mb.
#149835
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   230
Menejment nazariyasi. Qosimova D.S

N azorat savollari
1. M en e jm e n t tushunchasi, uning mohiyati va maqsadi nima- 
lardan iborat?
2. M e n e jm e n t nazariyasi fanining predmeti, qanday izlanish 
uslublari mavjud?
3.
M en e jm e n t subyekti va obyekti nima?
4. M ene jm e nt nazariy tom onlarining asosiy vazifalari nimadan 
iborat?
5. «M enejm ent nazariyasi» kursining vazifalari va boshqa iqti­
sodiy fanlar bilan birgalikda rivojlanishini asoslang.
20


2-bob. MENEJMENT NAZARIYASINING
RIVOJLANISHI. MENEJMENTGA
ASOSIY MUNOSABATLAR
2.1. Q adim gi am aliyot — y an gi fan
2.2. M enejm entning fan sohasi sifa tid a g i evolyu tsiyasi
2.3. Turli m aktablarni ajratish asosid agi yondashuvlar
2.4. Axloq fan la rin in g rivojlanish m aktabi
2.5. O peratsiyalar tadqiqoti va m odellar
2.6. M enejm ent n azariyasi asosch ilari
2.1. Q adim gi am aliyot — yan gi fan
Bu bob menejment tafakkuri evolyutsiyasining ta ’rifini o ‘z ichi- 
ga olgan: menejment tizimlangan ilm-fan va kasb-hunar sifatida shakl- 
lanishidan a w a i u qanday rivojlanganligini ko'rsatadigan. Oldimiz- 
da turgan eng muhim masalalardan biri - bu menejmentni samarali 
qilish uchun hech qanday universal usullar yoki q a t ’iy tamoyillar 
yo'qligini bilishdan iborat. Ammo, shunday yondashuvlar mavjud- 
ki, ular rahbarlarga tashkilot maqsadlarini samarali ravishda amalga 
oshirish ehtimolini orttirishga yordam beryapti. Keyinchalik bayon 
qilingan yondashuvlarning har biri bizning boshqaruv va tashkilotni 
tushunib yetishimizga sezilarli darajada hissa qo'shgan. S hunday 
qilib, bu bobni keyinchalik qator masalalarni ancha jiddiy va batafsii 
ravishda ko‘rib chiqishning kirish qismi, shuningdek, boshqaruvga 
bo'lgan qarashlarning qisqacha tushunchasi deb hisoblash mumkin.
Agar tashkilot muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lsa, m enejm ent 
funksiyalari bajarilishi shart. M en e jm e n t amaliyoti tashkilotlarga 
o 'x s h a sh eski, bu unin g haqiqatan ham qadimiyligini anglatadi. 
Sanasi eramizdan avvalgi uch minginchi yillarni ko'rsatuvchi loy- 
dan qilingan taxtachalarda qadimgi S hum erning savdo-sotiqqa oid 
bitimlari va qonunlari t o ‘g ‘risida m a ’lum otlar yozilg^n, bu u yerda 
m e n e j m e n t a m a liy o ti m a v ju d b o ‘l g a n l i g i n i n g an iq isb o tid ir. 
Arxeologik qazilmalarga qarab bundan ham qadimiyroq tashkilot- 
lar mavjud bo'lganligini, hatto qadimda insonlar tashkillangan gu- 
ruhlar bo‘lib yashaganligini bilsa bo'ladi.
21


Ammo, qadimda m enejm enti mavjud bo'lgan tashkilotlar maz- 
kur kitobda yoritilganlardan katta farq qiiadi. M en e jm e n t faoliyat- 
ning m ustaqil sohasi sifatida faqatgina yigirmanchi asrda tan olin- 
gan. Keyinroq, biz qisman b o ‘lsa-da, buning sabablarini yoritishga 
harakat qilamiz. Hozir esa, tashkilotlarning rivojlanishi va ularni 
b o sh q a rish tarixi h aqida, u iar q ad im d a q a n d a y bo'lg an lik larin i 
ko'rsatish uchun qisqacha t o ‘xtalib o'tam iz.
Qadimda yirik tashkilotlarning vujudga kelishi ular m enejm ent 
darajalarini a jra ta olish m u m k in b o 'lg a n ra sm iy tu z i l m a g a ega 
bo'lganliklarini aniq ko'rsatadi. Bobil osm a bog'lari, M a c h u Pik- 
chu ink shahri va M isr piramidalari faqat muvofiqlashtirilgan, tash- 
killangan boshqarish natijasida paydo bo'lgan.
Iso tu g 'ilis h id a n an c h a oldin yirik siyosiy ta s h k ilo tla r h am
m avjud bo'lgan. B uyuk Iskandar davrida ular M akedoniya, Fors, 
keyinroq Rimdan Osiyo va Yevropagacha yoyilgan. Bu tashkilot­
lar rahbarlari - qirollar va generallar edi. Albatta, mavjud bo ‘lgan 
tashkilotlar faoliyatini t a ’m inla shga yordam bergan leytenantlar, 
g'alla omborlari asrovchilari, podachilar va ish nazoratchilari, hudud- 
lar gubernatorlari va g ‘aznachilar ham bo'lgan.
Yillar o ‘tdi, b a ’zi bir tashkilotlarni boshqarish ancha aniqlasha 
boshladi va m urakkablashdi, tashkilotlarning o ‘zi esa, borgan sari 
kuchli va borgan sari barqaror b o ‘la boshladi. B unga yuzlab yillar 
mavjud bo ‘lgan Rim imperiyasi yaxshi misol b o iadi. General va 
ofitserlardan iborat aniq boshqaruv tuzilmasiga, armiyalarining di- 
viziyalarga bo'linishiga, rejalashtirishga va intizomga ega bo'lgan 
Rim legionlari, yomon tashkillangan Yevropa mamlakatlari, 0 ‘rta 
Sharq davlatlari ustidan g'alabali yurish bilan o'tdi. Bosib olingan 
hududlar Rimga bo'y singan generallar boshqaruviga berilgan, Rim 
bilan aloqani tezlashtirish uchun yo'llar qurilgan. Aloqa (biz buni 
keyinroq batafsil ko'rib chiqamiz) bu tashkilot muvaffaqiyatining 
en g m uhim tarkibiy qismidir. Hozir ham ayrim joylarda ishlatila- 
y o t g a n m a s h h u r y o i l a r i m p e r a to r foydasiga soliq va to 'lo v la r 
yig‘ishga yordam bergan. U ndan ham muhimi, ag a r mahalliy aholi 
yoki mahalliy m a ’m uriyat rim boshqaruviga qarshi bosh ko'tarsa, 
yaxshi yo'llar m am lakat ichida joylashgan legionlarga chetda joy- 
lashgan provinsiyalar bilan tezda b o g ‘lanishga imkon bergan.
22


Zamonaviy m enejm ent ko'rinishlarining deyarli h am m a turlari, 
shakllarini ular bilan s h u g 'u lla n g a n qadimgi yirik tashkilotlarda 
ko'rishimiz mumkin, ammo, u m um an olganda, u vaqtdagi m enej­
m e ntning xarakteri va tuzilmasi bugungidan farqlanadi. Masalan, 
rahbarlar va norahbarlar orasidagi mutanosiblik, o‘rta bo‘g ‘indagi 
rahbarlar kamroq bo'lgan. Oldingi tashkilotlar muhim qarorlarning 
deyarli barchasini o‘zlari qabul qiladigan yuqori bo ‘g ‘indagi rah- 
barlarning kam sonli guruhlariga ega bo'lishiga intilganlar. Rah- 
barlik, ko'pincha, bir odam tomonidan amalga oshirilar edi, bu bir 
aktyor teatriga o'x shar edi. Agar m enejm entning yuqori darajasi- 
dagi shaxs (bu, deyarli ham m a vaqtda, erkak kishi bo'lgan) Yuliy 
Sezar yoki Adrian kabi yaxshi lider va hukm dor bo‘lsa, unda h am ­
m a narsa birmuncha silliq o‘tar edi. Hokimiyatga N eronga o ‘xshash 
noshud rahbar kelganda, hayot zim-ziyoga aylanishi mumkin edi.

Yüklə 8,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   230




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin