8.2.1-chizma.
Islom (arab. – boʻysunish, itoat etish, oʻzini Alloh irodasiga topshirish) – buddaviylik va xristianlik bilan birga jahonda keng tarqalgan uch dinlardan biri. Unga e’tiqod qiluvchilar arabcha “muslim” (“islomni qabul qilgan”, “itoatli”, koʻpligi “muslimin”) deb ataladi. “Islom – haqiqatni anglash demakdir, u odamzotni ezgu amallarni bajarishga undaydi, har birimizni yaxshilik va tinchlikka chorlaydi, haqiqiy inson boʻlishni oʻrgatadi”44.
Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. 1-jild. –T.: “O‘zbekiston”, 2017.-31-bet.
Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. 1-jild.
–T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2017.-30-bet.
Islom VII asrda Hijoz (gʻarbiy Arabiston)da paydo boʻldi. Musulmonlarning uchdan ikki qismidan koʻprogʻi Osiyoda, qariyb 30 foizi Afrikada istiqomat qiladi. Dunyodagi musulmon jamoalari mavjud boʻlgan 120 dan ortiq mamlakatlarning 40 dan ziyodi musulmonlar aholining koʻpchiligini tashkil qiladi. Ma’lumotlarga koʻra, Indoneziyada 210 million, Pokistonda 150 million, Bangladeshda 110 million, Nigeriyada 80 million, Eron va Turkiyada 65 million, Misrda 60 million, Marokash va Jazoirda 30 milliondan koʻproq musulmonlar yashaydi. Rossiyadagi musulmonlarning soni 20 milliondan, Hindistonda esa 140 milliondan ortiq.
Davlatning diniy va mafkuraviy manbalardan mustaqil ekanligining qonun asosida mustahkamlanganligi.
Har qanday diniy mafkuraning davlat boshqaruvining mutlaq suverenitetiga qarshi qoʻyilishiga yoʻl qoʻymasligi.
Mafkurani targʻib qilishga yoʻnaltirilgan diniy birlashmalarning davlatdan ajratilganligi.
Majburiy din yoki mafkuraning yoʻqligi.
Diniy tashkilotlarning erkin faoliyat yuritishi uchun qonuniy sharoit yaratilganligi.
Diniy birlashmalarning qonun oldida tengligi.
Davlat ta’lim tizimining dunyoviy xarakterga ega ekanligi.
Din yoki mafkuraning majburan oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyilmasligi kabi xususiyatdir.
Dostları ilə paylaş: |