Dilorom qosimova menejment nazariyasi


M enejm entda tiz im li yondashuv



Yüklə 8,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/230
tarix27.09.2023
ölçüsü8,03 Mb.
#149835
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   230
Menejment nazariyasi. Qosimova D.S

3.3. M enejm entda tiz im li yondashuv
M e n e jm e n td a tizimli yondashuv, avvalo, m en ejm en t obyekti 
m u rak k a b ijtimoiy-iqtisodiy, o 'z g a ru v c h a n tizim, ichki tartib va 
o'zaro aloqada bir butun yaxlitlikni tashkil etuvchi unsurlar yig'indisi 
sifatida o'rganilishini ifodalaydi. Tizim yondashuvi boshqariladi- 
gan o b y e k t n i n g b a r c h a ta rk ib iy q ism la ri u zviy am al qilishini 
t a ’minlaydi, bir tomonlama yondashuvni inkor etadi, tizimning turli 
unsurlari o'rtasida nomutanosiblik va qarama-qarshiliklarni bartaraf 
etishga yordam beradi va shu sababli faqat m enejm ent obyektiga 
nisbatan emas, balki m en ejm entning o'ziga nisbatan ham amalga 
oshirilishi kerak.
M ura kkab ijtimoiy-iqtisodiy tizimni o'rganish jarayonida m e ­
nejm entda tizimli yondashuv mohiyati asosan quyidagilardan ibo­
rat:
52


- m enejm ent maqsadlarini yaratish;
- qo'yilgan m aqsadlarni am alga oshirishdan e n g kam xarajat 
qilib, en g katta sam araga ega bo'lish;
- maqsad, usul va ularga erishish vositalariga miqdoran baho 
berish va faoliyatning rejalashtirilgan natijalariga ega bo'lishning 
barcha imkoniyatlarini baholash.
H ar bir m urakkab tizim yirik tizim unsuri sifatida o‘rganiladi, 
unin g ushbu yirik tizim boshqa unsurlari bilan o'z aro t a ’siri va 
aloqasi tahlil etiladi. Nisbatan mustaqil (alohida) tizim o'rganilganda 
uning unsurlari quyi tartibdagi kichik tizimga ajratiladi ham da bu 
unsurlarning o'zaro aloqa va t a ’siri tadqiq qilinadi. Masalan, agar 
milliy xo'jalik o'rganiladigan bo'lsa, u bir tom ondan yirik tizim 
sifatida, b o sh q a t o m o n d a n milliy x o 'jalik ta rm o q la ri u n s u rla r i 
(sa noat, qishloq xo'jaligi, tra n s p o r t, qurilish va h.k.) yig'indisi 
sifatida tahlil qilinishi mumkin. Sanoatni milliy xo'jalik tizimining 
unsuri sifatida ham da kichik tarmoqlar, sohalar, ishlab chiqarish 
birlashm alari, korxonalar birikmasi sifatida, korxonani esa ham
assotsiatsiya, aksiyadorlik jamiyatlari, firma, birlashm alar unsuri 
sifatida, ham sex, bo'linma, brigadalar majmui sifatida o'rganish 
mumkin.
M en e jm e n td a tizimli yondashuv ko'plab m uam m olarni sama- 
rali hal etish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Uni qo'llash m aqsad­
larni aniq bayon qilish, vazifalar ko'lami va bajarilishi lozim bo'lgan 
ish xususiyatlari haqida ta s a v v u rg a ega bo'lish, tizim doirasida 
bo'y sinish tartibini o 'rnatish, qaror qabul qilish va uni bajarish 
borasida majburiyat va javobgarlikni taqsim lash imkonini beradi.
Tizimli yondashuvning asosiy vazifasi butun tizim amal qilish 
samaradorligini oshirishdan iboratdir.
Tizimli yondashuvni qo'llash um u m an vaziyatga baho berish 
barcha holat va oqibatlarni hisobga olgan holda boshqaruv qaror- 
lari qabul qiluvchi h ar bir rahbar uchun zarurdir. M en e jm e n td a
tizimli yondashuvni qo'llash rahbardan m antiqiy fikr yuritishni, 
y a ’ni h ar bir q a r o rg a kelish va a s o s la s h ja ra y o n id a tiz im n in g
um um iy maqsadini aniqlash va barcha kichik tizimlar faoliyatini bu 
m aqsadga erishishga yo'naltirishni talab etadi. B unda har bir tizim 
undan yirikroq tizim n in g tarkibiy qismi sifatida o'rganiladi, uni
53


rivojlantirishning u m u m iy maqsadi ushbu yirik tizim rivojlanishi 
maqsadi bilan muvofiqlashtiriladi.
Tizimli yo n d ash u v d a vazifalar tash k ilo tg a m oslashtirilm aydi, 
aksincha, tashkilot qo'yilgan m aqsadlar va ularni hal etish usullariga 
muvofiq holda tashkil etiladi yoki qayta tuziladi.
Kibernetika va u nga b o g ‘liq ravishda maqsadlarni va boshqaruv 
qarorlarini aniqlash, ishlab chiqarish, tekshirish, tadbiq etish, m a te ­
m atik usul va kom pyuterni q o lla sh tizimli yondashuvning m uhim
54


unsurlaridan biriga aylanib qoldi. Model so‘zlar vositasida, formu- 
Ialar yordamida bayon qilinishi, chizma bilan ifodalanishi, kompyuter 
yordamida tizimni amalda tushunish, yangi, ilgari n o m a ’lum bo'lgan 
haqiqatni topishga yo'naltiriladi.
Bilimlarning hozirgi darajasi m urakkab tizim b o'lgan iqtiso- 
diyotni bo sh q arish d a chiziqli va dinam ik d a stu rla sh , yoppasiga 
xizmat ko'rsatish, o'yinlar nazariyasini qo'llash, statistik m a ’lumot- 
larni o'rganish jarayonida har tom onlam a korrelyatsiya usulidan 
foydalanish imkonini beradi.
Tizimli yondashuvning kompyuterlarni qo'llash natijasida rivo- 
jlanishi m a ’lum otlarning aniqlashtirilgan, kengaygan bazasidan sa- 
marali foydalanish imkonini beradi va o'z navbatida axborot yig'ish 
va uni qayta ishlashni talab etadi. Iqtisodiyot tarkibi o'zgarishi 
haqida ilmiy asoslangan, aniq axborotga ega bo'lmay turib, uning 
samaradorligini oshirish yo'llarini aniqlab bo'lmaydi.
Shunday qilib, respublika iqtisodiyotiga o'zaro bog'liq jarayonlar 
tizimi sifatida qarash m um kin. Qandaydir bir jarayon natijasida 
m a ’lum m ahsulot yaratiladi va bu m a ’lum xarajatlar yig'indisi bilan 
bog'liqdir.
Ikki jarayon o'rtasida to'g 'ridan-to'g 'ri bog'liqlik mavjud bo'lib, 
bunda bir jarayon mahsuloti bo'lgan ko'm ir elektroenergetika uchun 
resursdir. Bunday aloqalarning tarm og'i bir-biriga bog'liq unsurlar 
tizimini tashkil etadi.

Yüklə 8,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   230




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin