Dinning kelib chiqishi haqidagi nazariyalar:
Dinning tarixiyligi masalasiga 2 xil javob berganlar:
1) Marksistik ta’limotga koʻra, qandaydir muddatda insoniyat dinsiz yashagan va jamiyatning muayyan bosqichida, yuqori poleolit davrida, bundan 20-40 ming yil ilgari paydo boʻlgan.
2) Dinning kelib chiqishi insoniyatning paydo boʻlishi bilan bevosita bogʻliq.
E.Taylorning evolutsion nazariyasiga koʻra, “faylasuflik qilgan yovvoyi odam”ga taqaydi, shundan soʻng ruhlar, xudolar, farishtalar paydo boʻlgan.
Birinchi yolgʻonchi birinchi nodonni uchratganda din paydo boʻlgan. Yomon niyatli insonni toptash natijasida ibtidoiy odam yuzaga kelgan.
“Bir odam boshqalarni aldash natijasida kelib chiqqan” degan fikrlar tanqidga uchradi.
8.2. Oʻzbekistonda davlat va din munosabatlari. Oʻzbekistonda faoliyat koʻrsatayotgan diniy konfessiyalar va tashkilotlar
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 18-oktabrda shunday degandi: “Oʻzbekistonda mustaqil va kuchli davlat qurishdan asosiy maqsad inson, uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblanadigan va hurmat qilinadigan adolatli jamiyat
barpo etishdir. Ayni vaqtda musulmon olami va jahon hamjami-yatidagi munosib oʻrnimizni yanada mustahkamlashdir”.43
Dunyoda musulmon mamlakatlarining 3 xil guruhi mavjud
Islom davlat dini mamlakatlari, ya'ni din asosiy davlat siyosati, gʻoyasi, mafkurasi sifatida yuritiladigan davlatlar. Masalan, Eron Islom
Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasi, Afgʻoniston Islom Respublikasi, Quvayt, Saudiya Arabistoni, Mavritaniya Islom Respublikasi va hokazo.
Ayrim dinlarga, xususan Islomga ustuvor mavqe beradigan musulmon davlatlari. Masalan, Indoneziya (aholisi 87 foiz musulmonlar), Marokash (98,7 foiz), Bangladesh, Nigeriya (50 foiz), Albaniya (musulmonlar 70 foiz), Turkiya, Bahrayn, Maldiv va hokazo.
Huquqiy demokratik musulmon mamlakatlari (Din davlatdan ajratilgan).
O‘zbekiston, Turkmaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Ozarbayjon va
hokazo. Yoki davlat tizimi sekulyaristik bo‘lib, unda biron bir dinga ustuvorlik huquqi bermaydigan davlatlar ham kiradi (AQSH, Fransiya, O‘zbekiston kabi).
Dostları ilə paylaş: |