Din” arabcha soʻz boʻlib, oʻzbek tilida “ishonch”, “itoat”, “jazo” degan ma’nolarni anglatadi. Din falsafasi



Yüklə 214,49 Kb.
səhifə7/19
tarix24.12.2022
ölçüsü214,49 Kb.
#77740
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
8.1.5-chizma.

Ma’naviyat va din – ma’naviyat mezonlaridan biri boʻlgan, insonning iymon va tafakkurini kamol toptirish, mustahkam e’tiqod va dunyoqarashini shakllantirishga xizmat qiladigan diniy qadriyatlar kishilarning yuksak ma’naviy ideallari, haq va haqiqat, insof va adolat toʻgʻrisidagi orzu-armonlari bilan uzviy bogʻliq tarzda rivojlanadi, Din ma’naviyat takomilida, milliy madaniyat va turmush tarzi, urf-odat va qadriyatlar, an’analarning bevosita saqlanishi hamda asrlar mobaynida xalq qalbiga chuqur oʻrnashishida ma’naviy omil boʻlib kelgan. Insoniylik, mehr-oqibat, yaxshilik, qanoat, saxovat, mehr-shafqat kabi fazilatlar koʻplab boshqa omillar qatori diniy qadriyatlar ta’sirida ham rivojlanadi. Islom dinining asoslarini oʻrganish, uning ma’naviy-ma’rifiy gʻoyalarini rivojlantirish, moʻtadil e’tiqod negizlarini ishlab chiqishda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Mansur Moturudiy, Bahouddin NAQSHband, Xoja Ahmad Yassaviy, Burhoniddin Margʻinoniy, Najmiddin Kubro kabi ulugʻ ajdodlarimizning xizmati singgan. Ularning merosi bebaho ma’naviy boyligimizdir. Shu boisdan

190

ham milliy ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlardan biri muqaddas Islom bilan bogʻliqdir.


  1. Psixologiya fani bilan uzviy bogʻliq. Avvalo diniy ong diniy psixologiya bilan qoʻshilib ketgan. Diniy psixologiya – kishilarning diniy his-tuygʻulari, odatlari, an’analari va kayfiyatlari majmui boʻlib, kishi ruhiyati barqaror voqelik emas, chunki ijtimoiy jarayonlar ta’sirida oʻzgarib turishi mumkin. Diniy psixologiya taraqqiy etgan sayin diniy tasavvurlar ham takomillashib boradi. Diniy tasavvurlardan diniy gʻoyalar shakllangan. Oqibatda qadimgi diniy e’tiqod shakllari: sehrgarlik, animizm, fetishizm, shomonlik va boshqalar kelib chiqqan.



  1. Milliy gʻoya fani bilan bogʻliqlik. Diniy ideologiya (gʻoya) esa diniy tashkilotlar orqali malakali diniy ulamolar targʻib etadigan turli diniy gʻoyalarning muayyan tizimidir. Diniy ideologiya muayyan tushuncha va qarashlarning tartibli tizimidir. Diniy ideologiya insoniyat taraqqiyotining nisbatan yuqori bosqichlarida yuzaga keladi. Uni ruhoniylar, kohinlar, dinni oʻrganuvchi faylasuflar ishlab chiqdilar va targʻib qiladilar. Diniy ideologiya ayrim manbalarda teologiya deb yuritilgan. Teologiyaning asosini muqaddas kitoblar (Tavrot, Zabur, Injil, Qur’oni karim kabilar) tashkil qiladi. “Biz yaratayotgan yangi Oʻzbekistonning mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm gʻoyasi boʻladi. Mafkura deganda, avvalo, fikr tarbiyasini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini tushunamiz. Ular xalqimizning necha ming yillik hayotiy tushuncha va qadriyatlariga asoslangan”.42




  1. Yüklə 214,49 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin