Din” arabcha soʻz boʻlib, oʻzbek tilida “ishonch”, “itoat”, “jazo” degan ma’nolarni anglatadi. Din falsafasi



Yüklə 214,49 Kb.
səhifə19/19
tarix24.12.2022
ölçüsü214,49 Kb.
#77740
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Birgina 2017 yilning oʻzida:


  1. Oʻzbekiston Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi Qarori bilan “Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi” tashkil etildi.



  1. Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 19-maydagi “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qarori bilan uning ijrosi ta’minlandi.



  1. Oʻzbekiston Prezidentining Qarori bilan 2017-yil 23-iyunda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Islom madaniyati markazi” tashkil etildi.



  1. 2017-yil 15-dekabr Prezident Qarori bilan “Oʻzbekiston Islom Akademiyasi” tashkil etildi.



  1. Toshkent shahrida Islom silvilizatsiyasi markazi barpo etildi.

  2. Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy tadqiqotlar markazi

tuzildi.


  1. “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (2018-yil 16-aprelda) Prezident Farmoni qabul qilindi.



  1. “Toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazilishini tartib-ga solish toʻgʻrisida”gi Oliy Majlis Senatining (2018-yil -yun) qarori qabul qilindi.

Umuman, Oʻzbekiston xalqi qadimdan bagʻrikeng xalq boʻlgani sabab qadimda ham bugungi kunda ham boshqa din va konfessiya vakillari bilan tinch-totuv yashab kelmoqda.

Afsuski, ushbu tinchlikni koʻra olmaydigan ba’zi gʻaraz niyatli kuchlar xalqimizni asl ildizlaridan mahrum qilish maqsadida dinni niqob qilgan holda turli aqidaparastlik va missionerlik gʻoyalarini xufyona targʻiboti bilan shugʻullanayotganlari ham bor gap. Ulardan missionerlarni oladigan boʻlsak ular, eng avval dinidan uncha xabardor boʻlmagan, dinga yengil munosabatda boʻlgan yoki oʻzini musulmon hisoblasa-da, hayotida musulmonchilikning biron-bir belgisi qolmagan shaxslar, shuningdek, kam ta’minlangan, bemor, yolgʻiz qolgan fuqarolar, hatto kar, soqov nogironlar orasida targʻibot olib boradilar.

209

Zimmasidagi fuqarolik majburiyatlari, haq-huquqlari va dinimizning asosiy tartib-qoidalaridan yaxshi xabardor boʻlgan kishiga yaqin ham borishmaydi. Ha, shariatda ilmning har bir moʻmin va moʻmina uchun farz qilib belgilangani bekorga emas.

Buyuk ajdodimiz Imom Buxoriy hazratlarining “Dunyoda ilmdan boshqa najot yoʻq va boʻlmaydi ham” degan hikmatlarini yodda tutib, yoshlarimizni dunyoqarashi keng, imon-e’tiqodi mustahkam boʻlishi uchun ilmga yoʻnaltirish barchamizning dolzarb vazifamizdir. Chunki barcha xatolar va muammolarning boshi ilmsizlikdir.

“Bagʻrikenglik” tushunchasi ilmiy faoliyat va ijtimoiy hayotning turli sohalari, jumladan, siyosat va siyosatshunoslik, sotsiologiya, falsafa, ilohiyat, qiyosiy dinshunoslik kabi sohalarda keng istifoda etiladigan tushunchalardan biri hisoblanadi. Lotincha “tolerare”, ya’ni “chidamoq”, “sabr qilmoq” ma’nosini anglatgan bu soʻz, asosan bir insonning boshqa inson dunyoqarashiga toqat qilishini bildirsa-da, etimologik tahlil har doim ham uning tom ma’nosini ochib beravermaydi.

Islom dini oʻzining ilk davridanoq bagʻrikenglik dini sifatida namoyon boʻldi. Islomda e’tiqod erkinligi ochiq-oydin e’lon qilingan: “Baqara” surasining 256-oyatida “Dinda zoʻrlash yoʻq”, deyilgan.

Umuman olganda, Qur’onning 50 dan ortiq surasidagi yuzlab oyatlarda musulmonlar moʻmin-qobillik, tinchlikparvarlik va boshqa e’tiqod vakillariga nisbatan bagʻrikenglik da’vat etilgan.

Muhammad alayhissalom ham oʻz hayotlari davomida hech qachon hech kimni islomga kirishga majbur qilmaganliklarini, biron marta u yoki bu harbiy harakat diniy e’tiqod tufayli boʻlmaganini ham yoddan chiqarmaslik lozim.

Tarixdan ma’lumki, har qanday davlatning barqarorligi undagi xalqlar, millat va elatlarning huquq va erkinliklari faqatgina qonuniy hujjatlarda belgilanishiga emas, balki ularning amalda qay darajada oʻz tasdigʻini topishiga ham bogʻliqdir. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, mamlakatimizda fuqarolarning vijdon erkinligi bilan bogʻliq huquqlari nafaqat qonun bilan mustahkamlab qoʻyilgani, balki amaliyotda uning asosiy tamoyillarga qat’iy rioya qilinayotgani hayotiy dalillar bilan tasdiqlanayotganini ta’kidlash zarur.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 23-sentabrda BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida ta’kidlaganidek,



210
Yüklə 214,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin