Din antropologiyasi nazariyasi va uning umumiy tasnifi reja


Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari hamda boshqa sohalar bilan bog‘liqligi



Yüklə 31,45 Kb.
səhifə2/12
tarix02.04.2022
ölçüsü31,45 Kb.
#54614
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Din antropologiyasi nazariyasi va uning umumiy tasnifi

1. Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari hamda boshqa sohalar bilan bog‘liqligi. Dunyo xaritasida mavjud mamlakat borki, unda yashovchi xalqlarning o‘z dini, urf-odatlari va an’analari mavjud. Ana shu qadriyatlar xalqlarning yurish-turishi, kundalik faoliyati va umuman hayot tarzini belgilashda asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. «Dinshunoslik» fani ana shu muhim omilni tadqiq etib, tahliliy o‘rganadi.

«Dinshunoslik» fanini o‘qitishdan maqsad talabalarga diniy va milliy qadriyatlarning tarixan mushtarakligi, ularning umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unligini tushuntirish, ularda diniy bag‘rikenglik madaniyatini, dinga nisbatan to‘g‘ri yondashuvni shakllantirish va jamiyat uchun yuksak ma’naviyatli kadrlarni tayyorlashdan iborat.

Mustaqillik davrida jahonda xalqlarining dinlari haqida keng ma’lumot olish, ularning qadriyatlarini o‘rganish imkoniyati yuzaga keldi. Natijada, dinshunoslik fani izchillik bilan rivojlana boshladi. Bunda, ajdodlarimiz qoldirgan boy ilmiy-ma’naviy merosni o‘rganish bilan birga shu kunga qadar chet ellarda amalga oshirilgan izlanish va tadqiqotlarning natijalaridan unumli foydalanish zarurati paydo bo‘ldi.

«Dinshunoslik» fani dinni tanqid qilish yoki ko‘r-ko‘rona maqtash maqsadida emas, balki dinni tarixiylik, xolislik asosida turli xalqlar hayotida tutgan o‘rnini ilmiy jihatdan, ma’naviy hayotning bir bo‘lagi sifatida yondoshib o‘rganadi.




Yüklə 31,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin