Falsafiy-nazariy funksiyasi: yashashdan maqsad va hayot mazmuni, dorilfano va dorulbaqo dunyo masalalariga munosabatini bildiradi.
8.1.3-chizma.
Dinshunoslik ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan uzviy bogʻliq holda shakllanib, rivojlangan va hozir ham bu jarayon davom etmoqda.
Dinshunoslikning falsafa bilan bogʻliqligi. Falsafada din ijtimoiy-tarixiy hodisa, kishilik jamiyati taraqqiyotining muayyan bosqichida paydo boʻlgan ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida talqin etiladi. Din islom ta’limotiga koʻra, tabiat va insonni yaratgan, ayni vaqtda insonga toʻgʻri, haqiqiy hayot yoʻlini koʻrsatadigan va oʻrgatadigan ilohiy qudratga ishonchni ifoda etadigan ta’limot.
Dinning mohiyati turlicha izohlansada, uning asosida ishonch, e’tiqod tuygʻusi yotadi. Falsafa tarixida din turli shakllarda namoyon boʻlgan. Dinning dastlabki koʻrinishlari fetishizm, totemizm, animizm, sehrgarlik va boshqalar falsafada oʻrganiladi. Din falsafasida – dinning mazmun-mohiyati, ijtimoiy hayotdagi oʻrnini tushuntirishga yoʻnal-
188
tirilgan falsafiy bilim sohasidir. Din haqidagi falsafiy qarashlar dastlab muayyan ta’limotlarda aks ettirilgan boʻlsa, XVIII-XIX asrlarga kelib, din falsafasi alohida fan sifatida shakllandi.
Dinning tarkibiy qismlari (axloqiy elementlari bilan birga huquqiy, siyosiy jihatlari ham mavjud)
Diniy ong – diniy tasavvurlar, gʻoyalar, his-tuygʻu kayfiyatlarni ifodalaydigan qarashlar tizimi. U diniy marosimlarni, tasavvurlarni mustahkamlaydi. Diniy ongning
darajasi yoki bosqichi mavjud: 1) Diniy psixologiya – kishilarning diniy his-
tuygʻulari, odatlari, an'analari va kayfiyatlari majmui; 2) Diniy ideologiya – diniy tashkilotlar orqali malakali diniy shaxslar targʻib etadigan turli diniy gʻoyalarning muayyan tizimidir.
Dostları ilə paylaş: |