Din antropologiyasi nazariyasi va uning umumiy tasnifi reja



Yüklə 31,45 Kb.
səhifə7/12
tarix02.04.2022
ölçüsü31,45 Kb.
#54614
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Din antropologiyasi nazariyasi va uning umumiy tasnifi

Din antropologiyasi.Dinlarning inson bilan aloqasining turli jabhalarini o‘rganuvchi soha. U din psixologiyasi va sotsiologiyasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Uning asosi qadimgi miflarga borib taqaladi.

Jumladan, barcha dinlar va diniy tasavvurlarda birinchi odamning paydo bo‘lishi Xudo yoki xudolar tomonidan yaratilish g‘oyasi bilan bog‘lanadi. Masalan, qadimgi Bobilda yaratilgan «Enum Elish» dostonida dastlabki inson xudolar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan urushdan so‘ng loy va qondan paydo bo‘lgani, Qadimgi Misrdagi afsonalardan birida esa Xnum nomli iloh odamni kulolchilik charxi yordamida loydan yasagani aytiladi. SHu bilan birga, islom, xristianlik va yahudiylik dinlarida ham insoniyat yagona Xudo tomonidan tuproqdan yaratilgani aytilib, ilk inson Odam yoki Adam deb nomlanadi. Umuman olganda, din antropologiyasi barcha dinlardagi inson haqidagi g‘oyalarni o‘rganib, tizimlashtiradi.

Din antropologiyasini o‘rganishda qator metodlar mavjud bo‘lib, falsafiy, materialistik maktab vakillari dinshunoslikning bu sohasini ham evolyusion nazariyaga moslashtirishga harakat qilganlar. Jumladan, ko‘plab adabiyotlarda Jahon dinlari o‘zlarining aksar e’tiqodlarini qadimgi Bobil, Misr, Mesopotamiya, fors va hind afsonalaridan o‘zlashtirgani aytib o‘tiladi. Bu, bir yoqlama yondashuv bo‘lib, teologik metod tarafdorlari dinlardagi bu o‘xshashlikni ularning bir o‘zakdan kelib chiqishi bilan bog‘laydilar. Dinshunoslikda esa, barcha dinlarning antropologik qarashlari, hech qanday shaxsiy fikr bildirmagan holda, boricha o‘rganish nazarda tutiladi.

Dinshunoslik yuqoridagi fan sohalaridan tashqari, boshqa bir qancha ilm turlari bilan ham bog‘liq. Ularning ichida birinchilardan bo‘lib tarix o‘rin oladi. Tarix, makon va zamon ta’yin qilgan holda o‘tmishdagi voqea-hodisalarni o‘rganuvchi bir ilm turi bo‘lishi bilan birga moziy va hozirdagi dinlarning tarixiy shakllanishi jihatidan Dinlari tarixiga yaqindan ko‘makchi bo‘ladi.



Yüklə 31,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin