Din falsafasining predmeti. Tabiat, jamiyat, inson va uning ongini, yashashdan maqsadi hamda taqdirni bevosita qurshab olgan, atrof-muhitdan tashqarida boʻlgan, insonni yaratgan, ayni zamonda unga birdan-bir “toʻgʻri”, “haqiqat” va “odil” hayot yoʻlini koʻrsatadigan va oʻrgatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash, ta’limotdir.
Din (arab. ishonch,)
ishonmoq):
Ijtimoiy-ma'naviy hayot hodisasi, ilohiy kuchlarga ishonch-e'tiqod asosida shakllangan gʻoya va qarashlar tizimi
Borliqni yaratuvchi va boshqaruvchi oliy mavjudot, ya'ni Xudoga nisbatan munosabat, tasavvur, urf-odat va marosimlar majmui.
Dinshunoslik – kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining muayyan bosqichida paydo bo‘lgan barcha din shakllarining ma'naviy, ijtimoiy, gnoseologik va psixologik ildizlarini, ularning ta'limoti
va marosimlari, ijtimoiy hayotdagi mavqei va ijtimoiy funksiyalarini ilmiy jihatdan o‘rganuvchi fandir.
8.1.1-chizma.
Din va diniy qarashlarni oʻqitishdan maqsad – talabalarni dinlarning turlari, tarixi, rivojlanishi, ta’limoti, asosiy manbalari, oʻtmish va hozirgi kunda xalqlar hayotida tutgan oʻrnini oʻrgatish orqali oʻz xalqi va Vatani tarixini yaxshi biladigan, boshqa millat va elatlar oldida buyuk allomalarning avlodlari boʻlgan yuksak madaniyat va ma’naviyatli xalq farzandi ekanligini namoyon eta oladigan insonlar qilib tarbiyalashdan iborat.
Din
Tabiat, jamiyat, inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri insoniyatni bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bo‘lgan, uni yaratgan, ayni zamonda insonlarga to‘gʻri, haqiqiy, odil hayot yo‘lini ko‘rsatadigan va o‘rgatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash, ta'limotdir.
8.1.2-chizma.
Din falsafasi talabalarda din, uning turli shakllari, ta’limotlari, yoʻnalishlari, mazhablari haqida toʻgʻri ilmiy xulosalar chiqara oladigan, diniy va dunyoviylik munosabatlarini asosli tahlil qila oladigan dunyoqarashni shakllantiradi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Kons-titusiyasi, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonun, Jinoyat, Fuqarolik, Oila kodekslaridagi din va vijdon erkinligi haqidagi koʻrsatmalar, qoidalar dasturulamal boʻlib xizmat qilinishi lozim. Din va qonun oʻzaro munosabatlarini yaxshi bilish respublikada demokratik, huquqiy davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish va mustah-kamlashga xizmat qiladi.
Din insoniyat ma’naviy hayotining tarkibiy qismidir. Oʻzbekiston Respublikasida ziyolilar oldiga ma’naviy barkamol insonni shakllantirish vazifasi qoʻyilgan bir paytda din masalasini chetlab oʻtish mumkin emas. Mazkur masalani hal etishda ilgarigi dinga agressiv hujum etish uslubining asossizligi hammaga ochiq-oydin. Lekin keyingi paytda paydo boʻlgan diniy boʻlmagan masalalarni diniy deb atash, har qanday, hatto bir-biriga zid boʻlgan, fikrlarni tahlil qilmasdan turib maqtash uslubi ham oʻzini oqlamaydi. Demak, ushbu masalaga prinsipial, professional, ilmiy yondashuv darkor41.
Dostları ilə paylaş: |