“Din” arabcha soʻz boʻlib, oʻzbek tilida “ishonch”, “itoat”, “jazo” degan ma’nolarni anglatadi.
Din falsafasi – dinning vujudga kelishi, tarixiy takomili va namo-yon boʻlish shakllarining falsafiy mazmun-mohiyati diniy gʻoyalar va tamoyilllarining inson va jamiyat hayotidagi oʻrni va roʻlini har tomonlama va chuqur tahlil qilish asosida shakllangan falsafiy bilimlar; falsafaning eng qadimgi shakllaridan biri, din hodisasining falsafiy tahlili, xususan, dinning bilish nazariyasi, mantigʻi.40 Yoxud boshqacha aytganda, dinning mazmun-mohiyati, ijtimoiy hayotdagi oʻrnini tushuntirishga yoʻnaltirilgan falsafiy bilim sohasidir. Din hamisha falsafiy tahlil obyekti boʻlib kelgan. Din haqidagi falsafiy qarashlar dastlab muayyan ta’limotlarda aks ettirilgan XVIII–XIX asrlarga kelib, din falsafasi alohida fan sifatida shakllandi. Bunda B.Spinoza, F. Shelling, G. Gegel, L. Feyerbax kabi faylasuflar hamda F.Shleyermaxer, T.Til, S.Kerkegor kabi teologlarning xizmati katta boʻlgan. Hozirgi davr falsafiy ta’limotlarida ham din falsafasi oʻziga xos tarzda talqin va tahlil etilmoqda. Bunday yondashuvlarda zamonaviy Sharq falsafiy ta’limotlari, Gʻarb maktablari (naturalizm
Nazarov Q. Jahon falsafasi qomusi. –1-kitob.–T.: “Ma'naviyat” nashriyoti, 2012.-323-bet.
184
materializm, ekzistensalizm, pragmatizm, pozitivizm, analitik falsafa kabi) ta’siri katta. Hozirgi vaqtda din falsafasi oʻz muammolari, tadqiqot predmeti va obyektiga ega boʻlgan, nisbatan mustaqil falsafiy bilim sohasiga aylandi.
Dinning obyekti.Falsafada din – ijtimoiy-tarixiy hodisa, kishilik jamiyati taraqqiyotining muayyan bosqichida paydo boʻlgan ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida talqin etiladi. Dinning mohiyati turlicha izohlansada, uning asosida ishonch, e’tiqod tuygʻusi yotadi.