Mavzu: Suv resurslaridan samarali foydalanish va muxofaza qilish Reja



Yüklə 305,96 Kb.
səhifə1/9
tarix03.03.2023
ölçüsü305,96 Kb.
#86417
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Suv resurslaridan samarali foydalanish va muxofaza qilishggggggggggggggggg


Mavzu: Suv resurslaridan samarali foydalanish va muxofaza qilish
Reja:
1. Suv va uning tirik organizmlar hayotidagi ahamiyati.
2. Suvlarning ifloslanishi va isrof qilinishi.
3. Oqava suvlarni tozalash usullari.
4. Suv resurslarini muhofaza qilishning chora-tadbirlari.
Xulosa
Foydalanadigan adabiyotlar


Kirish
Ma’lumki, XXI asrdan boshlab suv - oltin, uran, gaz, ko‘mir va boshqa foydali qazilmalardan ko‘ra qimmatbaho xomashyo hisoblanadi. AQSH Milliy qidiruv Kengashi taxrmniga ko‘ra, yaqin 20 yil ichida xalqaro mojarolar xavfming o'sishi aynan ichimlik va qishloq xo‘jaligi uchun suv yetishmovchiligi sababh bo‘lishini e’tirof etishmoqda (A.Paximov //Эхо планеты, №46. 2008) Lekin arid hududlarda suv - hayot manbai, insomyat turmush tarzining yaxshilanishida eng asosiy resurs boyhgi hisoblanadi. 0 ‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqicn 0‘tish davrida iqtisodiyot tarmoqlarining jadal rivojlanishiga ta’sir etuvchi omil suv resurslarining miqdori va sifatidir. 0 ‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan «Suv va suvdan foydalanish to g - risida»gi qonun (1993-yil 6-may)ning 106-moddada suvdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishning lqtisodiy choralari 111 va 112-moddalarida aynan suv resurslaridan mukammal foydalanish va uni muhofaza qilish jadvallarini ishlab chiqish tartibi masalalariga bag‘ishlangan. Ushbu masalanmg umumdavlat nuqtayi nazaridan dolzarbligi qonunda alohida ta’kidlab o‘tiladi. Bugungi kunda 0 ‘zbekistonda mamlakatni barqaror nvojlantirish bo‘yicha dastur ishlab chiqilgan (1998-yil 14-dekabr). Unda 0 ‘zbekiston Respublikasini barqaror rivojlantmshm birdan-bir strategik maqsad bosqichi quyidagicha belgilangan: О zbekistonning kelajak avlodi uchun yer-suv va boshqa tabny resurslaridan foydalanishni saqlash maqsadida oqilona samaraligini oshirmoq darker. Mamlakatda yashayotgan kishilar va kela- jak avlod uchun tabiiy resurslar imkoniyatidan oqilona foydalanish va atrof-muhitni musaffo holatda saqlash talablarini qondirish - ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barqaror rivojlanishiga asos yaratadi. I
Astronomlar o'zga sayyoralarda hayot bor yoki yo'qligini bilmoqchi bo'lsalar, avvalambor o'sha sayyorada suv bor yoki yo'qligini aniqlashga kirishadilar. Chunki, hayot bo'lishi uchun eng avvalo suv mavjud bo'lishi kerak. YErda hayot dastlab suvda paydo bo'lib, undan quruqlik – havo va tuproqqa o'tganligini fan allaqachon isbotlagan. Suv o'zining erituvchanlik hususiyati bilan tabiatdagi barcha tirik organizmlarning hayotini ta'minlab turadi. Rus geologiya fanining otasi akademik A.P.Karpinskiy "Suv eng qimmatbaho boylik bo'lib, usiz yashash mumkin emas", deb yozgan edi.
Kishilar suvning ahamiyatini bilib, qadimdan daryo yoki ko'l bo'yida uylar, shaharlar qurib yashaganlar, ko'chmanchi xalqlar doimo suv bor joyni izlaganlar. Kishilar dam olish uchun doimo suv bo'lgan joylarga intiladilar. Suvda cho'milib turish kishi salomatligini saqlashda va chiniqishda eng asosiy vositadir. Nemis olimi G.Libman aytganidek, "Bizning planetamizda kishilarning salomat qolishlari uchun texnikaning mo''jizalari emas, balki toza, ichish uchun yaroqli suv etarli bo'lishi kerak". Suv barcha tirik mavjudotlarning yashashi uchun tabiat tomonidan in'om etilgan oliy ne'matdir. Biz kundalik hayotimizni suvsiz tasavvur eta olmaymiz. Suv inson salomatligini saqlashda katta ahamiyatga egadir. Bilamizki, odam tanasining 75-80% i suvdan iborat. Agarda, tanasidagi suvni 6-8% ini yo'qotsa, harorati ko'tariladi, yurak urushi , nafas olishi tezlashadi, boshi aylanadi va og'riy boshlaydi. Suv yanada ko'proq yo'qotilsa, odam halok bo'lishi ham mumkin. Shundan ko'rinib turibdiki, suv-hayot tiriklik manbaidir. Uni tejash, asrab avaylash har bir fuqaroning muqaddas burchiga aylanmog'i kerak.
Ma'lumki, suv sayyoramizning 70% ni tashkil etib, u okeanlar, dengiz, daryo, ko'l va er osti suvlaridan tashkil topgan. Sayyoramizdagi mavjud suv zahirasining o'rtacha 1 foizini ichimlik suvi, qolgan qismini dengiz va okeanlarning sho'r suvlari tashkil etadi, qaysiki, ular ichishga, o'simlik va hayvonlarni sug'orishga yaramaydi. Ammo, okean va dengiz suvlari ham iqlimni hosil qilishda, suvni aylanma harakatida, ulardagi barcha o'simlik va hayvonlarning yashashi uchun hamda suv transporti vositalarini yurishi uchun katta ahamiyatga ega.
Atmosfera havosining isishi tufayli Arktika va tog'lardagi muzliklarning 40 foizdan ortig'i erib ketdi, Afrikadagi Klimandjaro tog'i muzliklari erib tugagan, Antraktidadagi muzliklardan aysberglar hosil bo'lib, okean suvlariga erib ketmokda. Deyarli har yili YEvropaning ko'p mamlakatlarida, Rossiyaning ko'p viloyatlarida suv toshqinlari sodir bo'lmoqda. Atmosfera havosining isishi davom etaversa XXI asrda Dunyo okeani sathi 1-5 metrga ko'tariladi, quruqlikning salmoqli qismini suv bosishiga olib keladi.
O'zbekistonlik mutaxassislarning hisob-kitobiga ko'ra, atmosfera havosining isishi davom etaversa 2000-2030 yillarda Respublikadagi suv resurslari 15-25% kamayadi; atmosfera havosi isiganda suvni parlanishi kuchayib, ekinlar rivojlanish davrida ko'p marta sug'orishni talab qiladi. Ekinlarga suv etishmasligidan hosildorlik kamayadi.

Yüklə 305,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin