Din” arabcha soʻz boʻlib, oʻzbek tilida “ishonch”, “itoat”, “jazo” degan ma’nolarni anglatadi. Din falsafasi


Oʻzbekistonda davlat va din munosabatlari 5 ta prinsipga asoslanadi



Yüklə 214,49 Kb.
səhifə16/19
tarix24.12.2022
ölçüsü214,49 Kb.
#77740
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Oʻzbekistonda davlat va din munosabatlari 5 ta prinsipga asoslanadi

Dinlararo bagʻrikenglik gʻoyasi – diniy e'tiqodlari turlicha bo‘lgan kishilarni o‘zaro hamkorlik va hamjihat bo‘lib yashashlarini ta'minlash yo‘li (Davlat bilan diniy tashkilotlar o‘rtasidagi 5 muhim prinsip)

Dindorlarning diniy tuygʻularini

hurmat qilish

Diniy e'tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish

Diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolatlash va ularni ta'qib qilishga yo‘l qo‘ymaslik

Milliy-madaniy, umuminsoniy qadriyatlar qaror toptirish ishida diniy uyushmalar imkoniyatidan foydalanish


Diniy buzgʻunchilik maqsadlarida

foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik






8.2.3-chizma.

202

Aholisining asosiy qismi musulmon boʻlmagan oʻlkalarda ham islomga e’tiqod qiluvchilar soni ortib bormoqda. Masalan, AQSHda 10 million, Fransiyada 6 million, Braziliyada 5 million, Germaniyada 3,5 million, Buyuk Britaniyada 1,5 Italiyada 1 milliondan ortiq musul-monlar yashaydi. Yevropa Ittifoqi boʻyicha jami dinga e’tiqod qiluv-chilarning 15 millioni musulmonlardan iborat. Hozirgi kunda ularning soni 50 million atrofida.


  • asrda musulmonlar dunyo aholisining 15–16 foizini tashkil etgan boʻlsa, bugungi kunda bu koʻrsatgich Er yuzidagi har besh kishidan birini tashkil etmoqda. 2025-yilga borib, bu dunyo aholisining 30 foizini islomga e’tiqod qiluvchilar tashkil etishi mumkin.

Misr, Quvayt, Saudiya Arabistoni kabi bir qator mamlakatlarda islom davlat dini (yoki rasmiy din) sifatida tan olingan boʻlsa, “islom” soʻzi davlatning rasmiy nomi tarkibiga kiritilgan: Eron Islom Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasi48.

Oʻzbekiston aholisining taxminan 92 foizini, ya’ni asosiy qismini musulmonlar tashkil etadi. Shu boisdan ham davlat va nodavlat tashkilotlari diniy bagʻrikenglik gʻoyasini oʻzining “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot” barpo etish bosh gʻoyasining asosiy gʻoyalaridan biri hisoblanadi. Oʻzbekiston davlati dunyoviylik asosida shakllangan va barcha dinlar teng hisoblanib, diniy bagʻrikenglik rivojlangan. Hamma dinlarga hurmat bilan qaraladi. Oʻzbekiston aholisining asosiy qismi musulmonligi sababli islom diniga alohida e’tibor beriladi.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, dunyoviy davlat sifatida, din davlatdan ajratilgan boʻlsa-da, lekin dindor jamiyatdan ajratilmaganligi bois barcha dinlar, shu jumladan, islom diniga boʻlgan munosabat tubdan oʻzgardi. Davlat va diniy tashkilotlar oʻrtasidagi munosabat toʻgʻri yoʻlga qoʻyildi. Ya’ni vijdon erkinligiga e’tibor qaratildi. Dinga ishonuvchilar va ishonmaydiganlar oʻrtasidagi munosabatlar toʻgʻri yoʻlga qoʻyildi. Bu BMT ustavi hamda 1948-yil 10-dekabrda qabul qilingan inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasiga mos tushadi. Qisqasi, din dunyoviy davlat tizimi bilan nafaqat murosa qilish, balki





  1. Diniy bag‘rikenglik va mutaassiblik (Yuz savolga-yuz javob). –T.: Toshkent Islom universiteti, 2007.-6–7-betlar.

203

umummilliy taraqqiyot yoʻlida, u bilan samarali hamkor boʻlishi mumkin.

Din va dunyoviy davlat orasidagi munosabat haqida gap ketar ekan, eng avvalo, dinning davlatdan ajratilishi tamoyili uning asosini tashkil etishini ta’kidlash zarur. Bu haqda Konstitutsiyamizning 61-moddasida shunday deyiladi: “Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi.” Mazkur moddada muhim qoidalar mustahkamlab qoʻyilgan. Avvalo diniy tashkilotlar qaysi konfessiyaga taalluqligidan qat’i nazar, bir xil huquqiy maydonda faoliyat olib boradi. Qolaversa, diniy birlashmalar faoliyatini tashkil etish ularning ichki ishi hisoblanadi va davlat nazoratidan xolidir.

Davlatning dinga boʻlgan munosabatini ifodalovchi boshqa bir tamoyil shundan iboratki, davlat dinni xalq ma’naviyatining uzviy qismi sifatida tan oladi. Shundan kelib chiqib, uning rivoji uchun tegishli shart-sharoit yaratishga harakat qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 61-moddasida: “Diniy tashkilot va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalar faoliyatiga aralashmaydi”, deb ta’kidlangan.

1991-yil 11-aprel – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan “Ramazon hayiti” dam olish kuni deb e’lon qilindi.

1991-yil 14-iyun – Oʻzbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilindi.

1991-yil 20-iyun – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan “Qurbon hayiti” dam olish kuni deb e’lon qilindi.

1991-yil iyul – Buyuk yurtdoshlarimiz, muhaddislar sultoni Abu Abdulloh Muhammad Ibn Ismoil al-Buxoriyning islomda Qur’ondan keyingi ikkinchi kitob hisoblangan “al-Jomi’ as-sahih” (Ishonarli toʻplam) asarining birinchi jildi ilk bor Zokirjon Ismoil tomonidan oʻzbek tiliga oʻgirildi va Qomuslar Bosh tahririyati tomonidan 200 ming nusxada chop etildi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizning barcha fuqarolari haqiqiy e’tiqod erkinligini his eta boshladilar. Bugungi kunda Oʻzbekistonda turli din vakillarining hech qanday toʻsiqlarsiz oʻz dinlariga e’tiqod qilishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Sobiq shoʻro davrida respublikamizda bor-yoʻgʻi 87 ta masjid va 2 ta madrasa faoliyat koʻrsatgan boʻlsa, hozir


204

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi boshqaruvi ostida rasmiy roʻyxat-dan oʻtgan, barcha qulayliklar yaratilgan 2054 (2019-y.)dan ortiq masjid, 10 ta madrasa va Toshkent Islom isntituti faoliyat koʻrsatib turibdi. Mustaqillik yillarida 110 mingdan ortiq musulmon haj va 80 mingdan ortiq Umra safarini amalga oshirdilar49.

Shuningdek, mamlakatimizda istiqomat qilayotgan 130 dan ziyod millat va elat vakillari ham oʻzlari e’tiqod qilayotgn dinlarida emin-erkin ibodat qilmoqdalar. Bugun Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan diniy tashkilotlar (16 ta konfessiyaga taalluqli). Jami 2274 ta; shundan: islomiy diniy tashkilotlar – 2092 (92 foizi); xristian tashkiloti – 165 ta; yahudiy jamoasi – 8 ta, bahoiy – 6ta; krishnaiylar jamiyati, budda ibodatxonasi, konfessiyalararo Oʻzbekiston Bibliya jamiyati 1 tadan tashkil etadi50. “Hozirgi vaqtda diyorimizda 130 dan ziyod millat va elat vakillari oʻzaro hamjihat yashamoqda, 16 ta konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar erkin faoliyat yuritmoqda”.51

1999-yil 7-aprel Prezident Farmoniga asosan Toshkent Islom universiteti tashkil etildi. Har yili mazkur Oliy oʻquv yurti islom tarixi va falsafasi, diniy qonunchilik, iqtisod va tabiiy fanlar fakultetlariga 100 dan ortiq abiturentlarni talabalikka qabul qiladi. Universitet qoshida islomshunoslik ilmiy tadqiqot markazi, manbalar xazinasi hamda akademik litsey faoliyat koʻrsatmoqda. Toshkent Islom instituti va Buxorodagi Mir Arab oliy madrasasida 366 talaba tahsil oladi. Oʻqituvchilardan 87 tasidan 12 tasi fan nomzodi, 38 tasi fan magistri. Oʻrta maxsus islom bilim yurtlarida 1071 talabaga 246 pedagog dars beradi. Ularning 12 tasi fan nomzodi, 33 tasi magistr. (“Xalq soʻzi”, 2017-yil 16-dekabr). Umuman, din hozirgi sharoitda muhim ijtimoiy-madaniy hodisadir. Dinnning jamiyat ma’naviy-ma’rifiy hayotida tutgan oʻrnini bilish uchun uning jamiyat va shaxs hayotida qanday oʻrin egallashini, dinning davlatga va shaxsning dinga munosabatini tarixan qanday oʻzgarib borganligini ilmiy tahlil qilish lozim boʻladi.


  1. Ayupov Orif. Dunyo. Siyosat. Jamiyat. – Guliston, 2017. 124-bet.



  1. Xalq so‘zi, 2019 yil 11 dekabr..



  1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz.-1-jild. – T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2017.-138-bet.

205





Yüklə 214,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin