Ilmiy jihatdan qaraganda dinning jamiyat hayotiga ta'sirining 2 tendensiyasi mavjud
Sakralizatsiya (lot. muqaddas) tendensiyasi ta'siri deganda ijtimoiy hayotni, ijtimoiy institutlarni, kishilar hayoti va ongini muayan diniy e'tiqod doirasida talqin qilish va izohlashdir. Sharqda podshoh Ollohning yerdagi noibi, vakili degan aqida bilan uni so‘zsiz bajarish lozim degan fikr singdirilgan. O‘zbekistonda sakralizatsiya tamoyili islom dini an'analarini jamiyat va inson hayotining barcha sohalarini diniy qiyofa berish va jamiyatni boshqarish ishlarini ilohiylashtirishni ko‘zda tutadi. Gʻarbda bu tamoyil klerikalizatsiya (lot. cherkov) bilan bogʻliq.
Sekulyarizatsiya(lot. dunyoviy degan ma'noni bildiradi) – tendensiyasi ta'siriga ko‘ra, diniy e'tiqodning jamiyat va kishi hayotining barcha sohalaridagi mutlaq hukmronligiga barham berish, hokimiyatni din ta'siridan xalos qilish, dunyoviy taraqqiyot yo‘liga o‘tishni anglatadi. Gʻarbda sekulyarizatsiya davlatni dindan, maktabni esa cherkovdan ajratgan, ularning bir-biridan mutlaq rivojlanishiga olib kelgan. Sekulyarizatsiya, umuman, jamit hayotida ijobiy ahamiyatga ega. O‘zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlari sekulyarizm prinsipi asosida rivojlan-tirilgan.
8.2.4-chizma.
I. “Sekulyarizm – inson dunyoviy ishlari uchun gʻam-xoʻrlik qiluvchi, biroq Xudoga e’tiqod qilish va istiqboldagi holatdan tashqari boʻlgan axloqiy ta’limot” deb, tariflanadi. Sekulyarizmning ilk ma’nosi bilan bugungi ma’nosi oʻrtasida farq mavjud. Agar oʻzining ilk ishlatilishida sekulyarizm mazmun jihatidan quydagi uch tarkibiy qismni qamrab oladi.
Cherkov qarmogʻida, tasarrufida boʻlgan yerlarni davlat hisobiga musodara qilish, davlat ixtiyoriga oʻtkazish.
Dinni dunyoviy turmush tarziga moslashtirish (uni
“dunyoviylashtirish”).
Kishini diniy ongdan ozod qilish, ya’ni uning dunyo-qarashini shakllantirishda cherkov ta’sirini cheklash, fanga cherkov aralashuviga chek qoʻyishini qamrab oladi52.
8.2.5-chizma.
Saifnazarov I., Obidov A. Dinlararo hamjihatlik – ijtimoiy bag‘rikenglik omili. – T.: Innovatsion rivojlanish nashriyot matbaa uyi, 2019. 34-37-betlar.
206
“Sekulyarizm” atamasi, lotincha “Secular”, “Secularus” so‘zidan olingan bo‘lib, “dunyoviy tamoyil”, dunyoviylik degan ma'noni anglatadi
“Resekulyarizatsyiya”– din va davlat munosabatlarida ateizm, dahriylik siyosati hukm surgan davrlarga barham berish, din va davlat o‘rtasida ziddiyatni emas, balki o‘zaro dialogni qo‘llab-quvvatlash bilan bogʻliq siyo-satdir. Tarix nuqtayi nazaridan resekulyarizatsiya din va davlat munosabatlarida uch asosiy bosqichga bo‘linadi.