Klassik modeli. Fransiya, Rossiya, Oʻzbekiston
Indifferensial (lot. “indifferntia” – farqsiz, farqi yoʻq). AQSH, Yaponiya. Bu model “dunyoviy yoki fuqaroviy din” tushun-chasini anglatadi.
Preferensial (lot. “Praeferens”, “Praeferentis” – afzal, afzallik). Italiya, Isroil, Germaniya, Polsha, Ispaniya.
Sekulyarizm – Oʻzbekistonda din va davlat munosabatlarini tartibga solishning asoslari yoxud ilmiy paradigmalari:
1. Din va davlat munosabatlari ratsional muvozanatni saqlashda din tabiatidan emas, balki inson tabiatidan kelib chiqishi lozim. Inson tabiati ziddiyatlaridir. Inson tabiatida agressivlik, zoʻravonlik va kuch ishlatishga moyillik xususiyatlari mavjud. Inson bir vaqtning oʻzida yaratuvchi, yakson qiluvchi mavjudotdir47.
2. Din va davlat munosabatlarida ratsional muvozanatni saqlash, umuman, davlat va din oʻrtasidagi muvozanatni saqlash uzluksiz va muntazam tarbiyani taqozo etadi. Demak, inson zotida qonun, qoida, amrga itoat etmaslik qusuri azaldan mavjud.
3. Din va davlat dixotomiyasida inson ichki ziddiyati faqat ma’rifiy usulda hal qilinishi mumkin. Inson vujudi uch turlik – rahmoniy, hayvoniy, shaytoniy quvvatlar bilan yaratilishidir. Demak,
Цит.по: Мирошникова Е.М. Государство и нетрадиционные религиозные движения в ФРГ. Тула, 1997.
– С.1.
47Alixonto‘ra Sog‘uniy, Ahadxon to‘ra G‘afforov. Bizdan emasdirlar, vatanni sevmaganlar. – Toshkent, “Movarounnahr”, 2005. – B. 16.
ma’rifat insonning ichki ziddiyatini bartaraf etish uchun eng ma’qul yoʻldir.
Din va davlat munosabatlari din uchun hayotiy ahamiyatga ega boʻlib, bu munosabat uzoq tarixiy an’anaga ega – islomning ilk davrida xorijiylar degan ratsional islomiy oqimi vujudga kelishining oʻzi buni ta’kidlaydi.
Din va davlat oʻrtasidagi muvozanatga faqat ma’rifiy, demokratik davlat sharoitidagina erishiladi. Demokratik davlat sharoitida vijdon erkinligi huquqiy jihatdan ta’minlanadi, diniy e’tiqod taqiq va ta’qib ostida boʻlmaydi.
Dostları ilə paylaş: |