Shri-Lanka, Tibet, Janubiy-Sharqiy Osiyo havzasi buddizmi.
Xitoydinlari(daosizm,
konfutsiylik, buddizm maktablari).
Koreya va Yaponiya dinlari.
Amerika hindulari dinlari:A) Toltek va atsteklar dinlari.
8.1.9-chizma.
Etnik tasnifiga koʻra:
Urugʻ-qabila dinlari – totemistik, animistik tasavvurlarga asoslangan, oʻz urugʻidan chiqqan sehrgar, shomon yoki qabila boshliqlariga sigʻinuvchi dinlar. Ular millat dinlari va jahon dinlari ichiga singib ketgan boʻlib, hozirda Avstraliya, Janubiy Amerika va Afrikadagi ba’zi qabilalarda saqlanib qolgan.
Millat dinlari– ma’lum millatga xos boʻlib, boshqa millat vakillari oʻziga qabul qilmaydigan dinlar. Ularga yahudiylik (yahudiy millatiga xos), sintoizm (yaponlarga xos), hinduiylik (hindlarga xos) kiradi.
Jahon dinlari – dunyoda eng koʻp tarqalgan, kishilarning millati va irqidan qat’i nazar unga e’tiqod qilishlari mumkin boʻlgan dinlar. Unga buddaviylik, xristianlik va islom dini kiradi.
195
Bundan tashqari dinlar ta’limotiga koʻra monoteistik – yakka-xudolik (yahudiylik, islom) va politeistik – koʻpxudolik (hinduiylik, konfutsiyalik) dinlariga boʻlinadi.
Monoteizm – ko‘p sonli xudolar orasida kuch-qudratda yagona bir xudoni farqlab, shu tariqa dunyoviy podsho hukm suruvchi real hayot haqidagi o‘z tasavvurlarini yagona va qudratli xudo yashaydigan narigi dunyo bilan go‘yoki muvofiq holatga keltirilishidir (yunon. mono – bir va theos - xudo).